Strategik marketing


  Personal communication ............................................................ 186  10.3



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

10.2. 
Personal communication ............................................................ 186 
10.3. 
Process of advertising communication ...................................... 188 
 
Questions for control and discussion.......................................... 192 
 
CHAPTER 11. PLAN OF STRATEGIC MARKETING ............................... 193 
11.1. 
Justification of the role of strategic planning .............................
 
193 
11.2. 
Content of strategic planning process in marketing ................... 198 


11 
 
11.3. 
Choice of goals and strategic orientation ................................... 201 
 
Questions for control and discussion.......................................... 203 
 
 
TESTS ....................................................................................... 204 
 
 
 
GLOSSARY............................................................................... 223 
 
 
 
REFERENCES ......................................................................... 229 


12 
KIRISH 
Bugungi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan 
muammolarni zamonaviy marketing tizimini samarali tashkil etish orqali echish 
vazifasi turibdi. Marketing tizimi korxonalarni bozorda iqtisodiy maqsadlarga 
erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. 
Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida tartibga solishning bugungi bosqichida 
to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish 
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
korxonaning faoliyati bozorni o‘rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqargan 
mahsulotlarining reklamasini uyushtirish, tovarni to iste’molchi qo‘liga etib borgunga 
qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda qatnashishdan iborat bo‘ladi. 
Hozirga kelib respublikamizdagi marketing faoliyati ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni sotish bilan cheklanmagan holda iste’molchilarning ehtiyoj va 
talablarini jiddiy o‘rganish va tezkor moslashishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. 
Iste’molchilarning tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish marketing va bozor 
iqtisodiyotining o‘zagidir. Marketing, bir tomondan, bozorni, talab, didlar va 
ehtiyojlarni mukammal va har taraflama o‘rganishni; ishlab chiqarishni talabga
yo‘naltirishni; boshqa tomondan, bozorga mavjud talabni, ehtiyojlarni va 
iste’molchilar ustunliklarning shakllanishiga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi. 
Marketing strategiyasi – korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni 
tanlash, rejalarni ishlab chiqish, marketing chora – tadbirlarini amalga oshirish va 
ularni ruyobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir. 
Har qanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi uchun o‘zi marketing 
strategiyasini tanlab olishi lozim. Bunda korxonaning imkoniyatlari bozor talablariga 
muvofiqlashtirilib, marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolini 
belgilash, tovar va iste’molchilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini ham tayyor 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, ularning eksport hajmini oshirishga 
qaratilganligi ham ushbu fikrlarni tasdiqlaydi. Respublikamizda ishlab chiqarish 
korxonalarida raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish bugungi kunda muhim 


13 
ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqida davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi 
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
ta’kidlanishicha, “...iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma–
bosqich kamaytirish”
1
raqobatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Firma tomonidan eng avval qabul qilinadigan strategik qarorlardan biri - 
raqobatli kurash olib bormoqchi bo‘lgan bozorni tanlab olishdir. Asosiy bozorni 
tanlash bozor ehtiyojlari va xulq-atvori yoki asos-daliliy tavsiflari o‘xshash bo‘lgan 
iste’molchilardan tashkil topgan tarkibiy qismlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bu 
tarkibiy qismlar firma uchun qulay marketing imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Bu 
o‘rinda segmentlash jarayoni firma uchun strategik ahamiyatga egadir, chunki uning 
natijasida 
firmaning 
faoliyat 
ko‘rsatish sohasi va tanlangan bozorlarda 
muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillari ham aniqlanadi. 
Mazkur darslikda strategik marketing – tahlil jarayoni sifatida korxonada 
marketingni roli, marketing va ehtiyojlarni qondirlishi, bozor segmentatsiyasi 
vositada ehtiyojlar tahlili, firmaning raqobatbardoshligi tahlili, marketing 
strategiyasini tanlash kabi mavzular berilgan bo‘lsa, operatsion marketing – faol 
jarayon sifatida yangi tovar ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, narxni tashkil etish, 
sotish va kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar, strategik marketing rejasi 
kabi mavzular o‘z ifodasini topgan. 
Darslik “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 
talabalari, magistrlari, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari
marketing sohasi bo‘yicha keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


14 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə