Standartlari


Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar va iboralar



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar va iboralar

 

Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  (MHXSlar)  –  bu  Buxgalteriya 

hisobining  xalqaro  standartlari  Kengashi  (MHXSK)  tomonidan  chiqarilgan 

Standartlar va Sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi: 

(a) 

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari; 



(b) 

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; 

(v) 

MHXSlarni  Sharhlash  bo’yicha  Qo’mita  (MHXSShQ)  tomonidan 



chiqarilgan Sharhlar; va 

(g) 


Sharhlash  bo’yicha  Doimiy  Qo’mita  (ShDQ)  tomonidan  chiqarilgan 

Sharhlar . 

MHXSlar  bo’yicha  birinchi  moliyaviy  hisobotlar  -  Tadbirkorlik  sub’ekti 

MHXSlarga  muvofiqlik  to’g’risida  aniq  va  shartsiz  bildirib    Moliyaviy 

Hisobotlarning Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy 

hisobotlar.  

Oldingi  BHUT  -  MHXSlarni  birinchi  marta  qo’llaydigan  tadbirkorlik  sub’ekti 

MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi. 

MHXS  bo’yicha  birinchi  hisobot  davri  -  Tadbirkorlik  sub’ektining  MHXS 

bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri. 

MHXS  bo’yicha  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  boshlang’ich  hisobot  - 

Tadbirkorlik  sub’ektining  MHXSlarga  o’tish  sanasiga  bo’lgan  moliyaviy  holat 

to’g’risidagi hisoboti. 

Shartli  tannarx  -  berilgan  sanaga  tannarxning  yoki  amortizatsiyalangan 

qiymatning  o’rnini  bosuvchi  summa.  Keyinchalik  eskirish  yoki  amortizatsiya 

hisoblanganida tadbirkorlik sub’ekti aktivni yoki majburiyatni ushbu berilgan sanada 

dastlabki  marta  tan  olgan  va  ushbu  aktivning  yoki  majburiyatning  tannarxi  shartli 

tannarxga teng bo’lgan deb faraz qilinadi. 

Umumiy  foydalanish  uchun  mo’ljallangan  moliyaviy  hisobotlar  (“moliyaviy 

hisobotlar”  deb  ataladi)  –  bu  shunday  foydalanuvchilarning  axborotga  bo’lgan 

talablarini  qondirishga  qaratilgan  moliyaviy  hisobotlarki,  bu  foydalanuvchilar 

ularning  axborotga  bo’lgan  maxsus  talablariga  moslashtirilgan  hisobotlarni  xo’jalik 

sub’ektidan talab qila olmaydi. 



 

 

27 



 

Ahamiyatli tushirib qoldirishlar yoki buzilishlar – bunda moddalarning tushirib 

qoldirilishi 

yoki 


buzilishi 

ahamiyatli 

bo’lib  hisoblanadiki,  agarda  ular 

foydalanuvchilarning  moliyaviy  hisobotlar  asosida  qabul  qiladigan  iqtisodiy 

qarorlariga,  alohida  yoki  birgalikda,  ta’sir  eta  olganda.  Ahamiyatlilik  tushirib 

qoldirishning  yoki  buzilishning  ular  sodir  bo’lgan  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda 

aniqlanadigan  hajmi  va  xususiyatiga  bog’liq  bo’ladi.  Moddaning  hajmi  yoki 

xususiyati, yoki ikkalasining birikmasi, hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin.       

Foyda  yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning  tarkibiy  qismlaridan 

tashqari jami daromaddan xarajatlar  chegirilganidan keyin qolgan natija. 

Boshqa  umumlashgan  daromad  boshqa  MHXSlarda  talab  etilganidek  yoki 

ruxsat  etilganidek  foyda  yoki  zarar  sifatida  tan  olinmaydigan  daromad  va  xarajat 

moddalarini (jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini) qamrab oladi. 

Mulk egalari – bu  ulushli  instrumentlar sifatida tasniflangan instrumentlarning 

egalari. 

Foyda  yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning  tarkibiy  qismlaridan 

tashqari jami daromaddan xarajatlar  chegirilganidan keyin qolgan natija. 

Qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlar – bu joriy yoki oldingi davrlardagi boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olingan,  lekin  joriy  davrda  foyda  yoki  zarar  sifatida 

qayta tasniflangan summalar.  

Jami umumlashgan daromad – bu kapitaldagi davr mobaynida operatsiyalar va 

boshqa  hodisalar  natijasida  yuzaga  keladigan  o’zgarish  bo’lib,  mulk  egalari  bilan 

ularning  mulk  egalari  sifatida  amal  qilishidagi  operatsiyalardan  yuzaga  keladigan 

o’zgarishlar bundan mustasnodir. 

Pul mablag’lari - naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o’z ichiga oladi. 

Pul  mablag’larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul  mablag’lariga 

oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi hatarga 

ega bo’lgan, qisqa  muddatli  va  yuqori  likvidli  investitsiyalardir. Pul  mablag’larining 

ekvivalentlari  investitsiya  yoki  boshqa  maqsadlari  uchun  emas,  balki  qisqa  muddatli 

majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Investitsiyani 

pul  ekvivalenti  deb  hisoblash  uchun,  u  belgilangan  summadagi  pul  mablag’iga  oson 

aylantiriladigan  va  qiymatidagi  o’zgarishlar  hatari  sezilarsiz  darajada  bo’lishi  lozim. 

Shu  sababli,  investitsiya  odatda  uning  so’ndirish  muddati  qisqa  bo’lsagina,  ya’ni 

xarid  qilingan  paytdan  boshlab  taxminan  uch  oy  yoki  undan  kam  muddat  ichida 

to’lanadigan  bo’lsa,  pul  mablag’larining  ekvivalenti  deb  hisoblanishi  mumkin. 

Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul 

mablag’larining ekvivalentlari bo’lgan holatlari istisno, masalan so’ndirilishiga qisqa 

muddat  qolganda  sotib  olingan    va  so’ndirilish  muddati  aniq  belgilangan  imtiyozli 

aktsiyalar  misolida  kabi.  Oshiqcha  pul  mablag’larini  ularning  ekvivalentlariga 

investitsiya qilish pul mablag’larini boshqarish bo’lib hisoblanadi. 

Pul oqimlari - pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi. 

Operatsion faoliyat - xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyati 

hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat turlari. 

Investitsion  faoliyat  -  uzoq  muddatli  aktivlarning  hamda  pul  ekvivalentlariga 

kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi. 



 

 

28 



 

Moliyaviy  faoliyat  -  xo’jalik  sub’ektining  qo’yilgan  kapitali  va  qarz 

mablag’larining  miqdori  va  tarkibidagi  o’zgarishlarni  keltirib  chiqaruvchi  faoliyat.

   

Hisob  ciyosati  –  bu  xo’jalik  sub’ekti  tomonidan  moliyaviy  hisobotlarni 

tayyorlashda  va  taqdim  etishda  qo’llaniladigan  muayyan  tamoyillar,  usullar,  odatlar, 

qoidalar va amaliyotlardir. 

 Buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarish    -  aktivlar  va 

majburiyatlarning  joriy  holatini  hamda  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan,  kelgusida 

kutilayotgan  manfaat  va  majburiyatlarni  baholash  natijasida,  aktiv  yoki 

majburiyatning  balans  qiymatini,  yoki  aktivdan  davriy  foydalanish  summasini 

tuzatishdir.  Buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarishlar  yangi 

ma’lumotlar  olinishi  yoki  yangi  hodisalar  ro’y  berishi  natijasida  yuzaga  keladi,  va, 

shu sababdan, xatolarni tuzatish bo’lib hisoblanmaydi. 

Oldingi davr xatolari xo’jalik sub’ektining bir yoki undan ortiq oldingi davrlari 

uchun  moliyaviy hisobotlaridagi buzilishlar va tushirib qoldirishlardir; ular ishonchli 

axborotdan  foydalanmaslik  yoki  noto’g’ri  foydalanish  natijasida  yuzaga  keladi  va 

ushbu axborot: 

(a)mazkur  davrlar  uchun  moliyaviy  hisobotlar  chiqarilishi  ruxsat  etilganida 

mavjud bo’lgan; va 

(b)mazkur  moliyaviy  hisobotlarni  tayyorlash  va  taqdim  etish  chog’ida  olinishi 

va  hisobga  olinishi  oqilona  ravishda  kutilishi  mumkin  bo’lgan  axborotdir.Bunday 

xatolar  matematik  yanglishishlar,  hisob  siyosatini  qo’llashda  yo’l  qo’yilgan  xatolar, 

e’tiborsizlik  yoki  faktlarni  noto’g’ri  talqin  etish  oqibatlarini  hamda  firibgarlikni  o’z 

ichiga oladi. 

Restrospektiv  qo’llash  -  yangi  hisob  siyosatini  operatsiyalar,  boshqa  hodisalar 

va  vaziyatlarga  nisbatan  ushbu  siyosat  oldin  ham  har  doim  qo’llanilganidek  tarzda 

qo’llash. 

Retrospektiv  qayta  hisoblash  -  moliyaviy  hisobotlardagi  elementlar 

summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga 

hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish. 

Hisobot  davridan  keyingi  hodisalar  -  hisobot  davri  tugagan  sana  bilan 

moliyaviy  hisobotlarni  e’lon  qilish  uchun  tasdiqlash  sanasi  o’rtasidagi  oraliqda 

yuzaga kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir. Hodisalar ikki xil bo’la oladi: 

(a) 


hisobot 

davrining 

oxirida 

mavjud 


bo’lgan 

shart-sharoitlarni 

tasdiqlaydigan  hodisalar  (tuzatishlar  kiritilishini  talab  etadigan  hisobot  davridan 

keyingi hodisalar); va 

(b)   hisobot  davridan  keyin  yuzaga  kelgan  shart-sharoitlarni  ko’rsatadigan 

hodisalar    (tuzatishlar  kiritilishini  talab  etmaydigan  hisobot  davridan  keyingi 

hodisalar). 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə