So’z uslublari va undan foydalanish Reja: So‘zlashuv uslubi va undan foydalanish


Harakatlarning salbiy va ijobiy ko’chishi



Yüklə 98,96 Kb.
səhifə12/18
tarix13.12.2023
ölçüsü98,96 Kb.
#149126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1-14

Harakatlarning salbiy va ijobiy ko’chishi.
Reja:

  1. Jismoniy harakatlarga o'rgatish, harakat malakalari va ko'nikmalari

  2. Harakatlarning salbiy va ijobiy ko’chishi

Jismoniy harakatlarga o'rgatish, harakat malakalari va ko'nikmalari


Harakatli mashqlarni harakat malakasi va harakat ko'nikmalari bo'lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu malaka va ko'nikmalar harakatlarni boshqarish usullarini ifoda etadi. Insonda harakat tajribasi va bilimlari to'planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, harakat vazifasini hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bilim va tajribalar asosida egallagan harakat malakalari-harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ixtiyoriy bajarish qobiliyatidir. Demak, harakatlarni bilish, ularni bajara olish qobiliyati harakat malakasi bo'la oladi. Harakatli mashqlarni ko'p marotaba stereotip tarzda takrorlash ko'nikma hosil qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o'zgarishlar kiritilmagan va harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirdagina erishiladi.
Harakat ko'nikmasini bir butun harakat aktida harakatlarni boshqarishning avtomatlashgan usuli sifatida ta'riflash mumkin. Harakatlarni har qanday sharoitda va texnik va taktik jihatdan samarali bajara olish qobiliyatini harakat o'nikmasi deb atash mumkin. Ko'nikma hosil bo'lishi bilan harakat aktining o'zi emas, balki harakat natijasi, bu harakat bajariladigan sharoit hamda vaziyat asosiy e'tibor berish ob'ekti bo'lib qoladi. Harakat amallarini avtomatlashtirish mashqlar natijasiga e'tibor berish imkoinyatini kengaytiradi. Ko'nikma hosil bo'lganda ong harakatni boshlash, davom ettirishgagina ega bo'lmay harakatning har bir qismlarini bajarilishini nazorat qilish birdan o'zgargan aktlarni to'g'ri bajarish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Harakat avtomatlashuvi bilan ko'nikma barqaror va mustahkam bo'lib boradi. Harakatni bajarish sifatini pasaytirmay ko'p takrorlash harakat ko'nikmasini mustahkamlanishini ta'minlaydi. Bu holat harakatlarni charchaganda, bedorlikda yoki ruhiy noqulay vaziyatda ham aniq bajarishni imkon beradi.
Ko'nikma hosil bo'lishi jarayonida alohida harakatlarning vtomatlashishi bilan birga vaqt va kuch sarflash xususiyati bilan bir butun harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu harakatlarning engil, ritmli, tejamli bo'lishini ta'minlaydi. Ko'nikma o'sishining eng yuqori bosqichida suzishda
"suvni his etish", o'yinda "koptokni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavvurlar paydo bo'ladi. Harakat ko'nikmasini barqarorligini harakat amali o'zgaruvchanligini ajratib olmaydi. Ko'nikmani mustahkamlanishi bilan harakatning texnikasini saqlagan holda harakatlarni boshqa shakllari ko'rib chiqiladi va ma'qul usul mustahkamlanadi. Harakatlarning o'zgaruvchanligi yangi malakani va ko'nikmani bir butun faoliyatda qo'llash hamda har bir holat uchun ma'qul harakatlarni tanlash malakasini yuzaga keltiradi. Ko'nikmani qaytadan tuzatish uchun bosh miya po'stining sistemaga tushib qolgan faoliyatini yo'q qilish, baozi gruppa reflekslarning so'nishiga va ularning o'rnida yangi o'zgartirilgan guruh reflekslarni hosil qilishga erishish zarurdir. Ko'nikmalarning o'zaro aloqasi va harakat ko'nikmalari tarkib topish va qo'llanish jarayonida ko'p vaqt bir-biriga ta'sir ko'rsatadi. Ilgari xosil qilingan ko'nikmalar ko'chish deb ataluvchi mexanizm bo'yicha yangi ko'nikmaning tarkib topishini yoki namoyon bo'lishini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. Ko'chish ko'p holda yangi malaka va ko'nikmalarni hosil bo'lishiga yordam beradi. Kichik koptokni uloqtirish, granata uloqtirishni velosipedda yurish mototsiklda yurishni erkin suzish sport suzish usullarini kabi yangi elementlarni oson va tez o'rganishga olib keladi. Ko'nikmalarning bunday o'zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko'chirish" bo'ladi.
Harakatlarga o'rgatish jarayonida, ijobiy ko'chirish" dan keng foydalaniladi. Ko'nikmalarning o'zaro ijobiy aloqasida o'rganilayotgan harakat akti bilan ilgari o'zlashtirilgan biror harakat akti tuzilishlari o'rtasida o'xshashlik qancha ko'p bo'lsa, yangi harakat aktini o'rganish shuncha engil va tez bo'ladi. Harakatlarni o'rganish izchilligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni o'zlashtirish malaka va ko'nikmalarning boshqa harakatlarni o'rganishga "ijobiy ko'chishi"ga imkoniyat yaratsin. Ko'nikmalarning ijobiy ko'chishi harakatlarga o'rgatish jarayoning dastlabki bosqichida uchraydi. Keyinchalik tanlab ko'chish ancha kuchayib ijobiy natijalar salbiy tomonga o'zgarish mumkin. Ya'ni o'rganilgan harakat yangi harakatni egallashga to'sqinlik qiladi. Granata

uloqtirish ko'nikmasi nayza uloqtirishga dastlab yordam bersada keyinchalik natijalar o'sishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shuningdek suzish usullarida bir suzish usullaridagi oyoq va qo'l harakatlari qolgan suzish usullari texnikasiga zid kelishi mumkin. Ko'nikmaning salbiy ko'chishi o'rganilgan harakat malakalari yangi o'rganiladigan harakatlar egallashda to'sqinlik qilishida namoyon bo'ladi. Ko'nikmaning o'zaro salbiy ta'sirida tuzilishi dastlabki fazalariga o'xshash va keyingilari o'rtasida katta farqlari bo'lgan harakat aktlarini o'zlashtirish jarayonida ko'nikmalarning o'zaro salbiy ta'siri tez-tez sezilib turadi. Nerv sistemasi o'z faoliyatini har doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. "Raqobatlashuvchi" ko'nikmalarning o'zaro ta'sirida ancha kam mustahkamlangan ko'nikmaning buzilishini kutish kerak; agar mustahkamlik darajasi bir xil bo'lsa, tuzilishi ancha murakkab bo'lgan ko'nikma buziladi. O'rgatish jarayonida o'quv materialini raqobatlashuvchi


ko'nikmalarning bir vaqtda tarkib topishiga yo'l qo'ymaslikni yoki ko'chishning salbiy ta'siri ancha kam bo'lishini ta'minlaydigan qilib rejalashtirish muhimdir. Harakatli mashqlar orasida "bir tomonlama" deb ataluvchi harakatlar uchraydi ular tana harakatlarni bir tomonga yo'nalishi bilan bajariladi. Bu harakatlarni o'rganishda ko'nikmalarni ijobiy ko'chishidan keng foydalaniladi. Shunga qaramay bir tomonlama harakatlarga o'rgatishda qarshi tomonga harakatlanish usullarida ham takomillashtirib borish kerak. aks holda
raqobatlashuvchi ko'nikmalar shakllanib qolishi mumkin. Murakkab harakat aktlarini egallashda tug'ma avtomatizmlar ancha muhim ahamiyatga egadir. Ba'zi hollarda ular yordam bersa, ba'zan halaqit beradi. Shuning uchun harakatlarga o'rgatishda dastlabki harakatlar umumiy hisobda harakatlardan tuzilgan bo'lishi kerak. harakatlarga o'rgatishda harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish jismoniy fazilatlarni takomillashtirishga olib keladi. Harakat malakalarining
harakatning bir butun maqsadiga, uning tuzilishi va bajarilishi shartlarining bog'liqligiga qarab, jismoniy sifatlarning qanchalik namoyon bo'lishi bilan bir-biridan farqlanadi. Bu tegishli malaka va ko'nikmalarning tarkib topishiga va binobarin, o'rgatish jarayoniga o'z ta'sirini o'tkazadi.Ko'pgina harakatli mashqlar, ayniqsa sportda, jismoniy sifatlarni maksimal darajada to la namoyon etishni talab qiladi. Bu erda ko'nikmalar maxsus sifatlarning takomillashib borishi
jarayonida tarkib topadi. Harakat qobilyatlarining oshib borishi orqali harakat aktlarini jiddiy o'zgartirish imkoniyati va zaruriyati paydo bo'ladi va bu bilan maxsus sifatlarni birmuncha to'laroq namoyon etish uchun sharoit yaratiladi. Harakatli mashqlarga o'rgatishning uzoq davom etishi va qiyinligi ko'p jihatdan mashq tuzilishining qay darajada murakkabligi bilan bog'liqdir. Mashq tuzilishining murakkabligi, o'z navbatida, uni tashkil etuvchi harakatlarning miqdoriga, ularning masofa hamda vaqt jihatdan
aniq bajarilishiga, muskullarning zo'r berib aniq harakat qilishiga, shuningdek, ularning o'zaro aloqada bo'lishiga va harakat aktining umumiy ritmiga ham bog'liq bo'ladi. Bir xil harakatli mashqlar fazoda, vaqtni chegaralamagan holda harakatlanishni talab etadi. Mashqlarning boshqa xillari harakatlarni vaqt jihatidan keskin cheklash bilan farqlanadi. O'rgatish vaqtida murakkab harakat aktlari-tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olinadi. Bu bo'lib yuborish uslubidan foydalanish harakatni o'rganish izchilligini belgilash, tayyorgarlik mashqlarini tanlash uchun muhimdir..

Yüklə 98,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə