Strategik marketing


 –BOB. KORXONADA MARKETINGNING ROLI



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

1 –BOB. KORXONADA MARKETINGNING ROLI
 
 
1.1. Marketingning g‘oyaviy asoslari 
 
Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U 
harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyoti aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur 
bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. 
“Marketing” so‘zi keng tarqalgan bo‘lsa-da, asosan quyidagi uch jihatning 
birida keng ishlatiladi. Marketing - bu reklama, sotishni rag‘batlantirish va 
xaridorga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni boshqacha qilib aytganda, mavjud bozorlarni egallab 
olish uchun foydalaniladigan savdoning o‘ta muhim vositalari majmuasidir. 
Marketing, avvalo, eng merkantilistik ma’noda, asosan, ommaviy iste’molchilar
bozorida ko‘proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar 
kabi sektorlarda esa kamroq qo‘llaniladi. 
Marketing - faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to‘g‘ri keladigan 
bozorni tahlil qilish
(sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitasion modellari 
va tadqiqotlari kabi) 
vositalari 
majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil 
qilishga istiqbolli va ilmiy yondoshuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Marketing – bu
iste’mol jamiyatining arxitektoridir
, ya’ni bu sotuvchilar 
iste’molchilarni tijorat yo‘li bilan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora 
ko‘proq tovar sotish uchun muttasil yangi ehtiyojlarni yaratib borish lozim. Bunda 
xuddi ishchilar ish beruvchidan ajratib qo‘yilgani singari, xaridorlar sotuvchidan 
ajratib qo‘yiladi. 
Bu - o‘ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch 
jihati yotadi: 
faol jihat
(bozorga kirib borish), 
tahliliy jihat
(bozorlarni tushunish) va 
g‘oyaviy jihat
(fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni 
marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operasion marketing) 
tendensiyasi ko‘p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) etarlicha 
baho berilmaydi. 
Marketingga bunday qarash - marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular 


15 
bozorni qudratli kommunikasiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga 
majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari 
ko‘pincha xaridorlarning aniq ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga 
oshirishga qaratiladi. SHuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va 
marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. 
Marketing 
strategiyasi 
firma 
imkoniyatlarini 
bozordagi 
holatga 
muvofiqlashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini 
belgilashdan iborat. Amerikalik etuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, strategiya 
deb, o‘z mohiyati jihatidan tashkilotning o‘z faoliyatida qaror qabul qilish jarayonida 
qo‘llash uchun mavjud bo‘lgan qoidalar majmuiga aytiladi. 
Strategiya - bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Strategiya aniq sharoitda va o‘zgarishlar ta’sirida 
oydinlashtirilib, orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda
tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik 
siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi - taktika tarzida ushbu 
strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o‘zaro 
bir-biri bilan besh asosiy jihat - bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va 
muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan 
iborat. Bu holda 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə