So'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosqichlarida órganilishi mundarija: Kirish i-bob



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#167345
1   2   3   4   5   6
So\'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosq

2.2. Ritorik va Sof so‘roq gaplar
Agar kesim ot bilan (keng ma’noda) ifodalangan bo‘lsa, so‘roq gap shu ot kesimdan anglashilgan belgi-xususiyat qarashli bo‘lgan shaxs to‘g‘risida so‘roq bildiradi.Masalan: who is the monitor of this group? (,E.M.Gordon 205).
Bunday so‘roq gaplar yig‘iq ham, yoyiq ham bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘proq yig‘iq bo‘ladi. Bunda kesim vazifasidagi fe’lning ega vazifasidagi kim olmoshi bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan konstruktsiya ko‘p uchraydi. Bu tabiiydir. So‘zlashuv protsessida ko‘pincha harakatni bajaruvchi shaxs-sub’ektni aniqlash asosiy o‘rinda turadi.Ex: -Who took them? -Who told?
-Who translate it? ,(E.M.Gordon. 205). ? Who is your favourite actor?
Bunday so‘roq gaplar sostavida so‘zlar ko‘p bo‘lmaydi. Chunki ularning asosiy vazifasi, yuqorida aytganimizdek, harakatni bajaruvchi shaxs – sub’ekt to‘g‘risida so‘roq anglatishdir. Biroq bunday gaplar badiiy ifoda vositasi sifatida qo‘llanganda, juda yoyiq bo‘lishi mumkin. Bu hol ko‘proq ritorik so‘roq gaplar uchun xosdir. Ex: Who olmoshi so`roq gaplarni to`zishda ishtirok etib, uning yordamida yasalgan gaplar maxsus so`roq gap ( Special question ) deyiladi.
Who birlikda ham, ko`plikda ham bir xil ishlatiladi. Ex:Who is ..., va who are
Who's that ? asked Stern's small father. (B.I.Friedman). Who are they ? asked Hurstwood (Th. Dreiser ). Who were they ?
Harakat ob’ektini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunda kim olmoshi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Ex: -Who do you know? -Who is Tom talking to?
–Who are they going to give it to?(E.M.Gordon.307)
Sub’ekt yoki ob’ektning atributiv belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.
Bunday vaqtda who olmoshi aniqlovchi vazifasini bajaradi va aniqlanmishdan aniqlashilgan predmetga qarashli bo‘lgan noma’lum shaxs to‘g‘risida so‘roq bildirish uchun xizmat qiladi.Ex: Who(m) did the teacher read an interesting story to yesterday?(V.L.Kaushanskaya.1967.235)
Sub’ektning predikativ belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaqtda who olmoshi kesim vazifasini bajaradi. Bunday so‘roq gaplar egadan anglashilgan shaxsning kimligi to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Masalan:
-Whowere the people who entered the house?(M. Twain.The Adventures of the Tom Sawyer. Page. 120) -Who is the reporter of newspaper?
-Jamshiding kim? (T. Malik, “Shaytanat”). Bunday so‘roq gaplarda who olmoshi – niki affiksini olgan holda ham qo‘llaniladi. Bu vaqtda so‘roq gaplar egadan anglashilgan predmetning kimga qarashli ekani to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Ex: -Whose article is this?---It is mine
-Bu maqola kimniki? Miniki.( E.M.Gordon. 307)
Who olmoshi yordamida tashkil topgan so‘roq gaplar bir sostavli ham, ikki sostavli ham bo‘lishi mumkin. Bir sostavli so‘roq gaplar ichida shaxsi aniq, shaxsi noaniq va shahssiz gaplar alohida ajralib turadi.
Who olmoshi yordamida tashkil topgan bir sostavli so‘roq gaplar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Bunday so‘roq gaplarda who olmoshi bosh kelishikda qo‘llanmaydi. Who olmoshining bosh kelishikda qo‘llanishi gapni ikki sostavli qilib qo‘yadi, chunki bosh kelishikda kelgan kim olmoshi gapda yo ega, yo kesim funktsiyasini bajaradi.
2. Bir sostavli so‘roq gaplarda kim olmoshi bosh kelishikdan boshqa kelishiklarda yoki ko‘makchilar bilan birgalikda qo‘llanadi. Demak, bunday gaplar yoyiq hisoblanadi, chunki bosh kelishikdan boshqa kelishiklarda yoki ko‘makchilar bilan qo‘llangan kim olmoshi gapda ko‘pincha to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi.
3. Who olmoshi yordamida tashkil topgan bir sostavli so‘roq gaplar ko‘pincha harakatning ob’ekti to‘g‘risida so‘roq bildiradi, ular harakatning sub’ekti so‘roq bildirishi mumkin emas. Chunki harakatning sub’ekti haqidagi so‘roq kim olmoshining bosh kelishikda kelishini talab qiladi. Bunday gaplarda esa who olmoshi bosh kelishikda qo‘llanmaydi.
Ikki sostavli so‘roq gaplarda who olmoshining roli xilma-xildir. Ikki sostavli so‘roq gaplarda who olmoshi barcha kelishik formalarida va turli ko‘makchilar bilan birga kela oladi. Gapda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi vazifalarini bajaradi. Bu hol who olmoshi ishtirok etgan ikki sostavli so‘roq gaplarning strukturasiga ta’sir qiladi. Agar bir sostavli so‘roq gaplar ko‘pincha harakatning ob’ekti haqida so‘roq bildirsa, ikki sostavli so‘roq gaplarda kim olmoshining bosh kelishikda kelib ega yoki kesim vazifalarini ham bajara olishi so‘roqning doirasini birmuncha kengaytirishga imkon beradi.
What olmoshi yordamida tashkil topgan so‘roq gaplar o‘z funktsiyasi va strukturasi jihatidan olmoshli so‘roq gaplar ichida alohida ajralib turadi. Bu hol nima olmoshining xususiyati bilan belgilanadi. What olmoshi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar faqat biror noma’lum narsa predmet yoki voqea-hodisa haqida emas, balki harakat uning bajarilish sababi, maqsadi va hokazolar to‘g‘risida ham so‘roq bildirishi mumkin. Shu xususiyatiga qarab what olmoshi yordamida shakllangan so‘roq gaplar bir necha xil bo‘ladi.
Biror harakat yoki belgi-xususiyatning sub’ektini aniqlash uchun qo‘llanadi. Bunday so‘roq gaplarda what olmoshi ega vazifasini bajaradi. Ularning kesimi fe’l bilan ham, ot bilan ham ifodalanishi mumkin. Agar gapning kesimi fe’l bilan ifodalansa, so‘roqdan maqsad shu fe’l kesimlan anglashilgan harakatni bajaruvchi predmet-sub’ektni aniqlash bo‘ladi. Ex:
-Shuncha odam nimaga tuplandi o’zi?-deb so’radi Kecakpolvon? ( T. Malik. Shaytanat.b.121) -Nima bor ekan suv tagida? Suv parisi (ertakdan).
Agar gapning kesimi ot bilan ifodalansa so‘roqdan maqsad shu ot kesimdan anglashilgan belgi-xususiyatga ega bo‘lgan predmet-sub’ektni aniqlash bo‘ladi.Ex:-What is bad and what is good?
Harakat ob’ektini aniqlash uchun qo‘llanadi. Bunday so‘roq gaplarda what olmoshi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi.Ex:-what are you afraid of?
What's your address there ? (Th.Dreiser). What will she do for me ? (R.Kipling). " What is your line", asked Garrie (Th.Dreiser). "What's the matter, Carrie ", said Hurstwood after a time, noticing her quiet, almost moody state. "That's what I want to known"(H.I.Wells).
What olmoshini birovning kasbi so`ralganda ham ishlatiladi. Masalan :
What is he ? U kim ? ( Uning kasbi nima ? )
What olmoshi yordamida qo`yidagi ibora va konstruktsiyalar yasalishi mumkin:
What about (your study)- (o`qishingiz) qanday ?
What good is it ?- bundan nima foyda ? ni maga keragi bor ?
What a pity it is !- juda achinarli !What matter ? - bu ahamiyatsiz.
What with- natijasida va hokazolar
What olmoshi ishtirok etgan so‘roq gaplar so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan harakat to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda nima olmoshi qilmoq ko‘makchi fe’li bilan birga keladi. Bunday harakat atalmaydi balki o‘z mohiyatiga ko‘ra nima qilmoq birikmasi orqali unga ishora qilinadi. Masalan: What are you reading? Newspaper (V.L.Kaushanskya.242)
-Xa, Anvarbek,buron nima esdan chiqdimi?-dedi quvnoq oxangda.
(T. Malik. Shaytanat. )
Harakatni bo‘lish sababai to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday so‘roq gaplarda what olmoshi quyidagi formalarda bo‘ladi.
what olmoshi uchun ko‘makchisi bilan birga ishlatiladi.Ex: -What are these tools for?-What is he keeping it secret for?.
-Why don’t you leave your job? Siz nima uchun ishni tashlab ketdingiz? ( Treasure Island.96)
Harakatning bo‘lish maqsadi haqida so‘roq bildiradi. Bunday so‘roq gaplarda what olmoshi quyidagi formalarda bo‘ladi:
Why olmoshi uchun ko‘makchisi bilan birga qo‘llanadi. Ex: -Why are you late? Why didn't you think of it before. She said shifting herself in annoyance (V. I. Friedman) So‘roq gap tarkibida kelgan nima uchun elementi harakatning bo‘lishida namoyon sababni ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Buning qaysi funktsiyada sababni ko‘rsatish uchunmi, maqsadni ko‘rsatish uchunmi ishlatilganini belgilashda kontekst nutq so‘zlanib turgan vaziyat muhim rol’ o‘ynaydi. Biroq shuni aytish kerakki, bunday so‘roq gaplar maqsadni aniqlash uchun qo‘llanishiga nisbatan sababni aniqlash uchun qo‘llanishi ko‘p uchraydi.
What olmoshi o‘rin-payt kelishigidagi for so‘zi bilan birga keladi. ex: What is he keeping it secret for?(E.M.Gordon 30)
Anglashiladiki, what olmoshi yordamida tashkil topgan so‘roq so‘zlovchi nuqtai nazaridan ob’ektiv voqelikdagi turli noma’lum narsalar to‘g‘risida so‘roq bildira oladi.Bunda nima olmoshining so‘roq gapdagi sintaktik funktsiyasi va qanday so‘zlar bilan bog‘lanib kelishi katta ahamiyatga egadir.
Ba’zan nima olmoshi boshqa bir so‘roq gap oldidan qo‘llaniladi.Bu ko‘proq so‘zlashuv nutqida uchraydi.Ex: Nima yozganini so’ramading?-dedi Elchin bir oz yurishgach?- Nima? –Valya unga hayrat bilan tikildi- Nimani yozibdi? (T. Malik, “Shaytanat”). Bunda what olmoshidan keyin qisqa pauza bo‘ladi va undan keyin so‘roq gap boshlanadi. Nima olmoshidan keyin keladigan gap odatda so‘roq yuklamasi yordamida shakllangan so‘roq gap bo‘ladi. Bunday konstruktsiyalarda nima olmoshi tinglovchiga so‘zlovchining so‘roq bilan murojaat qilishi haqida “signal” berish, uning diqqatini jalb qilish uchun xizmat etadi, ya’ni bunda nima olmoshi so‘zlovchining tinglovchiga so‘roq bilan murojaat qilmoqchi ekanini oldindan ko‘rsatib beradi va uni shunga tayyorlanishga undaydi. Bu pozitsiyadagi nima olmoshini o‘ziga xos yuklama funktsiyasida kelgan deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi.
What kind of olmoshlari yordamida tashkil topgan so‘roq gaplar odatda so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan belgi-xususiyat haqida so‘roq anglatadi. Bunda qanday va qanaqa olmoshlari bir xil funktsiyani bajaradi. Qanday olmoshi ko‘proq kitobiy nutq uchun xarakterli bo‘lsa, qanaqa olmoshi so‘zlashuv nutqi uchun xarakterlidir.
Bunday so‘roq gaplar fikrning quyidagi noma’lum elementlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
1. Sub’ekt yoki ob’ektning atributiv belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaqtda qanday va qanaqa olmoshlari aniqlovchi vazifasini bajarib, aniqlanmishdan anglashilgan predmetning so‘zlovchiga noma’lum belgi-sifati, turi va mohiyatini ko‘rsatadi. Ex: -OK, what kinds of treatment did Aunt Polly try on about? (The Adventures of Tom Sawyer) p. 55
What kind of revenge did Injun Joe have in mind? The Adventures of Tom Sawyer)p. 137. Harakatning belgi-sifati, xarakteri yoki bajarilish usulini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaqtda qanday va qanaqa olmoshlari sintaktik jihatdan ravish holi vazifasini bajaradi. Ex: Uni qanday qilib tanidingiz? –so’radi Pyaro. (Agata Kristi “Lord Ejuorning o’limi” b.49 )
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, harakatni belgi sifati to‘g‘risidagi so‘roq bilan harakatni bajarilish usuli haqidagi so‘roqni ko‘pincha farqlash qiyin. Masalan, siz qanday borasiz gapi harakatni belgi sifati to‘g‘risida ham bajarilish usuli haqida ham so‘roq bildirishi mumkin.
Harakatni belgi sifati to‘g‘risida so‘roq bildirganda javobda harakatni belgi sifatini ifoda etuvchi ravish qo‘llanadi. Ex:Siz qanday borasiz?Yaxshi. (yoki – Tez. – Sekin kabi).
So‘roq gaplar harakatning bajarilish usulini aniqlash uchun qo‘llanganda javobda harakatning bajarilishi keng izohlanadi
What va How olmoshlari yordamida tashkil topgan so‘roq gaplar qaysi funktsiyada – harakatni belgi sifatini aniqlash uchunmi yoki bajarilish usulini aniqlash uchunmi—qo‘llanganini nutq so‘zlanib turgan umumiy vaziyatda yoki kontekstdan bilish mumkin. Bundan tashqari harakatning bajarilish usuli haqida so‘roq bildiradigan gaplarda ko‘pincha qanday yoki qanaqa olmoshi qilib ko‘makchi ravishdoshi bilan birga ishlatiladi. Ex: Agar siz uni menga tanishtirsangiz, iltimosingizni erda qoldirrolmayman. –Demak, kelishdik-a? –Kelishdik. Yana nima?.
What about olmoshi yordamidagi so‘roq gaplar fikrning quyidagi noma’lum elementlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
1. Sub’ektning peridikativ belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaqtda qalay olmoshi kesim vazifasini bajaradi. Bunday so‘roq gaplar egadan anglashilgan shaxs yoki predmetning noma’lum belgi – xususiyati haqida so‘roq bildiradi. Ex: -What about something to eat?(Moжет мы поедим чего нибудь?
-What about his brother? -What about a sigarette? (E.M.Gordon.p.297)
2.Harakatning belgi-sifatini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaqtda qalay olmoshi sintaktik jihatdan hol vazifasini bajaradi. Masalan:What sort of a guarrel? he heard Fleur say.(Galsworthy59. E .M.Gordon.)
So‘roq gaplarda qalay olmoshini qo‘llanishi ko‘p jihatdan qanday va qanaqa olmoshlarinikiga o‘xshaydi. Biroq ular o‘rtasida ma’lum farqlar bor.
Qanday va qanaqa olmoshlari ishtirokida tashkil topgan so‘roq gaplar harakatning belgi sifatini ham, bajarilish usulini ham aniqlash uchun xizmat qiladi. Qalay olmoshi ishtirokida tashkil topgan so‘roq gaplar esa harakatning bajarilish usuli haqida so‘roq bildirmaydi. Ular harakatning belgi-sifati haqida so‘roq anglatishi mumkin.
Qanday va qanaqa olmoshlari predmetning belgisini aniqlash uchun qo‘llanganda, sintaktik jihatdan yo aniqlovchi, yoki kesim vazifalarini bajaradi. Qalay olmoshi esa hech qachon aniqlovchi vazifasida kela olmaydi. U faqat kesim vazifasini bajarishi mumkin. Demak, qalay olmoshi ishtirokida tuzilgan so‘roq gaplar sub’ekt yoki ob’ektning atributiv belgisi haqida so‘roq bildira olmaydi. Ular sub’ektning peridikativ belgisi haqida so‘roq bildirishi mumkin.
So‘roq gaplarda qanday, qanaqa va qalay olmoshlarida qaysi birini qo‘llash masalasida stilistik maqsadlar ham ko‘zda tutiladi. So‘roq gaplarda qalay olmoshi qo‘llanganda ko‘pincha belgi-xususiyatning yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida so‘roq bildiriladi ya’ni bunday so‘roq asosida “durust yoki durust emasmi” degan mazmun yotadi. Masalan: rangi qanday so‘rog‘iga ko‘k yoki qizil deb javob berish mumkin. Bu so‘roqda so‘zlovchiga biror predmetning tusi noma’lum. So‘zlovchi o‘z so‘rog‘i bilan tinglovchidan predmetning tusini aniqlamoqchi bo‘ladi. Rangi qalay so‘rog‘iga esa yaxshi yoki yomon deb javob berish mumkin. Bunda so‘zlovchini biror predmetni qanday rangda ekani qiziqtirmaydi, balki uning tusi tinglovchiga yoqadimi yoki yo‘qmi – ana shu narsa qiziqtiradi, ya’ni bunda so‘zlovchi tinglovchidan ma’lum tusning yaxshi yoki yomonligini aniqlashni istaydi. Ex:What is he like? He is tall, dark and handsome.(Agrammar of present- day English)
Bunday konstruktsiyalarda qalay so‘zidan keyin qisqa pauza bo‘ladi, keyin mustaqil so‘roq gap boshlanadi. Bu vaqtda qalay olmoshi tinglovchigning diqqatini tortish, uni beriladigan so‘roqdan ogoh qilish uchun qo‘llangan bo‘ladi va tinglovchini beriladigan so‘roqqa tayyorlanishga undaydi. Bu pozitsiyadagi qalay olmoshi yuklama funktsiyasini bajaradi.
Which olmoshi yordamidagi so‘roq gaplar fikrning quyidagi noma’lum elementlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
1. Sub’ekt yoki ob’ektning atributiv belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunda which olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, predmetning shu xildagi boshqa predmetlardan ajratib olingan noma’lum belgisiga ishora qiladi.Ex:
- Which of your friends will you invite to the party?
Which pen does the cap belong to?(R. Murpy?)
2. Sub’ektning predikativ belgisini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunda qay (si) olmoshi kesim vazifasini bajari’, egadan anglashilgan predmetning shu turdagi boshqa predmetlardan ajratib olingan noma’lum belgisiga ishora qiladi. Ex: Which of them said that? Which of his books are you reading now?(E.M.Gordon)
3. Harakatning belgi-sifati, bajarilish usuli va darajasini aniqlash uchun chizmat qiladi. Bunday vaqtda qay(si) olmoshi holda, yo‘sinda, tariqa, darajada kabi umumiy holat va daraja bildiruvchi so‘zlar bilan birga keladi va shu so‘zlar bilan birga yaxlit bir gap bo‘lagi – hol vazifasini bajaradi. Masalan: Which so`roq olmoshi qaysi, qaysinisi, qaysini, qaysiga kabi ma`nolarni anglatib, ikki va undan ortiq narsalar orasidan birini tanlab olishini ko`rsatadi:
Which of his treasures did Tom give Becky? "Which way to volley ?(The Adventures of Tom Sawyer) . Stern asked which one wanted to disturb it, and Cavalucci pointed him out (B.J.Friedman).
4. Harakatning bo‘lish o‘rnini aniqlash uchun xixmat qiladi. Bunday vaqtda qay(si) olmoshi tomon, taraf,yoq kabi umumiy o‘rin ma’nosini bildiruvchi so‘zlar bilan birga ishlatiladi.Ex: Captain: .Which way shell we go? Boy: .On the left (Treasure Island 14)
Bunday so‘roq gaplar turli xarakterdagi noma’lum o‘rin haqida so‘roq bildirishi mumkin. Bu hol umumiy o‘rin ma’nosini bildiruvchi so‘zlarning qanday formada qo‘llanishiga bog‘liq.
a) umumiy o‘rin ma’nosini anglatuvchi so‘zlar ( tomon, taraf,yoq so‘zlari) o‘rin-payt kelishigida qo‘llanganda, so‘roq gaplar –arakat-holatning bo‘lish o‘rnini yoki predmetning mavjudlik o‘rnini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.
Kesim fe’l bilan ifodalanganda, so‘roq gap harakat-holatning bo‘lish o‘rni haqida so‘roq bildiradi. Masalan:Which day is that Dorloote Mill is to be sold?(Eliot 59) Qay (si) tarafda (tomonda, yoqda) elementi kesim vazifasida kelganda, so‘roq gap predmetning mavjudlik o‘rnini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Ex: Which chapter did you like best ?Chapter I(M.Choriyev.54).
Umumiy o‘rin ma’nosini anglatuvchi so‘zlar jo‘nalish kelishigida qo‘llanganda, so‘roq gaplar harakatning borish, yo‘nalish o‘rnini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi: Which of you going?. (ertakdan)
Umumiy o‘rin ma’nosini anglatuvchi so‘zlar chiqish kelishigida qo‘llanganda, so‘roq gaplar harakatning boshlanish o‘rnini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Which of you side are going ?
Qay tarafdan keldingiz? Qaysi tomondan tushibdi? (ertakdan)
5. Qaysi olmosh yordamida tashkil topgan so‘roq gaplar harakatning bo‘lish payti haqida so‘roq anglatadi. Bunday vaqtda qaysi olmoshi vaqt, mahal, payt kabi umumiy payt ma’nosini anglatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi. Bularning paytini aniqlash uchun qo‘llanilish quyidagicha:
a) ishning umuman bo‘lish payti haqida so‘roq bildiradi.Bunday paytda vaqt, mahal, payt so‘zlari bosh yoki o‘rin payt kelishigida keladi. Masalan: What TV programs do you usually watch in the evening?( E.M. Gordon298)
b) ishning bo‘lishidagi dastlabki vaqt – ishning boshlangan payti to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda so‘roq gap tarkibida qaysi olmoshi + chiqish kelishigidagi vaqt, mahal, payt so‘zlari + buyon yoki beri ko‘makchisi qatnashadi. :What fun we had yesterday?What time did you work there? Qay vaqtdan buyon ishlaysiz bu erda?
v) ishning bo‘lishidagi oxirgi vaqt – payt chegarasi haqida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda vaqt,mahal, payt so‘zlari – gacha affiksini oladi. Masalan,What time did you see this film/? Sen kecha qaysi mahalgacha film ko’rdingiz? What time did they write essay at midnight? Kechasi qay vaqtgacha insho yozdingiz? (So‘zlashuvdan).
How many/much so’roq gapli olmoshlar. miqdor haqida so‘roq bildiradi. Bunday so‘roqlarning mazmuni necha olmoshi bog‘lanib kelgan so‘zning ma’nosi bilan belgilanadi.
Necha olmoshi yordamida shakllangan so‘roq gaplar quyidagilar haqida so‘roq bildiradi.
1. Shaxs yoki predmetning miqdori haqida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda necha olmoshi shaxs yoki donalab sanaladigan predmetlarni ifoda etuvchi otlarga bog‘lanib keladi.Do you know how many people here?
-How did they get to the island? How manycoats of paint did the fence have in the end ? (M.Twain, The Adventures of Tom Sawyer. P.19)
2. Vaqt miqdori to‘g‘risida so‘roq anglatadi. Bunday vaqtda necha olmoshi vaqtning turli oraliqlarini bildiruvchi otlarga bog‘lanib keladi. Ex: How she hated everything and everybody sometimes (P.Abrahams), everyone buys tickets (B.J.Friedman), every one protested loudly so that he compromised by taking a long draught of shout, for he had found the carving hot work (J. Joyce).
3. Uzunlik miqdori to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda necha olmoshi uzunlik o‘lchov birliklarini ifoda etuvchi numerativ so‘zlarga bog‘lanib keladi. Masalan: How long have you been to London? How long have you had your car? (Raymond Murphy 90)How long does it take by plane from London to Tashkent?
4. Og‘irlik miqdori to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda necha olmoshi og‘irlik o‘lchov birliklarini ifoda etuvchi otlarga bog‘lanib keladi. How long did you pick cotton ?
5. Pul miqdori haqida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda how much olmoshi pul o‘lchov birliklarini anglatuvchi so‘zlarga bog‘lanib keladi. Ex:-How much is it? -How much does it cost? How much do you pay it?
6. Harakat yoki holat miqdori to‘g‘risida so‘roq bildiradi. Bunday vaqtda necha olmoshi marta so‘zi bilan bog‘lanib keladi.
-How many time have I told you?- Yana kelayapsanmi?
- Necha marta kelishing? (Azamat Qrajonov, “Sirli pichoq izidan”).
7. Yosh to‘g‘risida so‘roq anglatadi. Bunday vaqtda how olmoshi yoshni bildiruvchi old so‘zlarga bog‘lanib keladi. Ex:- How old is your son? O’g’lingiz necha yoshda?-Necha yoshga bordingiz? How old are you?- How old age?
Bunday so‘roq gaplarda ba’zan yoshni bildiruvchi so‘zlar tushib qoladi. Lekin kontekst va nutq so‘zlanib turgan vaziyat gap yosh haqida ketayotganini ko‘rsatib turadi. Ex: How old? How are you younger look like?(so’zlashivdan)

Xulosa.
Bu bitiruv malakaviy ishda so‘roq gaplarning semantik-sintaktik tahlil va tasniflangan bo‘lib, u tilshunosligimiz hozirgi paytda, jahon tilshunosligiga xos bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirgan holda tilning inson ijtimoiy faoliyatida tutgan o‘rnini aniqlash, uning kommunikativ mohiyatini hamda uning xususiyatlarini tadqiq qilish yo‘lidan bormoqda. Shu jumladan, zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan kommunikativ lingvistika til birliklaridan nutqiy faoliyat vositasi sifatida foydalanish qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlash hamda lisoniy hodisalarning real muloqot sharoitlarida voqelanishi bilan bog‘liq xususiyatlarini belgilash maqsadini ko‘zlaydi. Til tizimi va uning asosiy birligi bo‘lgan gap hodisasining kommunikativ xususiyatlari tahlil qilindi, ikkinchi tomondan, semantik- strukturaga ega bo‘lgan so‘roq gaplarning turlari kommunikatsiya jarayonida faollashuvi aniqlandi. Malakaviy bitiruv ishida bir tomondan‚ darak va so‘roq gaplarni‚ boshqa tomondan esa darak va buyruq gaplarni qarama-qarshi ma’nolarda faollashishi va darak‚ so‘roq‚ buyruq gaplarning har biri o‘ziga xos struktur va semantik belgilarga ega ekanligi tadqiq qilindi.
Olmoshli so‘roq gaplarning sostavida so‘roq olmoshlari ishtirok etadi. Shuning uchun bunda avvalo so‘roq olmoshlarining umumiy va xususiy jihatlari tasniflandi.
So‘roq olmoshlari barcha tillarda shu jumladan, ingliz tilida so‘roq gap hosil etuvchi eng asosiy vosita sanaladi. Ular olmosh turkumiga kiruvchi boshqa so‘zlar kabi juda umumiy abstrakt ma’noni bildiradi. So‘roq olmoshlari boshqa turdagi olmoshlar kabi voqelikning turli aniq elementlarini tashkil etuvchi narsa-predmet, belgi-xususiyat va hokazolarni bevosita atamaydi, balki ularga umumiy tarzda ishora qiladi. Biroq so‘roq olmoshlari olmoshning boshqa turlaridan farq qilib, narsa-predmet, belgi-xususiyat va hokazolarda umumiy tarzda ishora qilish bilan birga ular haqida so‘roq ham bildiradi. Masalan, what did you buy from market? gapida nima so‘roq olmoshi qandaydir biror predmetga umumiy tarzda ishora qilishdan tashqari u struktur-semantik jihatdan so‘roqni ham bildiradi.Bunda so‘zlovchining maqsadi nima so‘roq olmoshi yordamida ko‘rsatilgan noma’lm predmetni aniqlash u haqda tinglovchidan ma’lumot olishdir.
Shuningdek, ritorik so‘roq gaplarning struktur-semantik xususiyatlari uning fikrni, hukmni kuchaytirish kabi stilistik vazifasini belgilaydi, matnda emotsional vaziyatni yaratadi. Shaklan so‘roq gaplarning nointerrogativ maqsadda qo‘llanishi yozuvchining ijod qilish uslubiga bog‘liq bo‘lib, asarning ifodaliligini ta’minlaydi. Inkor shaklni ishlatib tasdiqni, tasdiq shaklni ishlatib inkor ma’nosini ifoda etish axborotning implitsit ravishda aks etilishini ko‘rsatadi. Bir til doirasidagi so‘roq gap kasb etgan qiymat va mohiyat boshqa til doirasida tasdiq, inkor yoki buyruq kabi hukmlar orqali ifodalanishi mazmunning hamma vaqt ham shaklga bog‘liq bo‘lmasligini, va aksincha, shaklning doim ham bitta mazmunni ifodalab kelavermasligini ko‘rsatadi.


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə