Strategik marketing



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Marketing harajatlari
- tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab 
chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing harajatlarining 
asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv harajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, 
amortizasion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ 
siyosat, savdo va distribyutiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar. 
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi
- 1) marketing 
chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan 


226 
barcha harajatlar mikdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) 
samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‘lchanadi. 
Marketingni rejalashtirish
- marketing rejasini to‘zish, tovarlarni sotish 
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing 
strategiyaisini tanlash bilan bog‘liq jarayon. 
Motivasiya -
1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda 
individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish 
jarayoni; 2) haridorning harid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga 
ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar. 
Narx 
- 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega 
bo‘lish uchun tulashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul 
qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi
marketing-miksning samarali vositasi. 
Narx hosil bo‘lishi usullari
- mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda 
qo‘llanuvchi usullar. Harajatlarga asoslangan, haridorlar liniyasiga asoslangan va 
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. 
Narx siyosati
- narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va 
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish harajatlari va bozor 
kon’yunkturasiga mos keluvchi, haridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani 
keltiruvchi narx belgilash san’ati. 
Urov (upakovka)
- 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar 
ishlab chiqarilgandan sung uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda 
qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai. 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə