Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Makrosikllarda mashg’ulotlar jarayonining tuzish metodikasi -



Yüklə 160 Kb.
səhifə9/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Asila kurs ishi

Makrosikllarda mashg’ulotlar jarayonining tuzish metodikasi - Makrosikllarning umumiy strukturasi va turlari.
Mashg’ulot makrosikllarining tuzish metodikasi birinchi navbatda mashg’ulotda qo’yilgan asosiy vazifaga bog’liq bo’lib, bu vazifani mashg’ulot jarayonida bajariladi. Ko’p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichida (bu bosqichning asosiy vazifasi har tomonlama gormonik jismoniy rivojlanish asosida samaradoroq tayyorgarlik uchun texnik va funksional (ko’nikma va malakalarni) tuzish mashg’ulot makrosikllarining tuzilishi sportchi o’zini individual imkoniyatlarini maksimal ravishda amalga oshirish bosqichida tuziladigan makrosikllardan prinsip jihatidan farq qiladi.
Ko’p yillik tayyorgarlikning 1 - 2 bosqichlarida mashg’ulot jarayonini yillik makrosikllar asosida tuziladi. Bunda sportchi tayyorgarligining hamma tomoni paralel rivojlantiriladi. Ayrim xollardagina (qachonki tayyorgarlikning malum bir tomonini takomillashtirishga etibor berilish kerak bo’lganda, yaqqol ko’rinib turgan kamchiliklarni tuzatganda) sportchining texnik, taktik, jismoniy psixik tayyorgarligining vazifalari hal etiladi.

1.3 Tayyorlov davrining ikkinchi (maxsus tayyorgarlik) bosqichi.
Tayyorgarlik davrida asosiy musobaqalarda yaxshi qatnashish uchun mustahkam funksional baza quriladi, tayyorgarlikni har xil tomonlari rivojlantiriladi va davr ikki bosqichga bo’linadi: umum tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga.
Musobaqa davrida - tayyorgarlikning har xil tomonlari yanada rivojlantiriladi va integral tayyorgarlik taminlanadi. Bu davrda musobaqalar o’tkaziladi va shu musobaqalar yordamida keyingi asosiy musobaqalarga tayyorgarlik boradi,
O’tish davri - mashg’ulot va musobaqa davridagi yuklamalardan so’ng navbatdagi makrosiklga tayyorgarlik uchun jismoniy va psixik potensiallarni tiklashga qaratilgan. Tayyorgarlikni bosqichlarggi va davrlarni davomiyligi va mazmunlari alohida makrosikl me’yorida (mobaynida) ko’pgina faktorlar bilan aniqlanadi.
Bu omillardan biri sport turining maxsusligi bilan bog’liq;
- musobaqa faoliyati, shu sport turi musobaka tizimini taqoza etgan sportchilar tayyorgarligining tuzilishi bilan;
- boshqa omillar ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlari har xil sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari bilan;
- sport musobaqasi taqvimi, musobaqa oldidan sportchilarga qo’yiladigan vazifalar bilan;
-sportchilarni individual, morfologik va funksional xususi-yatlari, mashg’ulot xususiyatlari individual sport taqvimi bilan: tayyorgarlikni tashkil qilish (markazlashtirilgan) tayyorgarlik yoki ma’lum joylar sharoitida iqlim sharoiti, texnik saviyasi va boshqalar bilan bog’liqdir.
Bu faktorlarning har xilligi mashg’ulot jarayoni yo’nalishining makrosikllar, davrlar, bosqichlar va ularni kichik tashkil etuvchilarni tuzilishlarini belgilaydi.
N.G.Ozolin shunday deb yozadi: mashg’ulot jarayoni mazmunini yo’nalishi davrlarini aniqlaydi. Mashg’ulot jarayonini davr va bosqichlarga, mashg’ulot jarayonini rejalashtirishga tayyorgarlik mazmunining vazifasi va vaqti bo’yicha effektiv joylashtirishga (rasmiylashtirishga) yordam beradi,

Makrosikllar tuzilishini aniqlovchi ko’pgina faktorlar va ularning oxirgi ko’rsatgichiga erishishdagi tutgan o’rinlari makrosikllarda mashg’ulot jarayoni tuzilishini xaddan tashqari murakkablashtiradi.


Masalan; mashg’ulot jarayonini moslashishlar tuzish qonuni-yatlari asosida tuzishga intilish, faqatgina sport mashg’ulotini anik vazifalari xal qilingandagina yetarli natija ko’rsatadi deb hisoblardi. Mashg’ulot makrosikllarini tuzish asosida yetgan sport mashg’uloti umum qonuniyatlariga bunday yondoshish, ko’pgina sport turlarida mashg’ulot jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan metodologik xato hisoblanadi.
Mashg’ulot yuklamalarini ayrim mashg’ulotlarda va makrosikllardagina bitta yo’nalishda bo’lishini ta’minlamasdan, salkam butun tayyorgarlik bosqichlari davomida ham mashg’ulot yuklamalari bir yo’nalishda bo’lishini ta’minlash kerak.
Bunday ko’rsatmalar texnik - taktik harakat arsenallarini, psixologik vazifalarini chegaralagan holatda jismoniy tayyor-garligiga nisbatan past sport turlarida alohida qo’llanishi mumkin, lekin siklik xarakterdagi o’yinlarda, yakka bellashuv-larda, murakkab koordinatsion sport turlarida qo’llash to’g’ri kelmaydi.
Sport turi ko’p yillik tayyorgarlikning bosqichlariga shug’ullanuvchilar kontingentiga bog’liq xolda makrosiklda turli davr va etaplar keng diapazon asosida tebranishi mumkin. Masalan; suzishda, yengil atletikada va boshqa sport turlarida siklik xarakterdagi sport turlarida musobaqa davrining davomiyligi (yoki ikki uch siklli rejalashtirilgan davrlarda) sport o’yinla-ridagi musobaqa davriga nisbatan 1.5, 2.5 marta kam bo’lishi mumkin. Yilning ma’lum vaqtidagina mavsumda o’tkaziladigan sport turlari yil mobaynida o’tkaziladgan sport turlaridan tayyorgarlik davrini uzoq muddatliligi musobaqa davrini qisqa muddatliligi bilan farq qiladi.
Ko’p yillik tayyorgarlikni boshlang’ich bosqichi, shuningdek bazani tayyorgarlikni oldingi bosqichiga tayyorgarlik davrini uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi.
Musobaqa davri ancha qisqa va anik, ko’rsatilmagan yuqori sinf sportchilarida buning tes-karisi bo’lib, tayyorgarlik davri qisqartirilgan, musobaqa davri esa yilning ancha qismini egallaydi (V.N.Platonov, 1986 y).



Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə