Strategik marketing


-rasm. Marketingning ikki qiyofasi



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

1.1.-rasm. Marketingning ikki qiyofasi 
1. Birinchi yo‘nalish - iste’molchilarning hal qiluvchi guruhlari ehtiyojlari va 
talablarini muntazam va doimiy tahlil qilib borish, shuningdek, kompaniyaga tanlab 
olingan xaridorlar guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat 
ko‘rsatishga imkon beruvchi va shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchiga raqobatchilikdagi 
barqaror ustunlikni ta’minlovchi samarali tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab 
chiqishdan iborat. 
2.
 
Ikkinchi yo‘nalish esa potensial xaridorlarni xabardor qilish va xaridorlarni 
izlash xarajatlari kamayganda tovarning o‘ziga xos sifatlarini namoyish qilish 
maqsadida savdoni va kommunikasiyalar siyosatini tashkil qilishdan iborat.
Operasion marketingning roli shulardan iborat. 
Bu ikki yondashuv bir-birini to‘ldiradi va 
firmaning marketing siyosati 
doirasida o‘zining muayyan ifodasini topadi. Bu o‘rinda 
J.J. Lamben
marketingga 
quyidagicha ta’rif beradi: 
“Marketing - bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak - 
xohishlarini xaridor uchun qiymatli bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni erkin 


18 
raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”.
1
 
Bu ta’rifda e’tibor uch asosiy tushuncha - ehtiyoj, tovar va ayriboshlashga 
qaratiladi. 
Ehtiyoj
tushunchasi xaridorning xulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni 
sotib olishga undagan sababni ifodalaydi; 
tovar 
konsepsiyasi harakat usullari, ishlab 
chiqarish va ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog‘liq;
ayirboshlash
e’tiborni bozorga hamda talab va taklifning o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi 
mexanizmlarga jalb qiladi. 
 
1.2. Kompaniyada marketingning roli 
“Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini 
beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to‘la ochib bera olmaydi 
va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko‘ra ko‘proq 
urg‘u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operasion” 
marketing atamalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə