So’z uslublari va undan foydalanish Reja: So‘zlashuv uslubi va undan foydalanish


Tezkorlik qobiliyati darajasini rivojlantirish omillari



Yüklə 98,96 Kb.
səhifə14/18
tarix13.12.2023
ölçüsü98,96 Kb.
#149126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-14

Tezkorlik qobiliyati darajasini rivojlantirish omillari.
Reja:

  1. Tezkorlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar

  2. Tezkorlik qobiliyati darajasini rivojlantirish omillari.



Tezkorlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar

  1. Ko'rish signaliga ko'ra turli dastlabki holatlardan (turib, o'tirib, yotib) tezlanib yugurishlar.

  2. Harakat yo'nalishini tez o'zgartirib yugurishlar.

  3. Ayrim harakat usullarini tez o'zgartirib taqlid qilish.

  4. Bir turdagi harakatdan boshqa turdagi harakatlarga tez o'tish.

Tezkorlikni talab etuvchi estafetalar (38,39,40,41-rasmlar)
Tashqi qarshiliklarni mushak kuchi yordamida yengish yoki unga qarshi turish kuch sifatini ta'riflaydi. Mushaklar kuchi quyidagicha namoyon bo'ladi:
1) o'z uzunliklarini o'zgartirmay (statik, izometrik);
2) o'z uzunliklarini qisqartirib (qarshiliklarni yenguvchi,
miometrik); 1-rasm
3) uzayib (yon beruvchi, pliometrik).
Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi mushak kuchlari birgalikda «dinamik rejim» deb ham yuritiladi. Kuch sifatini taqqoslashda quyidagi kuch turlari farqlanadi:
1. Nisbiy kuch. Nisbiy kuch deganda o'z vaznining bir kilogrammiga to'g'ri keladigan kuch miqdori tushuniladi.
2. Absolyut kuch. Biror bir harakatda o'z og'irligidan qat'i nazar,
namoyon qilingan kuch tushuniladi.
3. Tezkor kuch (portlovchi kuch). Qisqa vaqt ichida katta
miqdordagi kuchning namoyon qiiinishi tushuniladi.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar kuchni rivojlantirishda asosiy vosita bo'lib hisoblanadi. Bu vositalar ikki guruhga bo'linadi.
1. Tashqi qarshiliklarni yengish bilan bajariladigan mashqlar.
Odatda, tashqi qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
buyumlarning og'irligi; sherikning qarshiligi; elastik buyumlarning
qarshiligi; tashqi muhit qarshiligi;
2. O'z vazni og'irligini yengib bajariladigan mashqlar.
Og'irlik ko'tarib bajariladigan mashqlar juda qulay bo'lib, ular yordamida ham kichik, ham katta mushak guruhlariga ta'sir ko'rsatish mumkin. Bu mashqlarni me'yorlash ham oson. Og'irlik ko'tarib bajariladigan mashqlarda dastlabki holat yetakchi rolni o'ynaganligi sababli, bunga alohida e'tibor qaratish zarur bo'ladi.
Cho'ziluvchan va elastik buyumlar (prujinali espanderlar, rezinka) bilan bajariladigan mashqlarda harakatning oxiriga borib zo'riqishning ortib borishi xarakterlidir.
O'z gavda og'irligini yengish mashqlari, odatda, osilish va tayanish holatlarida amalga oshiriladi.
Kuch mashqlarining yuqorida keltirilgan tasnifi bilan bir qatorda, ularning saralab ta'sir etish darajasiga (umumiy va nisbatan ma'lum bir joyga ta'sir etishiga) ko'ra, shuningdek, mushaklaming ishlash rejimiga ko'ra, statik va dinamik, kuchlilik va tezkorlik-kuch, qarshiliklarni yenguvchi va yon beruvchi mashqlarga bo'linishini ham e'tiborga olish kerak.
Agar shug'ullanuvchining kuchiga muntazam ravishda zo'r berilmasa, mushak kuchi o'smay qolishi, hatto kamayib ketishi ham mumkin.
Maksimal darajada zo'r berishni turli yo'llar bilan hosil qilish mumkin:
1. Chegaraga yaqin boimagan og'irliklarni (qarshiliklarni)
yengishni chegara darajasida ko'p marotaba takrorlash;
2. Tashqi qarshilikni chegara darajagacha oshirish (dinamik va
statik faoliyatlarda);
3. Qarshiliklarni chegara darajadagi tezlik bilan yengish.

Yüklə 98,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə