Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o’zaro nisbati



Yüklə 160 Kb.
səhifə12/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Asila kurs ishi

Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o’zaro nisbati. Mashg’ulotning asosiy yo’nalishiga muvofiq birinchi bosqich umumiy tayyorgarlik ko’p bo’lishi bilan farq qiladi. To’g’ri, umumiy tayyorgarlikning maxsus tayyorgarlikka aniq miqdoriy nisbati sport turining o’ziga xos xususiyatlariga, sportchining malakasiga hamda uning individual xususiyatlariga qarab, ancha o’zgarib turadi, biroq sikl boshida ko’pincha umumiy tayyorgarlik tayyorlov davrining ikkinchi bosqichdagiga va musobaqa davridagiga qaraganda ancha ko’p vaqt oladi.
Agar umumiy va maxsus tayyorgarlikni vaqt bo’yicha bir-biriga nisbatini ifodalaydigan bo’lsak, unda yuqori malakali sportchilarga tayyorlov davrining birinchi bosqichi uchun 2:1 - 3:2 tartibidagi proporsiyani tavsiya etish mumkin. Tadqiqotlar mazkur ma’lumotlar sportning ko’pgina turlari uchun yaroqli ekanini ko’rsatadi. Bunday asosan ko’pkurashni istisno qilish mumkin, chunki unda maxsus tayyorgarlikning mazmuni va har tomonlamaliligi nihoyatda boydir. Ular uchun taxminan 1:2 - 1:3 tartibidagi nisbatan tavsiya etish mumkin.

Boshlovchi, ayniqsa kichik yoshli sportchilarda tabiyki, umumiy tayyorgarlik ancha ko’p bo’ladi, chunki ularda mashg’ulot jaryoni umuman kam ixtisoslashgan bo’ladi. Sport kamolotining ko’p yillik yo’lidagi barcha bosqichlari uchun hamda mashg’ulot siklining turli bosqichlari uchun optimal umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbatini aniqlash hozirgi kundagi asosiy tadqiqot muammolaridan biri hisob-lanadi. Hozircha keltirilayotgan nisbatlar anchagina taxminiydir. Ularni aniqlash uchun vaqt ko’rsatkichlardan tashqari yana boshqa yorqinroq kriteriyalardan ham foydalanish zarur.


Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari. Fundamental davrining birinchi bosqichidagi yuklamalar dinamikasining umumiy tendensiyasi ularning hajmi va intensivligining asta sekin ortib borishi (bunda - ko’proq hajmning o’sishi) bilan xarakterlanadi. Bu yerda sport formasining mustahkam poydevorini qo’yish uchun zarur bo’lgan hajm jihatidan asosiy tayyorgarlik ishi bajariladi. Bu bosqichda yuklamalarning jamlangan intensivligi umumiy hajmni mashg’ulotning keyingi bosqichi boshlanguncha ham ortira borish imkoniyatining cheklanmaydigan darajadagina orta borishi mumkin. Shuning uchun, intensivlikning o’sish sur’atiga nisbatan hajmning ortish sur’ati yuksakroq bo’ladi.
Mashg’ulot vaqtidagi hamma yuklamaga umumiy baho berish ancha og’ir ishdir. Hozircha yuklamaning barcha xilma - xil komponentlarini o’lchashga hamda ularni yagona bir ko’rsatkichda ifoda etishga imkon beradigan yetarli darajada yaxshi kriteriyalar topilmagan. Shuning uchun hozircha yuklamlar umumiy ko’rini-shining tafsilotlari zaruriyat tufayli bir qator kamchiliklarga egadir. Buni yuklamaning tarkibiy qismlarini (bir - biriga yaqin bo’lgan mashqlarning guruhlari bo’yicha) chuqur tahlil etish yo’li bilan bir qadar to’ldirish mumkin.

Umumiy tayyorlov tayyorgarlik xarakteridagi mashqlarning xajmi, shuningdek, tanlangan xarakat faoliyati negiziga qurilgan mashqlarning jamlangan xajmi birinchi bosqich vaqtidayoq o’zining apogeyga yetadi. Intensivligi ko’proq spetsefik yuklamalar hajmi nisbatan kam sur’atda o’sadi. Intensivlik ko’rsatkichlari esa, yana ham sekinroq sur’atda o’zgaradi. Bunda nisbiy intensivlik, umuman olganda, absolyut intensivlikka qaraganda bir oz tezroq o’sib boradi. Yuklamalarning bunday dinamikasi birinchi bosqichda butunlay qonuniydir. Agar tayyorlov davrining boshida hajm va intensivlik o’sib borishi maksimal sur’atlarini birlashtirishga urinib ko’rilsa, u holda bu mashg’ulotni jadallashishga olib keladi va asta-sekinlik prinsipi buzilishiga va bunday kelib chiqadigan barcha ko’ngilsizliklarga sabab bo’ladi. Bu jihatdan 50 - rasmda keltirilgan grafiklar juda qiziqarlidir. Bundan ko’rinib turibdiki, odatda sikldagi yuklamalarning nisbiy intensivligi hajmdan keyinroq maksimum darajasiga yetadigan hollardagina sport natijalari dinamikasi eng yaxshi bo’lar ekan. Mashg’ulotni jadallashtirish mashq ko’rganlikni ba’zan tez yuksaltirsa ham, lekin sport formasi turg’un bo’lishini ta’minlay olmaydi. Sport formasining turg’unligi birinchi galda tayyorlov ishlaring hajmiga va bu ishlarni bajarish uchun ketgan davrining uzunligiga bog’liq. Mashg’ulotning tayyorlov davrini tashkil etishda xuddi ana shu qonuniyat hisobga olinadi. Ikkinchi tomondan hajmni xaddan tashqari uzoq oshira borish intensivlik qo’shila borishini sekinlashtiradi, bu esa bu navbatida maxsus mashq ko’rganlik rivojlanishiga tusqinlik qiladi (50 - rasm, suzuvchilardagi 4 - variant). Binobarin, hajmni ko’proq oshirib borish tendensiyasi faqat ma’lum chegaragacha to’g’ri bo’lar ekan.


Tanlangan sport turi qancha ko’p chidamlilikni talab etsa, bu chegara tayyorlov davri boshidan shuncha uzoq bo’ladi. Yuklamalarning bayon etilgan tendensiyasi birinchi bosqichda mashg’ulotga kiritiladigan mashqlarning ko’pchiligi uchun xarater-lidir. Biroq qo’llaniladigan vositalarning vazifasiga qarab, u turlicha namoyon bo’ladi. Shunday mashqlar guruhi ham borki, ularda intensivlik birinchi etapning o’zidayoq stabillashib qoladi. Bunday turdagi mashqlarda yuklamalar hajmi intensivlidan ustunlik qilayotgandek ko’rinadi. Umumiy chidamlilikni tarbiya-lash uchun foydalaniladigan barcha mashqlarni, shuningdek, kuch-kuvvat chidamliligini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarning bir qismini (ayniqsa, ko’proq chidamlilik talab etadigan sport turlari mashg’ulotida) ana shu turdagi mashqlarga kiritish kerak. Tezkorlik hamda kuch - quvvatni rivojlantirishga qaratilgan tayerlov mashqlarida ahvol boshqacha bo’ladi. Bunda boshidanoq intensivlik o’zining absolyut maksimumiga intiladi. Bu esa, hajm ortishini chidamlilik mashqlaridagiga qaraganda ancha ko’proq cheklaydi. Shuningdek, musobaqa mashqlarida hamda ularga yakin maxsustayyorlov mashqlarida ham yuklamalar dinamikasi o’ziga xos ko’rinishda bo’ladi. Maxsus - tayerlov mashqlarining hajmi faqat ikkinchi bosqichdagina o’z maksimumiga erishadi, musobaqa mashq-larining hajmi (tanlangan sport turida) esa, undan ham kech-tayerlov davri o’tib ketgandan keyin o’z maksimumiga yetadi.Nihoyat, yana shunday mashqlar guruhi ham mavjudki, ular mashg’ulot bosqichlari doirasida jamlangan hajm va intensivlikning ozgina bo’lsa ham yuksalishi bilan bog’liq emas (faol dam olish, razminka maqsadida qo’llanidadigan va boshqa ba’zi bir mashqlar). Bu tur mashqlardagi yuklamalar ayrim mashg’ulotlarning mazmuni hamda mikrosikllarning tuzilishiga qarab o’zgarib turadi, umuman esa bosqich davomida ular amalda standartligicha qolaveradi. Zikr etilgan umumiy tendensiyaga muvofiq yuklamalar dinamikasining o’rta «to’lqin» lari birinchi bosqichda odatda undan keyingi bosqichlarga qaragaganda anchagina uzun bo’ladi (taxminan 4-6 xafta). Olti xaftalik «to’lqin» ning taxminiy sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Boshqa variantlar bo’lishi ham mumkin: faqat oldinigi hajmni, intensivlikdan ko’ra ko’proq ortira borib, keyinchalik kamaya borayotgan hajm fonida intensivlikni ortirish yo’li bilan mashg’ulot talablarini asta-sekin jadallashtirmay oshira borish tamoyilligi buzilmasa bas. Bunda mikrosikllardagi yuklamalar dinamikasi yuklama tipidagi (mashq turlari tipidagi) nisbatan tez - tez sodir bo’ladigan o’zgarishlar va ancha katta yoki maksimal yuklamali mashg’ulotlar orasida intervallar uzoqroq (dastlabki vaqtlarda) bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə