Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Oliy ta’lim. O‘zbekiston oliy maktab tizimi tarkibiga 58 ta oliy o‘quv yurtlari, shu jumladan 16 universitet va 170 ning talaba o‘qiydigan 42 ta institut kiradi. Oliy o‘quv yurtlarida 18,5 ming o‘qituvchilar ishlaydi, bularningyarmidan ko‘prog‘i doktor va fan nomzodlari.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunining bajarilishini huquqiy jihatdan ta’minlash Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2001 y. №343 qarori bilan quyidagi standartlar tasdiqlandi va joriy etildi:
O’zDSt 1006:2001 O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zbekiston uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlari. Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Asosiy nizomlar;
O’zDSt 1007-2001 O‘zbekiston davlat standarti. O‘zbekiston uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartleri . Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yunalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichi.
O’z DSt 1006:2001 da oliy ta’lim to‘g‘risida asosiy tushunchalar (o‘qitish me’yoriy muddatlari, kasbiy ta’lim dasturi, ta’lim fanlari bloki, yakuniy davlat attestatlashi), bakalavriat va magistraturadan tashkil topgan oliy ta’lim tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarining mazmuniga talablar, talabalarning tayyorlik darajalariga talablar va bitiruvchilarga malakaviy talablar, o‘quv yuklamasining hajmiga talablar, kadrlarni tayyorlash sifatini baholash tartibi va oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash tartibi keltirilgan. Standart xos me’yoriy hujjatlarni tuzishda asos bo‘ladi.
Standart oliy ta’limni oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan, uzluksiz ta’limning mustaqil turi deb belgilaydi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga ajratilgan: bakalavriat va magistratura. Bakalavr va magistr akademik darajalari oliy ta’limning xos darajasi dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladi. Oliy ta’limning birinchi bosqichi sifatida bakalavriatura uchun o‘qish muddati kamida 4 yil, magistratura uchun esa kamida 2 yil belgilangan.
Bakalavriaturada ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligini va umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim bilan uyg‘unlashgan davomi ekanligini va fanlarning quyidagi majburiy bloklarini talabalar tomonidan o‘zlaltirilishini hisobga olishi lozim:
– gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;
– matematik va tabiiy-ilmiy fanlar;
umumkasbiy fanlar;
– maxsus fanlar;
– qo‘shimcha fanlar.
Magistraturaning ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligini va bakalavriat ta’lim dasturlarining davomi ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va fanlarning quyidagi majburiy bloklarini talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini nazarda tutishi lozim:
– umummetodologik fanlar;
mutaxassislik fanlari;
– ilmiy faoliyat.
Magistratura ta’lim dasturlari, shuningdek mustaqil ta’limni va talabalarning tanlov fanlarini, yakuniy davlat attestatlashini nazarda tutishi lozim.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, oliy ma’lumotli shaxslar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni magistraturada davom ettirishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasbiy ta’lim olishga tayyorlanadi.
Magistr mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va boshqaruv faoliyatiga, aspiranturada ta’lim olishga va qayta tayyorlash, malaka oshirish tizimida o‘qishga tayyorlangan bo‘lishi lozim.
O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlarni o‘z tarkibiga olgan holda, bakalavr va magistrlar uchun haftasiga 54 soat, kunduzgi o‘qitish shaklida auditoriya darslarining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat hajmda o‘rnatilishi lozim.
O’z DSt 1006:2001 da bakalavriatura va magistraturada o‘qitish me’yoriy muddatlari va o‘quv vaqti umumiy hajmining taqsimoti o‘rnatilgan.
Bakalavriatura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash sifatini tekshirish o‘z tarkibiga ichki, yakuniy davlat, jamoa-davlat va tashqi tekshiruvlarni olishi lozim.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklari tasniflagichida birinchi raqam mutaxassislik kodini, ikkinchi raqam yo‘nalish kodini, uchinchi raqam – ta’lim sohasi kodini, to‘rtinchi va beshinchi raqamlar – bilim sohasi kodini, oxirgi raqamlar ta’lim dasturlari darajasining kodini ifodalaydi. Masalan, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” ta’lim yo‘nalishi 5521600 kodi bilan ifodalangan.
14.2. “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur” larni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may 1998 y. № 203 “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkillashtirish to‘g‘risida” qarori

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə