Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

3- misol. 

Kompaniya  1  yanvar  2011  yilda  ishlab  chiqarish  kompleksini  qurish  uchun 

bankdan maqsadli kredit oldi. Kompaniya 1 fevral 2011 yilda materiallarni sotib oldi. 

1  mart    2011  yilda  kompaniya  qurilish  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  texnik  va 

ma’muriy ishlarni o’tkazdi. 1 aprel 2011 yilda qurilish boshlandi. 

Kapitalizatsiyani boshlash muddati 1 mart 2011 yil. 

Tashkilot  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarning  kapitalizatsiyasini  u  ma’lum 

talablarga  javob  beradigan    aktivni  faol  takomillashtirishni  to’xtatgan  o’zaytirilgan 

davrlar mobaynida to’xtatishi lozim. 

Tashkilot aktivni ko’zlangan  foydalanish  yoki sotish uchun tayyorlashda zarur 

choralarni  to’xtatgan  o’zaytirilgan  davr  mobaynida  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni 

amalga  oshirishi  mumkin.  Bunday  xarajatlar  qisman  tugallangan  aktivlarga  egalik 

qilish  bilan  bog’liq  xarajatlar  bo’lib,  kapitalizatsiya  qilish  uchun  talablarga  javob 



 

 

97 



 

bermaydi.  Biroq,  tashkilot  odatda  u  ahamiyatli  texnik  va  ma’muriy  ishlarni  amalga 

oshirayotgan  davr  mobaynida  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni  kapitalizatsiya  qilishni 

to’xtatmaydi.  Tashkilot  vaqtinchalik  bekor  to’xtab  turish  aktivni  ko’zlangan 

foydalanish  yoki sotish  uchun  tayyorlash  jarayonining zaruriy qismi  bo’lganida  ham 

qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni  kapitalizatsiya  qilishni  to’xtatmaydi.  Masalan, 

kapitalizatsiya yuqori suv sathlari ko’prik qurilishini kechiktiradigan davr mobaynida 

davom  etadi,  agarda  bunday  yuqori  suv  sathlari  tegishli  geografik  hududda  qurilish 

davri mobaynida odatiy holat bo’lsa. 

Tashkilot  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivni  ko’zlangan  foydalanish 

yoki  sotish  uchun  tayyorlashda  zarur  bo’lgan  choralarning  deyarli  barchasi  tugagan 

paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini tugatishi lozim. 

Aktiv  odatda  ko’zlangan  foydalanish  yoki  sotish  uchun  tayyor  bo’ladi, 

qachonki  aktivning  jismoniy  barpo  etilishi  odatiy  ma’muriy  ish  hanuz  davom  etishi 

mumkinligiga  qaramasdan  tugallangan  bo’lsa.  Agarda  amalda  faqat  kichik 

o’zgartirishlar,  masalan  mulkni  xaridor  yoki  foydalanuvching  xususiy  talablariga 

qarab bezatish, qolgan bo’lsa, bu deyarli barcha ishlar tugallanganligini ko’rsatadi. 

Qachonki  tashkilot  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivning  qurilishini 

qismlarda tugatsa va har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda 

foydalanishga  yaroqli  bo’lsa,  tashkilot  ushbu  qismni  ko’zlangan  foydalanish  yoki 

sotish  uchun  tayyorlashda  zarur  bo’lgan  choralarning  deyarli  barchasini  tugatgan 

paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini to’xtatishi lozim. 

Har  biridan  alohida  foydalanish  mumkin  bo’lgan  bir  qator  binolarni  qamrab 

oladigan  biznes-markaz  -  har  bir  qism  boshqa  qismlarda  qurilish  davom  etayotgan 

paytda  foydalanishga  yaroqli  bo’lgan  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivga 

misol  bo’ladi.  Biror  qismidan  foydalanish  mumkin  bo’lishidan  oldin  tugallanishi 

zarur  bo’lgan  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivga,  masalan  metallurgiya 

kombinati kabi, aynan bir joyda turli qismlari ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bir 

necha  jarayonlarni  qamrab  oladigan  sanoat  korxonasini  misol  sifatida  keltirish 

mumkin. 


Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim: 

(a) 


davr  mobaynida  kapitalizatsiya  qilingan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar  

qiymatini; va 

(b) 

kapitalizatsiya  qilinadigan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    qiymatini 



aniqlashda foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasini. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə