So’z uslublari va undan foydalanish Reja: So‘zlashuv uslubi va undan foydalanish


Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamani kriteriyasi va komponentlari



Yüklə 98,96 Kb.
səhifə18/18
tarix13.12.2023
ölçüsü98,96 Kb.
#149126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-14

Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamani kriteriyasi va komponentlari.
Reja:

  1. Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamani komponentlari

  2. Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamani kriteriyasi

Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi. Agar kishi biror bir ishni bajarayotgan bo‘lsa, u birmuncha vaqtdan so‘ng bu ishni bajarish tobora qiyinlashib borayotganini sezadi. Chetdan qaraganda bu kishining holati ancha o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Bu o‘zgarishni mimika usullari kuchlanishida, ter paydo bo‘lishida ko‘rish mumkin. Ayni vaqtda uning organizmida birmuncha jiddiy fiziologik o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Qiyinchiliklar ko‘payib borishiga qaramasdan, kishi iroda kuchi hisobiga dastiabki ishning shiddatini birmuncha vaqt saqlab turish mumkin. Bunday holatni kompensatsiyali charchash fazasi deyiladi. Agar iroda kuchi ortganiga qaramay ishning shiddati pasaysa, dekompensatsiyali charchash fazasi boshlanadi. Ishlash natijasida kishi ishlash qobiliyatining vaqtinchalik kamayishi charchash deb ataladi. Bu qiyinchilik ortishida yoki ishni avvalgidek samarador bajarish mumkin bo‘lmay qolishida ifodalanadi. Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so‘ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamning xilma-xil bo‘lishidir


Chidamlilikni tarbiyalashdagi jismoniy yuklama quyidagi 5 ta asosiy komponent bilan nisbatan to‘la xarakterlanadi:
1. Mashqning absolut shiddatliligi (harakat tezligi);
2. Mashqning davomiyligi;
3. Dam olish intervallarining davomiyligi;
4. Dam olish xarakteri;
5. Mashqlarning takrorlanish soni.
Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funksional imkoniyatlari bir tomondan, tegishli harakat malakalari texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi. Nafas olish imkoniyatlari uncha maxsus emas, ular harakatlarning tashqi shakliga juda ham bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun agar kishi mashqlar yordamida, masalan, yugurishda o‘zining aerob imkoniyatlari darajasini oshirgan bo‘lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga - yugurishga yoki chang‘ida yugurishda ham ta’sir etadi. Mazkur sportchi organizmining vegetativ tizimlarining ishlash imkoniyatlari barcha shunga o‘xshash harakatlarni bajarishda ham yuqori bo‘ladi. Shartli qilib aytganda, vegetativ mashq ko‘rganlikning umumlashgan xarakteri chidamlilikni ko‘chirish uchun keng miqyosda qulay sharoitlar yaratadi. Biroq har bir ayrim holda ko‘chishning mavjudligi yoki yo‘qligi organizmning energetik imkoniyatlariga va harakatlarning barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan talablar bilangina emas, balki harakat malakalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xarakteri bilan ham belgilanadi. Masalan, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordinatsion tuzulishlari hamda tezkor kuchlilik xarakteristikalari ko‘p jihatdan boshqa bo‘ladi. Shuning uchun yugurish tezligini mashq qildirish yo‘li bilan oshirilishi yurishdagi maksimum tezlika ta’sir etmaydi. Bunda tezkorlik kuchaymaydi. Ayni vaqtda uzoq masofalarda yugurish va yurish o‘rtasida mashq ko‘rganlikning o‘sishi shubhasizdir. Ish quvvati qancha kam bo‘lsa, ish natijasi harakat malakalarining mukammallik darajasiga qancha kam bog‘liq bo‘lsa, kishining aerob imkoniyatlariga shuncha ko‘p bog‘liq bo‘ladi. Ish quvati juda kam bo‘lganda aerob imkoniyatlarining qiymati shunchalik katta bo‘ladiki, shunga o‘xshash ishlardagi chidamlilik umumiy xarakterda bo‘lib qoladi. Umumiy chidamlilik barcha muskul guruhlarini ishga soladigan, o‘rtacha intensivlikda uzoq davom etadigan ishlardagi chidamlilikdir. Shuning uchun umumiy chidamliliklarning fiziologiyasi kishining aerob imkoniyatlaridir. Chidamlilikni tarbiyalash jarayonida organizmning umumiy chidamlilikni maxsus turlarini belgilab beradigan funksional xususiyatlarini har tomonlama o‘stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish jarayonida charchoq paydo bo‘lganiga qaramay, mashqni davom ettirish albatta zarur bo‘ladigan, katta hajmdagi, anchagina zerikarli va og‘ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal qilishni tasavur etish ham qiyin. Shu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar qo‘yiladi. Chidamlilikni tarbiyalash, mehnatsevarlikni, katta jismoniy yuklamalarga va nihoyatda horg‘inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida organizmning aerob imkoniyatlariga ta’sir etish orqali uch vazifa hal etiladi: a) kislorod iste’mol qilish maksimal darajasini oshirish; b) shu darajani uzoq vaqtgacha saqlab turish qobiliyatini rivojlantirish; v) nafas olish jarayonlari maksimal miqdorgacha tezroq yetishini oshirish. Yurak va nafas olish tizimlarining maksimal ravishda ishlashiga erishiladigan hamda uzoq vaqt mobaynida juda ko‘p kislorod iste’mol qilinishini ta’minlaydigan mashqlar nafas olish imkoniyatlarini oshirish vositalari jumlasidandir. Bular orasida mumkin qadar ko‘proq muskullar qatnashadigan mashqlar samaradordir. Agar imkon bo‘lsa, mashg‘ulotlarni kislorodga boy bo‘lgan joyga ko‘chirish ancha foydali. Mashqlarni kritik darajaga yaqin intensivlikda bajarish tavsiya etiladi. Aerob imkoniyatlarni oshirishda bir me’yorda mashq qilish metodidan, shuningdek, takroriy va o‘zgaruvchan mashq metodlaridan foydalaniladi. Bir me’yorda to‘xtovsiz mashq qilish umumiy chidamlilikni tarbiyalashni dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, keng qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, kislorod iste’mol qilishini ta’minlaydigan tartiblarning ishidagi uyg‘unlik bevosita mashq jarayonida oshadi. Agar mashqlar organizmga uzoq vaqt ta’sir etib tursa, bu ortish yanada ko‘proq bo‘ladi. Ba’zi bir organlar va tizimlarning funksional imkoniyati unchalik tez bo‘lmagan, lekin uzoq davom etadigan ishlami bajarishda jadallik bilan ortib boradi. Biroq to‘xtovsiz ishlaganda maksimal miqdorda kislorod iste’mol qilishni saqlab turish organizm uchun juda qiyin. Odatda, chegara darajada kislorod iste’mol qilib ishlash 10-12 daqiqadan oshmaydi. Aerob imkoniyatlarini oshirishda - garchi birinchi qarashda parodaksal bo‘lib ko‘rinsa ham - ozgina dam olish oraliqlariga bo‘lingan qisqa muddatli takrorlash tarzida bajarilayotgan ishlar ko‘proq samara beradi. Qisqa vaqt ichida shiddatli ishlash natijasida hosil bo‘ladigan anaerob parchalanish mahsulotlari nafas olish jarayonlarining kuchli stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bunday ish bajargandan so‘ng birinchi 8-10 soniya ichida kislorod iste’mol qilish ortadi, yurak ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlari oshib boradi - qonning urish hajmi ko‘payadi. Aerob imkoniyatlarni oshirish uchun takroriy va o’zgaruvchan mashq metodlaridan foydalanishda asosiy vazifa ishlash bilan dam olishning eng yaxshi variantim tanlashdan iborat. Taxminan quyidagi xarakteristikalarni ko‘rsatish mumkin: Ishning shiddati yuqori darajadagi maksimal shiddatlilikning taxminan 75-85% darajasida bo‘lishi kerak. Ishning shiddati ish oxiriga borib pulsning chastotasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bo‘laklarning uzunligi ishlash vaqti taxminan 1-15 daqiqadan oshmaydigan qilib tanlanadi. Lekin, bunday qilinganda, ish kislorod yetishmasligi sharoitida sodir bo‘ladi va kislorodni maksimal iste’mol qilish dam olish davriga to‘g‘ri keladi. Dam olish oraliqlari shunday bo‘lishi kerakki, keyingi bo‘ladigan ishlar oldingi ishdan keyin ro‘y bergan qulay o‘zgarishlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Dam olish oralig‘ini unchalik tez bajarilmaydigan ishlar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi. Buning bir qator afzalliklari bor: dam olishdan ish holatiga va aksincha ish holatidan dam olish holatiga o‘tish osonlashadi, tiklanish jarayonlari birmuncha tezlashadi va hokazolar. Bularning hammasi ko‘proq hajmda ish bajarishga, uzoq vaqt barqaror holatni saqlab turishga imkon beradi. Takrorlash soni shug‘ullanuvchilarning barqaror holatini tutib turish, ya’ni kislorod iste’mol qilish yetarlicha yuksak darajada bo‘lgan sharoitda ishlash imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Charchoq paydo bo‘la boshlashi bilan kislorod iste’mol qilish darajasi pasayadi. Odatda, bu pasayish ishni to‘xtatish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Kretinfosfat mexanizmi takomillashtirilishiga qaratilgan jismoniy yuklamalar quyidagi xarakteristikalar bilan farq qiladi: Ishning shiddati - chegara darajadagi tezlikka yaqin, lekin biroz pastroq bo‘lishi ham mumkin. Katta hajmdagi ishni chegara tezlikda bajarish tezlik to‘sig‘i hosil bo‘lishga olib kelishi qayd qilingan edi.
Yüklə 98,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə