jamiyatda uzoq yillar statik holatda yashab keluvchi passiv ijtimoiy fikrlardan eng
avvalo, maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real moddiy kuchga aylanib borganligi,
qatnashchilarining potentsial va real soni inobati, masalan
hal etish quvvat hosilasiga
ko’ra farqlanib turadi .
Jamoatchilik fikri tushunchasi mahno-mazmun nuqtai nazaridan «Jamoat»,
ppJamoatchilik pp, ppFikrpp so’zlarining mantiqiy maqsadni uyg’unlatuvchi mahsulidir.
Jamoatchilik fikrini teran va to’g’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z
terminlarni avval boshdan anglab olmoq muhimdir. Hozir va O’tmishda, Vatanimiz va
xorijda tadqiqotchilar bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berib ularga maqsaddan
kelib chiqadigan mahno yuklatib kelishgan. Xususan, aksariyat tadqiqodlarda
jamoatchilik fikrining tarkibiy qismi bo’lgan «Fikr» tushunchasi tasavvur, muhokama,
fikr bildirish, ehtiroz, ishonch, ehtiqod, lafz, qarashlar, mulohazalar, fikr yakdilligi va
hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi.
«Jamoatchilik» tushunchasi eng qadimgi davrlarda xususan kO’hna
Ellada va
Rim
davlatlari siyosatida muhim O’rin tutgan bo’lib unga xalq fikri nuqtaiy nazaridan qarab
kelingan. Garchi qadimgi Ellada mamlakatida jamoatchilik fikriga muhim ahamiyat berib
kelingan bo’lsada, bu masalada kO’proq defferentsial yondashuv ustunlik qilgan.
Xususan, xalq fikri zodagonlar, askarboshliqlari, shaharliklar, ozod afinaliklar fikri
periferiya, polislar yoxud pleybeylar va qullar fikridan keskin farq qilgan. SHu boisdan
«Jamoatchilik»termini qadimgi yunon va rim davlatlarida «El, xalq maqsad tilaklari»
polgpsha , CHexoslovakiya, Rossiyada «Yig’in fikr yodi» mahnolari bilan uyqash
tushunib kelingan .
Movarounnahrning kO’p ming yilik tarixida jamoatchilik termini muqaddas
tushunchalardan sanalib shaxs va jamoa munosabatlarida birlamchi O’rin tutib kelgan. U
shaxsning tavalludidan boshlab butun hayoti davomida muayyan mayoq vazifasini
O’tab tartib qoidalar, tuzuklar, qonunlar, urf-odatlar va anhanalar
tarzida amal qilib
kishilarning hatti-harakatlari, uy fikrlari, orzulari va rejalarini muayyan maqsadlar sari
yO’naltirib turgan. SHu boisdan jamoatchilik fikri tushunchasini xalq yondashuvi yohud
nuqtai nazari tarzida tushunish maqsadga muvofiqdir. Zero, fikr nuqtai-nazar mahnosida
tushunilganda O’z lug’aviy mazmuni zamiriga mulohaza,
baholash, qarashlar singari
tarkibiy hamda tizimiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Jamoatchilik fikri
tushunchasining mahno doirasi juda keng bo’lib, uning tarkibiga mazkur ijtimoiy
hodisaning shakllanish jarayonlari faoliyat ko’rsatish shart-sharoitlari, umuminsoniy
vazifalarni hal etishdagi O’rni va tasviri masalalari ham kiradi .Jamoatchilik
fikri termini
G’arbiy Yevropada ilk marta Angliyada huquq nazariyasi fanidan qo’llanilgan bo’lib
sO’ngra u Olmoniya va Farangiston kabi mamlakatlar ijtimoiy siyosiy hayotida keng
foydalanila boshladi. XVII-XVIII asrlarda Angliya ijtimoiy hayotida mazkur muammo
bir muncha tor tushunilib asosan siyosiy fikrlar jamoatchilik fikri sifatida talqin etilib
mamlakat parlamentida qabul qilingan qarorlarga nisbatan xalqning qarshi yoki
tarafdor kayfiyati jamoatchilik fikri sifatida talqin etib kelindi. XVIII asr sO’nggiga kelib
Angliyada shaxs erkinligi va ozodligi amalda tahminlanganligi, har bir shaxsga O’z fikri
mulohaza va nuqtai-nazarlarini oshkora izhor eta olish huquqlarining rasman berilganligi
va qonun yo’lida mustahkamlanishi bilan jamoatchilik fikri tushunchasi keng ommalasha
boshladi. Jamoatchilik fikrining ommalashuvi jamiyatda uning rasmiylashuvi tashkiliy
shakllanishi jarayonlarini ham tezlashtirib yubordi. Ijtimoiy
hayot tarkibida turli xil
siyosiy oqimlar, partiyalar, uyushma va jamiyatlar faol amaliy–nazariy sahy-harakatlarini
boshlab yubordilar. G’arbiy Yevropada jamoatchilik fikri XIX oxiriga qadar
huquqshunoslik fanining predmeti sifatida O’rganib kelingan. XX asr boshlaridan
ehtiboran esa jamaotchilik fikri bilan ijtimoiy psixologiya fanining yirik namoyondalari
jiddiy qiziqa boshladilar. Qisqa vaqt ichida
Lebon, Baur, Kuli, Lipman va boshqa yirik
mutaxassislarning salmoqli tadqiqotlari nashrdan chiqarildi. Jamiyat hayotiga
sotsiologiya fanining kirib kelishi jamoatchilik fikrining
ijtimoiy ahamiyatini keskin
kuchaytirdi. Jamoatchilik fikri sotsiologiya fanining uzviy tadqiqot obhekti sifatida
atroflicha O’rganila boshlandi.
Buyuk Britaniya jamoatchilik fikri institutining direktori
G.Dyurent jamoachilik
fikri jamiyat mahnaviy hayotining tor mahnodagi murakkab ijtimoiy hodisasi ekanligini
qayd etib, ana shu murakkablik bois uni lO’nda va yaxlit tavsiflash va tahriflash imkoni
yO’qligini bu jarayonning kO’l bilan ushlab bo’lmaydigan, kO’z bilan ko’rib
ilg’amaydigan, hech qanday O’lchovlarga tushmaydigan serqirra hodisa ekanligini
tagpkidlaydi.
Davlat muassasalari, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarida, obrO’-ehtiborli shaxslar
kO’magida quyidagi yo’nalishlarda jamoatchilik fikrini
shakllantirish maqsadga
muvofiqdir:
-Ezgulik yo’lida xizmat qiluvchi shaxslar, mehnat ilg’orlari, piru-badavlat insonlar
obrO’-ehtiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish;
-Ijtimoiy munosabatlar tizimida totalitar tizim sharoitida shakllangan sotsial zararli
odatlar, xususan, surbetlik, hayosizlik, jamoat
mulkini mensimaslik va toptash,
kosmopolitizm, Vatanga beqadrlik, milliy mahnaviy qadriyatlarga hurmatsizlik, xususiy
mulkka nafrat singari ijtimoiy salbiy yondashuvlarni jamoatchilik fikri orqali neytrallash;
-O’zbekiston Respublikasining insonparvar ichki va tashqi siyosatini yalpi qO’llab-
quvvatlash bO’yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati
sifatida keng xalq ommasining alohida shaxslar, guruhlar va real borliq voqea-
hodisalarga nisbatan munosabatni bildiruvchi nuqtai- nazaridir.
Dostları ilə paylaş: