Statistik xisobot



Yüklə 7,02 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,02 Kb.
#167332
STATISTIK XISOBOT


STATISTIK XISOBOT
Mamlakatimizda har bir sohada isloxotlarni amalga oshirilayotganligi, zamonaviy texnologiyalar va ish yuritish tizimining ilg‘or usullaridan foydalanilayotganligi ham jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda.
Davlat statistika tizimida ham hisobot taqdim etuvchi yuridik shaxslar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida oson va qulay bo‘lgan, onlayn rejimda ishlovchi elektron ko‘rinishda avtomatlashtirilgan eStat 4.0 tizimi yangi tahrirda ishlab chiqilib foydalanish uchun joriy etildi.
Davlat statistika qo‘mitasining 16.07.2021 yilda “Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi
Statistika hisobotini elektron shaklda yig‘ish tizimi bu statistika hisobotlarni Internet orqali elektron shaklda taqdim etish va qayta ishlashni ta’minlovchi axborot tizimidir.
 Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish;

  • statistika hisobotini taqdim etishda elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi.

Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish uchun respondent:

  • Davstatqo‘mning elektron interaktiv xizmatlar portali (stat.uz) orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga kiradi;

  • tegishli statistika hisoboti shaklini taqdim etish davriyligi va belgilangan muddatidan kechiktirmay elektron statistika hisobotini shakllantiradi va Davstatqo‘mga axborot tizimi orqali jo‘natadi.

Elektron shakldagi statistika hisobotini qabul qiluvchi statistika organlari xodimlari ularning o‘z vaqtida qayta ishlanishi va olingan ma’lumotlar mahfiyligini ta’minlagan holda ulardan kelgusida faqat statistika maqsadlarida foydalanilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Estat 4.0 onlayn tizimi oldingi tizimlardan bir qancha qulayliklarga ega, jumladan shaxsiy kabinet orqali statistika hisobotlarini yuborishda ilgarigidek hech qanday qo‘shimcha komponent programmalar o‘rnatilgan bo‘lishi shart emas, taqdim etilgan hisobotlar to‘liq saqlab boriladi, bundan tashqari istalgan joydan shaxsiy kabinetga kirib hisobot yuborish imkoniyati mavjud.
Boysun tuman statistika bo‘limi tomonidan davlat statistika xisoboti ma’lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, xisobotlarni to‘liq va o‘z muddatida qabul qilib olinishini ta’minlash maqsadida xisobot taqdim sub’ektlar uchun seminarlar tashkil etib borilmoqda.
Yüklə 7,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə