Strategik marketing



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Kommunikativ siyosat
- 1) korxonaning istiqboldagi harakatlar kursi hamda 
talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida 
tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish bo‘yicha samarali va barqaror faoliyatni 
ta’minlovchi marketing tizimining barcha subektlari bilan o‘zaro harakatlarni tashkil 
etish va kommunikativ vositalar (kommunikativ miks) majmuasidan foydalanish 
strategiyasining mavjudli. 2) rag‘batlantirish majmuasini ishlab chiqish, ya’ni biznes 
- hamkorliklarning o‘zaro aloqalari samarali bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha, tadbirlar, 
reklamani tashkil etish, savdoni rag‘batlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va 
shu kabilar. 
Konglomerat diversifikasiya
- firma assortimentini na firmada kullanayotgan 
texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga hech 
qanday aloqasi bo‘lmagan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Konsyumerizm
- iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha tashkil kilingan harakat, iste’molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy 
manfaatlarini muxofaza qilish, sifasiz tovar ishlab chiqarish g‘irrom raqobatchilikka 
va qarshi ko‘rash bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Konsentrik (markazlashtirilgan) diversifikasiya
- firma assortimentini 
mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lmagan 
mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Korporativ reklama
- aniq bir tovar markasiga emas, balki to‘liq tovarlar 
assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama. 
Makromuhit -
firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan 
mikromuhitga ta’sir kursatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar
masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar. 
Maqsadli bozor
- u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida 
tanlangan, marketing harajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma 
faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor. 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə