Standartlari


 MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.4. MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning 

kontseptual asoslari 

Buxgalteriya  hisobi  ma’lum  bir  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  to’g’risida 

moliyaviy  ma’lumotlarni  aniqlash,  qayta  ishlash  va  moliyaviy  hisobot  shaklida 

faoliyat  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy  holatiga  qiziquvchi  foydalanuvchilarga 

ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning 

maqsadi - turli  foydalanuvchilarni  ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini,  ushbu  ma’lumotni 

olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir.  

1. Foydalanuvchilar va ularning axborotga oid talablari 

Buxgalteriya  hisobi  foydalanuvchilar  tomonidan  foydalaniladigan  moliyaviy 

ma’lumot hajmi va tavsifi bilan bog’liq. 

Ma’lumot  foydalanuvchilari  ikki  guruhga  bo’linishi  mumkin:  ichki 

foydalanuvchilar,  ya’ni  korxona  boshqaruvchilari;  tashqi  foydalanuvchilar,  ya’ni 

korxonadan tasharidagilar. 

O’z  navbatida  buxgalteriya  ma’lumotidan  foydalanuvchilarning  ushbu 

guruxlarini foydalanuvchilarning quyidagi turkumlariga ajratish mumkin: 

-

 



korxonani boshqaruvchilar; 

-

 



sub’ektdan  tashqarida  bo’lib,  unda  bevosita  moliyaviy  manfaatga  ega 

bo’lganlar; 

-

 

sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlar. 



-

 

Sub’ektdan  tashqarida  bo’lib,  unda  bevosita  moliyaviy  manfaatga  ega 



bo’lganlarga quyidagilar kiradi: 

-

 



Mavjud va bo’lg’usi investorlar; 

-

 



Mavjud va bo’lg’usi kreditorlar; 

-

 



Xaridorlar. 

-

 



Sub’ekt  faoliyatida  bilvosita  moliyaviy  manfaatga  ega  bo’lganlarga 

quyidagilar kiradi: 




 

 

17 



 

-

 



Soliq organlari; 

-

 



Tartibga soluvchi organlar; 

-

 



Statistik organlar; 

-

 



Boshqa  guruhlar  (auditorlar,  maslahatchilar,  iste’molchilar  guruxlari  va 

hok.) 


Moliyaviy 

hisobotni 

tayyorlash 

uchun 


foydalaniladigan 

buxgalteriya 

tamoyillarini  xalqaro  miqyosida  bir  shaklga  keltirish  maqsadida  Buxgalteriya 

hisobining  xalqaro  standartlari  bo’yicha  Qo’mitasi  (MHXSQ)  tuzilgan.  Ushbu 

Qo’mita  tomonidan  Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  (MHXS)  ishlab 

chiqilib  chop  etilgan  va  hamma  joylarda  tadbiq  etish  va  rioya  qilish  uchun  tavsiya 

etilgandir. 

Moliyaviy  hisobotni  taqdim  etish  kabi  MHXSning  asosiy  maqsadiga  erishish 

uchun quyidagilar belgilanishi kerak 

-

 



vazifalarni echish uchun talab etiladigan moliyaviy ma’lumot; 

-

 



axborot tizimini tuzish tamoyillari; 

-

 



moliyaviy hisobot elementlari. 

Moliyaviy  hisobotning  maqsadi  moliyaviy  ahvol,  faoliyat  natijalari  va 

moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar haqida  ma’lumot taqtsim etishdan  iboratdir. Ushbu 

ma’lumot keng doiradagi foydalanuvchilarga qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir. 

Moliyaviy  hisobot  foydalanuvchilar  tomonidan  qabul  qilinadigan  iqtisodiy 

qarorlar, korxonani pul mablag’lari va ularni ekvivalentlarini yaratish va ko’paytirish, 

shuningdek  bu  jarayonni  barqarorligi  va  o’z  vaqtida  amalga  oshirilishi  imkoniyatini 

baholashni  talab  etadi.  Foydalanuvchilar,  korxonaning  pul  mablag’lari  va  ularni 

ekvivalentlarini yaratish qobiliyatini baholashi uchun, korxonaning moliyaviy ahvoli, 

faoliyat natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlarga yo’naltirilgan ma’lumotlarga 

ega bo’lishi kerak. 

Moliyaviy  ahvol  to’g’risidagi  ma’lumot  asosan  buxgalteriya  muvozanatida 

(muvozanat  hisobotida)  beriladi.  Korxona  faoliyatining  natijalari  haqida  ma’lumot 

asosan  foyda  va  zararlar  to’grisidagi  hisobotda  keltiriladi.  Moliyaviy  ahvoldagi 

o’zgarishlar moliyaviy hisobotda alohida o’rin egallagan hisobot (xususiy kapitaldagi 

o’zgarishlar) orqali ko’rsatiladi. 

Moliyaviy  hisobotning tarkibiy qismlari bir-biri bilan  uzviy bog’liqdir, chunki 

ular bir  hil operatsiyalar  va  hodisalarni turli  javhalarini aks ettiradi.  Hisobotning  har 

bir shakli boshqalardan farq qiladigan ma’lumotni berishiga qaramasdan, hech biri bir 

ashyo  yakkalanib  qolmaydi  va  foydalanuvchilar  uchun  muayyan  ehtiyojlarini  aks 

ettiruvchi kerakli bo’lgan barcha  ma’lumotni  yetkazib bera olmaydi. Masalan,  foyda 

va zararlar to’g’risidagi hisobot, muvozanat va moliyaviy ahvolni o’zgarishi haqidagi 

hisobotlarning  ma’lumotlarisiz  foydalansa,  korxonaning  moliyaviy  natijalari  haqida 

to’liq axborotni bera olmaydi. 

Moliyaviy  hisobot,  shuningdek,  ilovalarni  (tushuntirish  xati),  qo’shimcha 

materiallar  va  boshka  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  u  muvozanat,  foyda 

va zararlar moddalari haqida, foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi, qo’shimcha 

ma’lumotni  aks  ettirishi  mumkin.  U,  korxonaga  ta’sir  etadigan  tavakkalchilik  va 

noaniqliklarni,  shuningdek  muvozanatda  aks  ettirilmagan  har  qanday  resurslar  va 



 

 

18 



 

majburiyatlarni  (foydali  qazilmalar  zahiralari  kabi)  yoritishi  mumkin.  Geografik  va 

sanoat  segmentlar,  va  korxonaga  narxlarni  o’zgarishini  ta’sir  etiish  haqidagi 

ma’lumot ham qo’shimcha axborot sifatida berilishi mumkin. 

Belgilangan  vazifalarni  bajarish  uchun  moliyaviy  hisobot  hisoblash  tamoyili 

asosida  tuzilishi  zarur.  U  hisobga  olish  mezonlariga  muvofiq  daromadni  qachon 

hisobga olish va uni qachon hisobotlarda aks ettirish kerakligini belgilaydi. Hisoblash 

tamoyiliga  muvofiq,  tovarlar  sotilishidan  olingan  daromad,  xaridor  ushbu 

tovarlarning egasi bo’lganda, ya’ni egalik qilish  xuquqi bilan bog’lik bo’lgan barcha 

tavakkalchiliklar  va  mukofotlar  unga  o’tgan  paytda  hisobga  olinadi.  Sotuvchi  o’z 

majburiyatlarini bajarmaguncha, daromad hisobga olinmasligi lozim.  

Moliyaviy  hisobot  odatda  korxona  faoliyat  ko’rsatadi  va  yaqin  kelajakda 

faoliyat ko’rsatishni davom ettiradi degan faraz asosida tuziladi. Shunday qilib, faraz 

qilinadiki,  korxona  tugatilishi  yoki  o’z  faoliyati  ko’lamini  ahamiyatli  ravishda 

qisqartirish  yoxud  tugatishga  oid  niyati  ham  yo’q  va  bunga  ehtiyoji  ham  yo’q.  Agar 

bunday  niyat  yoki  zaruriyat  paydo  bo’lsa, moliyaviy  hisobot  boshqa  asosda  tuzilishi 

va bu qo’llanilayotgan asos yoritilishi zarur. 

Moliyaviy  hisobotda  taqdim  ettirilgan  ma’lumotning  asosiy  sifati,  bu 

foydalanuvchilar  tomonidan  tushunarli  bo’lishidadir.  Bunda,  faraz  qilinadiki, 

foydalanuvchilar xo’jalik va iqtisodiy faoliyat sohasida, buxgalteriya hisobi sohasida 

yetarlicha  bilimlarga  ega  bo’lishi,  shuningdek  talab  qilinadigan  darajada  qunt  bilan 

harakat  qilish  istaklari  bo’lishi  lozim.  Biroq,  murakkab  savollarga  taalluqli, 

foydalanuvchilarni  iqtisodiy qarorlarni qabul qilishi  uchun o’rinli  bo’lgan  ma’lumot, 

faqat  ma’lum  foydalanuvchilar  tomonidan  tushunish  murakkabligi  sababli  chiqarib 

tashlanishi mumkin emas. 

Foydali  bo’lish  uchun  ma’lumot  qarorlar  qabul  qiluvchi  foydalanuvchilar 

uchun  o’rinli  bo’lishi  kerak.  Foydalanuvchilarni  iqtisodiy  qarorlariga  ta’sir  etib, 

ularga  o’tib  ketgan,  hozirgi  paytda  amalga  oshiriladigan  va  kelajakda  bo’ladigan 

hodisalarni  baholash  uchun  yordam  beradigan  yoki  ularni  tasdiqlaydigan  yoxud 

avvalgi baholarni tuzatish imkoniyatini yaratgan ma’lumot o’rinli deb hisoblanadi. 

Ma’lumotning  o’rinliligiga  uning  tavsifi  va  muhimligi  jiddiy  ta’sir  ko’rsatadi. 

Ba’zi  holatlarda  faqat  ma’lumot  tavsifi  uning  o’rinliligini  aniqlash  uchun  yetarli 

bo’lmaydi. Masalan, yangi segment haqidagi ma’lumot, hisobot davrida ushbu yangi 

segment  tomonidan  erishilgan  natijalar  muhimligidan  qat’i  nazar  tavakkalchilik  va 

imkoniyatlarni baholashga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. 

Foydali  bo’lishi  uchun  ma’lumot  shuningdek  ishonchli  bo’lishi  kerak. 

Ma’lumot agar unda ahamiyatli xato yoki bilib qilingan buzib ko’rsatishlar bo’lmasa, 

foydalanuvchilar  ushbu  ma’lumotga  haqqoniyat  bilan  taqdim  etilganligiga  tayanishi 

mumkin bo’lsa, ishonchli deb hisoblanadi. 

Foydali  bo’lishi  uchun,  ma’lumot  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy 

ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul  mablag’lari harakati to’g’risida  haqqoniy  va xolis 

tasavvur yaratishi kerak. Shunday kilib, masalan, muvozanat operatsiyalar va boshqa 

hodisalarni  va  ularni  amalga  oshirish  natijasi  bo’lgan,  tan  olish  mezonlariga  javob 

beradigan kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va kapitalini haqqoniy va xolis aks 

etgirishi kerak. 



 

 

19 



 

Agar  hisob-kitob  hujjatlarida  va  moliyaviy  hisobotda  axborot  operatsiyalar  va 

voqealarning  mazmunini  ishonchli  darajada  aks  ettirsa,  bunday  axborot  uning 

huquqiy  shakli  bilangina  emas,  balki  mohiyati  va  haqiqiyligi  bilan  muvofiq  holda 

hisobga  olinishi  va  taqdim  etilishi  zarur.  Operatsiyalar  va  boshqa  hodisalarning 

mazmuni  ularning  xuquqiy  yoki  belgilangan  shakliga  har  doim  ham  muvofiq 

kelmaydi. 

Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan 

mustaqil  bo’lishi  lozim.  Moliyaviy  hisobot  ma’lumotning  tanlash  va  takdim  etishi 

bilan  qarorlarni  qabul  qilinishiga  yoki  oldindan  belgilangan  natija  yoki  yakunga 

yetishish  maqsadida  fikrni  shakllantirishga  o’z  ta’sirini  ko’rsatsa  u  betaraf  deb 

hisoblanishi mumkin emas. 

Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad 

qaytadan 

baholanmasligi, 

majburiyatlar 

yoki 

xarajatlar 



esa 

yetarlicha 

baholanmasligiga  yo’l  qo’ymaslik  maqsadida  noaniqlik  sharoitida  baho  chiqarish 

uchun zarurdir. 

Moliyaviy  hisobotlarning  ishonchliligini  ta’minlash  maqsadida  axborot 

yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak. 

Moliyaviy  axborot  foydali  va  mazmunli  bo’lishi  uchun,  bir  hisobot  davridagi 

axborot  boshqa  hisobot  davridagisi  bilan  qiyoslanadigan  bo’lishi  kerak. 

Foydalanuvchilar  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  moliyaviy  hisobotni  tayyorlashda 

foydalanadigan  hisob-kitob  siyosatidan,  ana  shu  siyosatdagi  barcha  o’zgarishlardan 

va shunday o’zgarishlarning natijalaridan xabardor bo’lishlari lozim. 

Hisobot  davrida  bo’lgan  daromadlar  bilan  xarajatlarning  muvofiqligi  shuni 

anglatadiki,  mazkur  davrda  ushbu  hisobot  davridagi  daromadlarni  olishga  asos 

bo’lgan  xarajatlargina  aks  ettiriladi.  Agar  daromadlar  bilan  xarajatlarning  o’rtasida 

bevosita  bogliqlikni  o’rnatish  qiyin  bo’lsa,  xarajatlar  biroi-bir  taqsimlash  tizimiga 

muvofiq  bir  nechta  hisobot  davrlari  o’rtasida  taqsimlanadi.  Bu,  masalan,  bir  necha 

yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 

Aktivlar  va  majburiyatlarning  haqiqiy  baholash  qoidasi  shundan  iboratki, 

ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir. 

Standartlarda  ko’zda  tutilgan  ayrim  hollarda  haqiqiy  baho  sotib  olish 

qiymatidan farq qilishi mumkin. 

Hisob  siyosati  bir  davrdan  ikkinchi  davrga  izchil  o’tkazilib  boradi  deb 

xdsoblanadi.  Foydalanuvchilar  xo’jalik  yuri^uvchi sub’ektning  moliyaviy ahvolidagi 

o’zgartirish  tamoyilini  belgilash  uchun  har  xil  hisobot  davrida  ularning  moliyaviy 

hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. 

Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o’zining  iqtisodiy 

ahamiyatini  yo’qotadi.  Axborotni  o’z  vaqtida  takdim  etish  uchun  bitimning  yoki 

boshqa  voqeaning  barcha  jihatlari  ma’lum  bo’lgunga  qadar  hisobotga  zarurat  paydo 

bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi.  

Daromadlar  va  xarajatlar  orasidagi  muvozanat  sifatga  oid  tavsif  emas, 

aniqrog’i  tamoyil  bo’yicha  cheklovdir.  Ma’lumotdan  olinadigan  naf  uning  olish 

uchun sarflangan xarajatlardan oshiq bo’lishi kerak. 

Amaliyotda  ko’pincha  sifat  tavsiflari  orasida  muvozanat  yoki  o’zaro  kelishuv 



 

 

20 



 

bo’lishi  kerak.  Bundan  maqsad  tavsiflar  orasida  tegishli  muvofiqlikka  yetishishdir. 

Turli sharoitlarda tavsiflarni nisbiy muhimligi - kasbiy mulohazaning ishidir. 

Moliyaviy  hisobot  operatsiyalar  va  boshqa  hodisalar  natijalarini,  ularni  keng 

doiradagi  umumiy  belgilari  va  iqtisodiy  tavsiflariga  ko’ra  toifalarga  birlashtirgan 

holda  aks  ettiradi.  Ushbu  keng  doiradagi  toifalar  moliyaviy  hisobotning  elementlari 

deb  ataladi.  Muvozanatdagi  moliyaviy  ahvolni  o’lchash  bilan  bevosita  bog’liq 

elementlar  -  bu  aktivlar,  majburiyatlar  va  xususiy  kapitstdir.  Foyda  va  zararlar 

to’g’risidagi hisobotda faoliyat natijalarini o’lchash bilan bog’liq bo’lgan elementlari 

daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlardir. 

Tan  olish  -  bu  quyida  keltirilgan  elementlarni  tan  olish  mezoniga  javob 

beradigan  moddalardan  birini  muvozanat  yoki  foyda  va  zararlar  to’g’risidagi 

hisobotga kiritishdir. Tan olish -moddani so’z bilan ifodalash va uning pul qiymatida 

aks ettirish, shuningdek ushbu summani muvozanat va foyda va zararlar to’g’risidagi 

xdsobotda aks ettirishdir.  

Element  ta’rifiga  mos  bo’lgan  modda  kuyidagi  mezonlarga  rioya  qilinganda 

tan olinishi kerak: 

(a) 


modda    bilan    bog’langan      har    qanday    kugilayotgan    naf    korxona  

tomonidanolinishiyokiyo’qotilishi ehtimoli mavjud bo’lishi kerak, 

(b) 

modda  pul  qiymatida  o’lchash  uchun  maqbul  asosga  ega  bo’lishi  va 



korxonauchunahamiyatlibo’lishi kerak. 

O’lchash yoki hisoblash mezonlari to’rtta mikdoriy ko’rsatkichlarga asoslanadi 

va  tegishli  tartibda  hisobga  olingan  moddalar  tushunarliligi,  ahamiyatliligi, 

ishonchliligi va shuningdek, taqqoslanuvchanligi bilan farq qiladi deb faraz qilinadi: 

Elementning aniqlanishi. Modda  moliyaviy  hisobotning elementi ta’rifiga  mos 

kelishi lozim. 

O’lchanuvchanlik.  Modda  aniq  o’lchanishi  mumkin  bo’lgan  mos  keluvchi 

alomat (tavsif)ga ega. 

Dolzarblik.      Moddada      mavjud      bo’lgan      ma’lumotlar      foydalanuvchilar   

tomonidan   qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir etishga qodir. 

Ishochlilik.   Moddada   mavjud   bo’lgan   ma’lumotlar   ishonchli,   betarafli   

va   tekshirishqobiliyatiga ega hisoblanadi. 

Baholash  -  bu  moliyaviy  hisobotda  aks  ettiriladigan  elementlarni  pul 

summalarini  aniqlash,  tan  olish  va  muvozanat  hamda  foyda  va  zararlar  to’g’risidagi 

hisobotga  kiritish  jarayonidir.  Buning  uchun  baholashning  muayyan  usulini  tanlab 

olish zarur. 

Moliyaviy  hisobotda  bir  qator  turlicha  usullardan  foydalaniladi.  Bu  usullarga 

quyidagilarni kiritish mumkin: 

Tarixiy  qiymati.  Aktivlar,  ularni  sotib  olish  vaqtida  to’langan  pul  mablag’lari 

yoki  ularning  ekvivalentlari,  yoxud  ularga  taklif  etilgan  haqqoniy  qiymati  bo’yicha 

hisobga  olinadi.  Majburiyatlar  qarz  majburiyatning  almashtirish  evaziga  olingan 

tushum  summasida  hisobga  olinadi,  ba’zi  hollarda  esa  (masalan,  foyda  solig’i), 

ishlarni odatiy sharoitini hisobga olgan holda, ushbu majburiyatlarni qaytarish uchun 

kerakli  bo’lgan  pul  mablaglari  yoki  ularning  ekvivalentlari  summasida  aks  ettirilishi 

mumkin. 



 

 

21 



 

Tiklash  qiymati.  Aktivlar,  ularni  sotib  olish  vaqtida  hozirgi  paytda  huddi 

shunga o’xshash aktiv sotib olingandagi to’lanishi kerak bo’lgan pul mablag’lari yoki 

ularning  ekvivalentlari  bo’yicha  aks  ettiriladi.  Majburiyatlar,  hozirgi  paytda  shu 

majburiyatning  qaytarishi  uchun  talab  etiladigan,  pul  mablag’lari  va  ularni 

ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. 

Sotish  (qoplash)  qiymati.  Aktivlar,  ularni  odatiy  sharoitda  sotib  olishda 

to’lanishi  zarur  bo’lgan  pul  mablaglari  yoki  ularning  ekvivalentlari  bo’yicha  aks 

ettiriladi.  Majburiyatlar,  agar  hozirgi  paytda  ularni  qaytarishi  talab  etilsa,  to’lanishi 

zarur bo’lgan pul  mablag’lari  va ularni ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida 

aks ettiriladi. 

Diskontlangan  qiymat.  Aktivlar,  ishlarni  odatiy  tartibda  yuritilganini  taxmin 

qilgan  takdirda,  ushbu  aktiv  tomonidan  yaratilishi  mumkin  bo’lgan  pul 

mablag’larining  bo’lg’usi  sof  kelib  tushishipi  diskontlangan  summalarida  aks 

ettiriladi.  Majburiyatlar,  ishlarni  odatiy  tartibda  yuritilganini  taxmin  qilgan  takdirda 

ushbu  majburiyatlarni  qaytarish  uchun  zarur  bo’lgan  pul  mablag’larining  bo’lg’usi 

sof  kamayishining  diskontlangan  summalarida  aks  ettiriladi.  Moliyaviy  hisobotning 

tayyorlashda  baholash  asosi  sifatida  korxonalar  tomonidan  qabul  qilingan  eng  ko’p 

foydalaniladigan  baho  -  bu  tarixiy  qiymat  hisoblanadi.  Odatda,  u  boshqa  baholash 

asoslari bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, zahiralar, odatda tannarx yoki sof sotish 

bahosidan  eng  past  bahoda  hisobga  olinadi,  bozorda  aylaniladigan  qimmatli 

qog’ozlar  ularning  bozor  narxida,  nafaqa  majburiyatlari  esa  ularning  diskontlangan 

qiymati bo’yicha hisobga olinadi. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə