Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif



Yüklə 160 Kb.
səhifə13/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Asila kurs ishi

Mikrosikl tuzilishi. Birinchi bosqichning mikrosikllari sportchining har tomonlama rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratishga moslab tuziladi. Eng keng tarqalgan sikli - bir haftalik sikldagi asosiy mashg’ulotlarning miqdori turli soha-dagi sportchilarda odatda 3 - 5 tagacha bo’ladi. Odatda har bir mashg’ulot bir nechta turli vazifalarni hal etadi va shu bilan birga jadvallarda ko’rsatilganidek nimagadir ko’proq qaratilgan bo’ladi. Mashg’ulot bevosita nimagadir qaratilganligining o’zgarishi. Tayyorlov davrining ikkinchi bosqichida mashg’ulotning tuzilishi va mazmuni sport formasiga bevosita kirib borish uchun sharoit yaratadigan bo’lib o’zgaradi. Tayyorgarlik o’zining barcha bo’limlaridan ko’proq maxsus maqsadga qaratila boshlaydi (shuning uchun xam maxsus tayyorgarlik bosqichi deb ataladi).
Jismoniy tayyorgarlikda tanlangan sport turining spesifik talablarigi javob bera oladigan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’sir etish, ya’ni maxsus jismoniy tayyorgarlik kuchayadi. Endi umumiy jismoniy tayyorgarlik asosan umumiy mashq saqlab turishni ta’minlaydi va uning maxsus mashq bilan chiniqqanlik bilan eng mustahkam aloqada bo’lgan komponentlarini yuksaltiradi.
Boshqa bo’limlarda ham shunga o’xshash o’zgarishlar sodir bo’ladi. Sport - texnika tayyorgarligi musobaqa harakatlari texnikasini mazkur mashg’ulot siklining musobaqa davri davomida qanday bo’lsa, o’shanday ko’rinishda chuqurroq o’zlashtirib olishga qaratiladi. Bunda turg’un va shu bilan birga moslashuvchan harakatlar dinamik stereotipini shakllantirish markaziy vazifa bo’lib qoladi. Parallel ravishda jiddiy maxsus taktik tayyor-garlik ham kengaytirib boriladi.
Nihoyat, ikkinchi bosqichga yaqinlashgan sayin tanlanagan sport turi bo’yicha musobaqalarga maxsus iroda tayyorgarligining roli orta boradi.
Bular bari maxsus mashq bilan chiniqqanlikni yuksaltirish va sport formasining barcha komponentlarini garmonik tarzda qo’shib olib borish uchun sharoit yaratadi. Ikkinchi bosqichda jismoniy texnik, taktik va iroda tayyorgarliklari o’zaro alohida -alohida bo’ladi - ular hatto birlashib (qo’shilib) ketadi.
Birinchi bosqichda ikkinchi bosqichga o’tish asta - sekinlik bilan sodir bo’ladi. Bunda mashg’ulot jarayonining mazmunidan ham ko’ra uning tuzilishi - turli vosita va uslublarning nisbati, umumiy va maxsus tayyorgarlikning salmog’i, yuklamalar hajmi va intensivligining o’zaro nisbati va hokazolar ko’proq o’zgaradi.


Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə