Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Standartlashtirish asoslari

O‘rta maxsus ta’lim
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur”, “Standartlashtirish to‘g‘risida” qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining 5 yanvar 1998 y. №5 “Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”, 13 may 1998 y. № 204 “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus ta’lim tizimini tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlarini bajarish va ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlash maqsadlarida O‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasbiy ta’lim (O‘MKT) sohasida O‘zbekiston davlat standarti O’z DSt 983:2000 “O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi. O‘rta maxsus, kasbiy ta’lim” asos bo‘luvchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Umumuy o‘rta ta’limga asoslangan, o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil ta’lim turidir. O‘rta, kasbiy ta’lim yo‘nalishi – akademik litsey va kasbiy kollej o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Standartda O‘zbekistonda o‘rta maxsus va kasbiy ta’limning asosiy maqsadlari va vazifalari, tushunchalar, ishlarni tashkillashtirish, me’yoriy hujjatlarning darajasi va ularni tuzish tartibi, ta’limni standartlashtirish tizimida o‘rnatilgan talablarni tekshirish va nazorat qilish belgilangan.
O‘zbekistonda o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim standartlarining me’yoriy-huquqiy asosi ta’lim bo‘yicha qonunlar va O‘z SDT dan iborat.
O‘rta maxsus va kasbiy ta’limning tarmoq standarti ta’lim sifatining, o‘quv yuklamasi xajmining, maqsadlar va malakaviy talablarga mos keluvchi, kasbiy tasniflagich asosida tayyorlash yo‘nalishi va kasbiy tayyorlash eng kam majburiy mazmunini ta’minlovchi me’yoriy hujjat sifatida belgilangan.
O‘MKT standartlarini joriy etish asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
– O‘MKT sifatining mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga va demokratik o‘zgarishlarga muvofiqligini ta’minlash;
– jamiyatning ehtiyojlarini va fan-texnika yutuqlarini hisobga oluvchi kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
– kadrlar tayyorlash tartibi va jarayonini baholash asoslarini aniqlash
– O‘MKT tizimida kadrlar tayyorlash uzluksizligini va navbatini ta’minlash;
– raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
O‘MKT standartlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
– O‘MKT tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlariga va ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash;
– O‘MKT tizimida bilimlarni va malaka darajasini baholashga talablarni o‘z ichiga olgan me’yoriy asosni yaratish;
– o‘quvchilarni xalq an’analari va insoniy fazilatlar asosida odob-axloqli tarbiyalash shakllari va usullarini joriy etish;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali birga olib borilishi (integratsiyasi) ni ta’minlash;
O‘MKT da standartlashtirishning eng muhim tomonlari quyidagilar:
– ta’limning uzluksizligi va navbati;
– ijtimoiy-iqdisodiy rivojlanish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari, jamiyat talablarini hisobga olish;
– ta’lim, fan va ishlab chiqarishning birliligi;
– matnlarni ifodalash birliligi va aniqligi;
– zamonaviy fan, texnika va texnologiya sohasidagi tajriba va yutuqlarga muvofiqligi;
– O‘MKT maqsadlari va vazifalariga erishish.
O‘MKT tizimida standartlashtirishni tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, metodik rahbarlik qilish ta’limni boshqaruv bo‘yicha davlat idoralariga yuklatilgan. O‘MKT tizimidagi ta’lim standartlari uch yil davomida olib borilgan pedagogik tajriba natijalari bo‘yicha tasdiqlanishi lozim.
O‘MKT standartlariga o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda kiritiladi.
O‘MKT tizimidagi davlat va tarmoq standartlarining talablariga rioya qilinishi vakolatli idora tomonidan tekshiriladi. Bunda o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimi, o‘quv rejalari va dasturlari, o‘qitishning pedagogik texnologiyalari baholanadi. Belgilangan talablarga rioya qilinishi uchun mas’ullik o‘quv yurtining rahbariyatiga yuklatildi.
O‘MKT sifatini tekshirish ichki, joriy, oraliq, yakuniy, tashqi, davlat-jamoa tekshiruvi va yakuniy davlat attestatlashi ko‘rinishida olib boriladi.
O’z DSt 983:2000 da O‘MKT o‘quv yurtini bitiruvchilarga talablar o‘rnatilgan. Bunday talablarga bilimlarni va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani, bilim-ko‘nikmalarni amaliyotga joriy eta bilishi, jismoniy va kasbiy rivojlana olishi kiradi. SHuningdek, O‘MKT da kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklar umumdavlat tasniflagichlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar ham o‘rnatilgan. Umumiy o‘rta ta’lim
O‘qish muddati 9 yil 1-9 maktab sinflari bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim majburiy hisoblanadi. Bu ta’lim ikki bosqichdan – boshlang‘ich (1-4 sinflar) va o‘rta (5-9 sinflar) umumiy ta’limdan iborat bo‘lib, fan asoslari bo‘yicha muntazam bilimlar olishni ta’minlaydi, bilim olishga ehtiyojini rivojlantiradi, tayanch o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy fazilatlar asosida ma’naviy-axloqiy sifatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlashini, atrof dunyoga va kasb tanlashga ongli munosabatini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim tugallangandan keyin ta’lim fanlari va bular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan davlat shaklidagi attestat beriladi.
YAngi tuzilmani shakllantirish va umumiy o‘rta ta’limni olib borish uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish talab etildi. Standartlar maktabning 1-9 sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’limni, akademik litseylarda va kasbiy kollejlarda, navbatdagi ta’lim dasturlari bilan mantiqiy aloqani hisobga olgan holda ta’minlaydi.
“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur” larni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may 1998 y. № 203 “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkillashtirish to‘g‘risida” qarorini bajarish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va 1998-1999 o‘quv yilida o‘quv yurtlarida sinab ko‘rildi.
Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ta’lim to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta’lim maqsadi sifatida o‘quvchilarni davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash va shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish belgilangan. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga zarur hajmdagi bilimlarni beradi, ularda tashkilotchilik qobiliyatlarni va amaliy tajribani rivojlantiradi, birinchi boshlang‘ich kasbiy yo‘nalishga va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashiga ko‘maklashadi.
Boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar) o‘qish, yozish, hisoblashni, o‘zini-o‘zi tekshirish asosiy qobiliyatlarini va ko‘nikmalarini madaniy so‘zlashuv va axloq, shaxsiy gigiena va sog‘lom hayot tarzini o‘rgatishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar) muntazam bilimlarni olishni, keng bilim doirasini, ijodiy mustaqil fikrlashni, o‘quvchilar shaxsiyatining tiklanishini, o‘zining ijtimoiy taqdirini o‘zi belgilash qobiliyatini va qiziqish doiralarining rivojlanishini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari (UO‘TDTS) quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi:
– davlat ta’lim standarti (DTS) talablarining davlat, jamiyat va shaxsiyat ehtiyojlariga muvofiqligi;
– o‘quv dasturlari mazmunining jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va fan va texnikadagi taraqqiyot bilan o‘zaro bog‘liqlik;
– umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim darajalari bilan uzluksizligi;
– ta’lim mazmunining respublikaning barcha hududlarida birliligi va butunligi;
– umumiy o‘rta talimning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini aniqlashda innovatsion texnologiyalarga asoslanish;
– ta’lim bo‘yicha qonunlar zamonaviy talablarining va pedagogikadagi an’anaviy qarashlarning birliligi;
– xorijiy demokratik davlatlarning ta’lim sohasida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda me’yorlarni o‘rnatish ilg‘or tajribasidan foydalanish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohasidagi davlat me’yoriy hujjati deb hisoblanadi. Tayanch o‘quv rejalari o‘quvchilarga o‘quv predmetining mazmunini berish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining eng kam hajmini aks ettiradi va standartlarga muvofiq har bir muayyan sinfda o‘quv predmeti bo‘yicha ta’lim mazmunini aniqlash uchun asos bo‘ladi.
Standartlar o‘quvchilarning barcha umumta’lim predmetlar (ona tili, adabiyot, fizika, matematika, kimyo, tarix, jo‘g‘rofiya va boshqalar) bo‘yicha tayyorgarlik darajalariga majburiy eng kam talablarni o‘z ichiga oladi. Bunda talablar umumiy o‘rta ta’limning ikki bosqichiga - 1-4 sinflar va 5-9 sinflarga alohida-alohida o‘rnatilgan.
Masalan, 1-4 sinflar uchun “Ona tili va o‘qish” predmetidan quyidagi talablar o‘rnatilgan:
a) o‘qish mahorati bo‘yicha – bir minutda 80-90 ta so‘z o‘qish, bunda quyidagilarga rioya qilish zarur:
– harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish;
– so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish;
– so‘zlarning talaffuz etilishiga e’tiborni qaratgan holda tiniq va ifodali o‘qish;
– urg‘u qoidalariga rioya qilish;
– ilmiy atamalar va belgilarni to‘g‘ri talaffuz etish;
b) matnni o‘zlashtirish va boshqalarini bayon etish - 10 minut ichida 4-5 bet matnni o‘qib, mazmunini so‘zlab berish, bunda quyidagilarga rioya qilinadi:
– nutq to‘g‘ri, tekis, aniq, ta’sirchan bo‘lishi lozim;
– monologlarning tekisligiga rioya qilinadi;
– dialoglarning ta’sirchanligi, mantiqiyligi uzluksizligi.
v) 70-80so‘zdan iborat diktant yozish ko‘nikmasi talab etiladi.
g) o‘z fikrini bayon eta olish – 5-6 jumladan iborat matn yozish.
O‘quvchilarning bilim sifatini tekshirishni va o‘qitish natijalarining DTS ga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi tekshiruv: joriy tekshiruv, oraliq tekshiruv, bosqich tekshiruvi, yakuniy tekshiruv protseduralari ko‘zda tutilgan.
Sinov-nazorat savollari

  1. O‘zbekiston Respublikasining“ta’lim to‘g‘risida”gi qonun taxlili

  2. “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur” larni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may 1998 y. № 203 “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkillashtirish to‘g‘risida” qarori taxlili.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə