Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif



Yüklə 160 Kb.
səhifə11/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Asila kurs ishi

Fundamental davri. Fundamental davrida, yuqorida aytganimizdek sport formasiga kirish uchun kerakli sharoit yaratilishi va rivojlantirilishi hamda sport formasi bevosita paydo bo’lishi ta’minlanishi lozim. Shunga binoan bu davr ikki asosiy bosqichga bo’linadi. Ularning birinchisi, odatda ko’proq davom etadigan bosqichdir. Fendamental davrining birinchi (umumiy tayyorgarlik) bosqichi


Mashg’ulotning yo’nalishi. Birinchi bosqichda sport formasining mustahkam poydevorini yaratish krak. Bu vazifa sportchi tayyorgarligining asosiy bo’limlariga muvofiq quyidagicha aniq hal etiladi.


Jismoniy tayyorgarlikda birinchi darajali vazifa organ-izmning barcha jismoniy xislatlarini har tomonlama rivoj-lantirish yo’li bilan uning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini ancha yuksaltirishdan iborat. Mazkur bosqichdagi jismoniy tayyorgarlik ixtisosni chuqurlashtirishdan ham ko’ra ko’proq tanlangan sport turida progressga bevosita yoki bilvosita sabab bo’luvchi funksional imkoniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgandir. Buning sababi shundaki, sport formasi kelajakda qay darajada bo’lishi avvalo jismoniy tayyor ekanlikning dastlabki darajasiga, shuningdek, umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlikka nisbatan asos soluvchi rol o’ynashiga bog’liq. Birinchi bosqichda sportchining jismoniy kamol topishidagi turli yo’nalishlarning o’zaro aloqadorligidan foydalanish uchun ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Jismoniy sifatlarning «bevosita va bilvosita o’tishi» dan keng foyda-lanish jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichdagi asosiy mexa-nizmi bo’lib xizmat qiladi.


1.4 Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar.
Vosita va uslublar tarkibining xususiyatlari.
Fundamental davrining boshlang’ich bosqichi yuqorida bayon etib o’tilgandek, mashg’ulot vositalarining ayniqsa keng kopleksi mavjud ekani bilan farq qiladi. Mazkur bosqichda har tomonlama ta’sir etuvchi mashqlar (tanlangan sport turiga nisbatan) keyingi bosqichlarga qaraganda ancha ko’proq bo’ladi. Jumladan, umumiy chidamlilikni tarbiyalaydigan, kuch - quvvat fazilatlarini hamda koordinatsion imkoniyatlarni tarbiyalash uchun berilgan mashqlar koordinatsion imkoniyatlarni umumiy takomillashtiradigan mashqlarga ko’proq o’rin beriladi; mashqlarning xilma - xilligini tanlashda ancha erkin variatsiyalarga ham yo’l qo’yilmaydi.
Musobaqa mashqlariga (tanlangan spor turida) esa, mazkur bosqichda minimal o’rin beriladi. Masalan, bu bosqichda bir qator kuchli og’ir atletikachilarning bunday mashqlari shtanga bilan bajariladigan yuklamalar umumiy hajmining 1,5-2 foizini, yuguruvchi sprinterlar va suzuvchilarda yugurish yoki suzish umumiy masofaning 0,5-1 foizini tashkil etadi.
Ayrim hollarda, masalan, sportning «mavsumiy» turlarida asosiy musobaqa mashqlari mashg’ulotdan umuman tushib qoladi. Bunda yaqinlashtiruvchi malakalarni o’zlashtirshga va zarur hususiyatlarni tanlab rivojlantirshga qaratilgan xilma-xil maxsus tayyorlov mashqlari ixtisoslashtirishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi.
Gap shundaki, musobaqa mashqlari birinchi bosqichda faqat eski(ilgari o’zlashtirilgan) malakalar shaklida bajarilishi mumkin. Shuning uchun ulardan tayyorgarlik ko’rishning asosiy vositasi sifatida foydalanish odat bo’lib qolgan harakat mustahkamlanishiga olib keladi. Bu esa, kamol topish davom etishiga halaqit beradigan to’siqqa aylanib ketishi mumkin. Bundan tashqari bu bosqichda musobaqa mashqlarining ta’siri nisbatan tabaqalashmagan, shu bilan birga ozmi - ko’pmi darajada bir yoqlama bo’ladi. Vaholanki, birinchi bosqichda sport formasining asosisni tashkil etuvchi barcha komponentlarga ta’sir etish har tomonlama va aniq tanlab yo’naltirilgan bo’lishi nihoyatda muhimdir.

Musobaqa mashqlarining hissasi, albatta, sport turining o’ziga xos xususiyatlariga, sportchining dastlabki tayyorgarlik darajasiga va boshqa holatlarga bog’liq bo’ladi. Musobaqa hara-katlari murakkab tarkibli juda ko’p variantli sport turlarida (sport o’yinlari, yakkama-yakka olishuv, ba’zi bir ko’pkurashlarda) bunday mashqlarning miqdori yuqorida keltirilgan misollarga qaraganda ancha ko’proq bo’ladi.


Birinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik yo’nalishi yetakchi o’rinda bo’lgani tufayli, bu yerda mashg’ulot uslublari ham keyingi bosqichlardigiga qaraganda nisbatan ancha kam ixtisoslashtirilgan bo’ladi. Tanlangan sport turida mashg’ulot uchun tipik bo’lgan uslublar ixtisosga aloqasi bo’lmagan, lekin umumiy va maxsus tayyorgarlik sohasidagi xususiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan uslublar bilan to’ldiriladi. Bunda yuklamalarning asta -sekin o’sib borishini ta’minlash uchun, nisbatan kamroq talablar qo’yadigan uslublarga, masalan, o’rtacha yoki o’zgaruvchan intensiv-likdagi siklli harakatlardan foydalanish vaqti bir tekis hamda o’zgaruvchan mashq qilish uslublariga, o’rtasidagi dam olish intervallari o’zaytirilgan takroriy va orta boruvchi mashq uslublariga ko’proq ahamiyat beriladi.





Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə