Soxibaxon ped texnologiya doc


Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish
darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va
talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab
to uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy
faoliyatni talab etadi. Pedagog faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini
prof N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko'rsatgan:
1. Tashxislanuvchan o'rnatilgan maqsad — ta`lim oluvchi-talaba tomonidan
didaktik jarayon mahsuli sifatida o'zlashtirilgan aniq o'lchamli tushunchalar,
amallar va faoliyat turlari.
2. Ta’lim mazmunini o'quv
element
lari yordamida bayon qilishda abstraksiya
pog'onalarining va axborotlarni o'zlashtirish darajasining hisobga olinishi.
3. O'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy
qat’iyanligi —didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.
5. O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy
etilishi.
5. O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi
mumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatihshi.
6.
Ta`lim 
oluvchi-talaba 
va
Ta`lim 
beruvchifaoliyatida 
shaxsiy
motivlashganlikning ta'minlanishi (erkinlik. ijodiyot, kurashuvchanlik. hayotiy,
kasbiy mohiyat va boshqalar).
7. O'qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning,
axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
Yuqorida berilgan ko'rsatkichlar loyihalangan o'quv jarayonining texnologik
darajasini to 'liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa pedagogni yuqori malakali
mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy
faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad
elemen
tlari va vazifalari davrlar o`tishi
bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib
bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda
tutilgan maqsad elementlarini to`liq, amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit
tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə