Standartlashtirish asoslari


Maxsus texnik reglamentlarning tasdiklash tartibi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Standartlashtirish asoslari

3. Maxsus texnik reglamentlarning tasdiklash tartibi
Ekspert kengash, ekspert komissiya tomonidan ekspertiza utkazilishi uchun texnik reglament loyixalarini Uzstandart Agentligiga, Soglikni Saklash Vazirligiga, Davlat arxitektura va kurilish kumitasi, Davlat tabiatni muxofaza kilish kumitasiga takdim etadi.
Ekspert komissiyasining ijobiy javobidan sung Uzstandart Agentligiga, Soglikni Saklash Vazirligiga, Davlat arxitektura va kurilish kumitasi, Davlat tabiat kumitasi texnik reglamentlarni tasdiklaydi yoki uni tasdiklanishi maksadida mos xolda davlat boshkaruvi idoralariga yuboriladi.
Xujalik boshkaruv idoralarining ekspert kengashi tomonidan ishlab chikilgan texnik reglamntlar Uzstandart agentligi tomonidan tasdiklanadi.
Texnik reglamentlar texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi davlat idoralarining karorlari bilan tasdiklanadi.
Kamchilik aniklanganida texnik reglament loyixasi ekspert komissiyasi xulosasi bilan birgalikda reglamentni tugrilash uchun reglament ishlab chikuvchiga kaytariladi.
Tasdiklangan texnik reglamentlar, ulardagi uzgartirishlar yoki kushimchalar, shuningdek tashkiliy – nazorat xujjatlar, tasdiklangan zaxoti belgilangan xolda davlat fondini jamlash uchun yuboriladi.

Nazorat savollari





  1. Texnik reglamentlar qaysi me’yoriy hujjat asosida ishlab chiqiladi?

  2. Texnik reglamentlarni ishlab chikish tartibi ko‘rsating.

  3. Umumiy texnik reglamentlarni tasdiklash tartibi qanday olib boriladi.

  4. Maxsus texnik reglamentlarning tasdiklash tartibi.

  5. Texnik reglamentlarni belgilanish tartibini ko‘r


3-AMALIY MASHG‘ULOT. 1-QISM


TA’LIM SOHASIDA STANDARTLASHTIRISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI.

14.1. O‘zbekiston Respublikasining“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun taxlili


“Ta’lim to‘g‘risida” Qonunda (1997 y.) ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida “Davlat standartlari doirasida ta’limning hamma uchun ochiqligi” ko‘rsatilgan.
Qonunga muvofiq Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga berilgan. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatlangan davlat idoralari davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlashlari lozim.
Ta’limning barcha turlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga asosan Milliy dasturda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasi 05.01.1998 y. № 5 “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan. Bu qarorga ko‘ra “Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan va ta’limning xos turlari bo‘yicha standartlarning loyihalarini huquqiy va texnik ekspertiza qilish bo‘yicha ekspertlar guruhi tuzilgan.
Qarorda ta’limning xos turlari uchun standartlarni bosqichma-bosqich kiritish muddatlari tasdiqlangan.
Nizomga muvofiq standartlar ta’limning quyidagi turlari uchun o‘rnatiladi:
– umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim;
– o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim (akademik litseylar, kasb kollejlari);
– oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura).
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvi vakolatli idoralari tomonidan belgilanadigan davlat talablari o‘rnatiladi.
Nizomga asosan standartlashtirishning quyidagi ob’ektlari belgilangan
– ta’lim fanlari va predmetlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv yuklamasining hajmi, o‘quvchilarning va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;
– talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, o‘qitishmetodlari va vositalari, shuningdek ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va toifalar;
– o‘quvchilarning bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash, bitiruvchilarning sifatini, pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlarning ta’lim faoliyatini tekshirish-aniqlash protseduralari.
Nizomda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning quyidagi tartibi belgilangan:
– davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tanlov shartlari yoki ta’limni boshqaruv vakolatli idoralari e’lon qiladigan innovatsion loyihalar asosida amalga oshiriladi;
– Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi standartning loyihasini ekspertiza qiladi va eksperimental tekshiruvni o‘tkazadi;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining hulosasiga ko‘ra davlat ta’lim standartini va unga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə