Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Mashg’ulot jarayonining tuzilishi -



Yüklə 160 Kb.
səhifə6/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Asila kurs ishi

Mashg’ulot jarayonining tuzilishi - Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va maxsus jismoniy, texnik va psixolgik h.k.) bir biriga bog’liqligi bilan;
-Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati (yuklamaning hajmi va shiddati h.k.);
-Mashg’ulot jarayonini xar xil zvenolari o’rtasidagi ketma-ketlik va bog’liqlik (trenirovka mashg’uloti, mikro va mizosikllar, davrlar, bosqichlar va h.k.);
-Mashq bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish farqlanadi;
-Mikro tuzilish - ayrim mashg’ulotlarini tuzilishi va mikrosikllar;
-Mikro tuzilish o’rta sikllarni tuzilishi va mashg’ulotlar-ning bosqichlari;
-Mikro tuzilish-katta sikllarning tuzilishi.
Sport mashg’ulotlari hamma bo’laklarining mazmuni, vosita-lari metodlari va boshqa tarkibiy qismi bir butun bo’lib bog’lan-gandir.
Mashg’ulot mikrosiklini tuzilishi - Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni taminlaydigan, bir necha kunlar ichida o’tkaziladigan mash-g’ulotlar seriyasidir, mikrosikllarni davom etishi 3 - 4 kundan 10 - 14 kungacha.
Ko’pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrosikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug’ullanuvchilariing umumiy rejimi-ga qo’shilib ketadi. 7 kun davom etadigan mikrosikllarni ko’pincha xaftalik sikl deyiladi.
Boshqacha ko’p yoki kam kun davom etadigan mikrosikllarni xar xil variantlarda, shu jumladan shaxsiy musobaqa davrining aloxida kerakli joylarida, o’tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilich-bozlik va sport gimnastikasidan quyidagi sxema bo’yicha musobaqa o’tkazilganda qilichbozlik 1 - kun shaxsiy musobaqa 2 - kun komandalar musobaqasi, 3 - kun final. Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur 2 kun erkin dastur 3 kun ko’p kurash finali 4 kun ko’pkurashnipg ayrim turlari finali.
Bu ko’rinishda esa mikrosikl shu sxemani o’zgartirmasdan takrorlashi shart
Mikrosikllar kamida ikki: kumilatsion (yig’uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog’lik), hamda qayta tiklovchi, mashg’ulotlar xarakterida tuzilgan fazodan iborat bo’ladi,
Mikrosikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo’ladi. Ko’pincha bu fazalar mikrosikl ichida takrorlanib, har bir mikrosikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi.
Qayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrosiklni tugalla-masligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin .
Mashg’ulotlar mazmunining ketma - ketligi esa tayyogarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrosikl bo’lishiga bog’liq. Katta bo’lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez - tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg’ulotga qayta tiklashni tez - tez kiritishni talab qiladi. Mikrosiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg’ulotlarni qaysi tomonga yo’naltirilganligi hisobga olinishi kerak.
1. Mikrosikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobiliyati oshgan kunlardagina qo’yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyii qo’yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko’nincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi.
Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar texnikasini takomillashtirgandan keyin o’rtacha 2 - 3 kundan keyin: Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’u-lotdan keyin o’rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi.
Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg’u-lotni katta yuklamali mashg’ulotlar oldida o’tkazish shart.
2. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5-2 marta tez tiklanishi mum-kin.
Individual qobiliyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi.
Shuning uchun shaxsiy musobaqa davridagi mikrosikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish qobiliyatini yuqori fazasiga to’g’ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi.

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə