Surdopsixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining о‘ziga xosligi


Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining о‘ziga xosligi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə2/4
tarix24.06.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#90049
1   2   3   4
Surdopsixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining о‘ziga xosligi.
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Meningit, skarlatina, otit, gripp kasalliklarini infeksion-yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, o‘rta, tashqi quloqlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan bo‘lsa, ko‘p holatlarda karlik, o‘rta qo‘loq shikastlangan bo‘lsa eshitishning pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz tassurotlarining yuqori chastotasi ham eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga xomiladorlikni noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklar bilan og‘rishi ham muhim rol o‘ynaydi (qizamiq, grip). Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tug‘ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofiyasi, ximiyaviy zaharlanish, tug‘ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz ta’sirotlarining akustik ta’siri bo‘lishi mumkin. Eshitishning buzilishi o‘rta qo‘loqning o‘tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Eshitishning qat’iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollash) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasalliklar chaqaloqlik davrida jiddiy xavf soladi. Eshitishning pasayishiga ta’sir qiluvchi omillar orasida ototoksik preparatlar (asosan antibiotiklar tarkibidagi xinin moddasi) muhim o‘ringa egadir.
Eshitish funksiyasining buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko‘p uchraydi. L.V.Neyman7 (1958) eshitish buzilishlarining 70 %i bolaning 2-3 yosh davrlarida kuzatilishini e’tirof etadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishning pasayishi kam kuzatiladi.
Eshitishni buzilishlari yuzaga kelishida kasbiy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar oilasiga qaraganda ko‘p miqdorda kar bola tug‘iladi. Shuningdek, yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o‘rtasida katta farq ham eshitish buzilishlarining sabab bo‘lishi mumkin. Ichkilikka berilgan ota-onalar, «kesson» kasalligi (uchuvchi va suvga shung‘uvchilar), turli xromosoma kasalligi mavjud oilalarda ham eshitishda nuqsoni mavjud bolalar tug‘ilishi kuzatiladi.
Chet el va Rossiya statistik ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hozirgi kunda eshitishda nuqsoni mavjud bolalar soni oshib bormoqda. Turli mamlakatlarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlarga ko‘ra, yer yuzi aholisining 4-6%i eshitish nuqsoniga ega bo‘lib, ular jismoniy muloqotga ehtiyoj sezar ekanlar. Ularning 2% ikki tomonlama eshitish pasayishiga ega bo‘lib, so‘zlashuv nutqini 3 metrdan idrok etadi, 4 % esa bir tomonlama karlikka egadir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə