Suv sarflarini aniqlash usullari


"Экономика и социум" №9(100) 2022 www.iupr.ru



Yüklə 440,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü440,23 Kb.
#142460
1   2   3
suv-sarflarini-aniqlash-usullari

"Экономика и социум" №9(100) 2022 www.iupr.ru
 
50 
Suv sarfini bilvosita o’lchashga bir necha usullar kiradi. Ularning hammasi 
suv sarfini bevosita o’lchash emas, balki oqimning ayrim elementlarini o’lchab 
so’ngra suv sarfini hisoblashga asoslangan. Ularga quyidagi usullar kiradi: 
1.
Suv sarfini o’lchangan tezliklar va oqimning ko’ndalang kesim maydoni 
bo’yicha aniqlash.Bu usul daryo gidrometriyasida keng tarqalgan. Oqimning 
ko’ndalang kesim maydoni chuqurlik o’lchash natijalari asosida aniqlanadi. Jonli 
suv kesimining ayrim nuqtalaridagi suvning oqish tezligi esa ko’proq gidromertik 
vertushka yordamida, ayrim hollarda boshqa asboblar yoki po’kaklar yordamida 
o’lchanadi. Bu usulga suv sarfini jonli kesim maydoni va oqimining o’rtacha oqish 
tezligi Shezi formulasi bo’yicha hisoblashga asoslangan uslub ham kiradi. 
2.
Suv sarfini o’lchov qurilmalari yordamida aniqlash asosan kichik daryo 
va soylarda, nam va suv o’tkazgichlarda, kanallarda o’lchash uchun 
mo’njallangan. Bundan tashqari, bu usuldan gidrouzellar orqali oqayotgan suv 
miqdorini aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Aralashtirish usuli: oqish tezligi katta, unchalik chuqur bo’lmagan va 
murakkab o’zan relyefiga ega bo’lgan tog’ daryolarida qo’llaniladi. Suv sarfini 
o’lchangan suvninig oqish tezligi va oqimning ko’ndalang kesimi bo’yicha 
aniqlash. Bu usul qisqartirib, ’’tezlik- maydon” usuli deb ataladi. 
Suv sarflarini o’lchash usullari quyidagicha tavsiflanadi: 
1. Gidrometrik usullar. Suv sarfi modelining ayrim qismlari dala sharoitida 
o’lchanib, keyin to’liq sarf analitik, grafo-analitik va grafik usullarda hisoblanadi. 
2. Gidravlik usul. Suvning oqim tenglamasini tashkil etuvchilarini 
aniqlashga asoslangan. 
3. Gidrometrik-gidravlik usul. 
Mazkur usulning mohiyati shundaki, daryoning oqim ko`ndalang kesimi 
odatdagidek gidrometrik usulda aniqlanib, undagi tezlik esa gidravik formulalar 
yordamida hisoblanadi. Oqim jonli kesimi (ω)dan o'tayotgan suv sarfi Q (m³/s) 
oddiy tenglikdan aniqlanadi: 
Q= ωV
o`r
+ m³/s 
bu yerda: V
o`r
-oqim oʻrtacha tezligi m/s. Mo'tadil oqayotgan oqim uchun, 
quyidagi Fransuz injeneri Shezi 1775-yilda taklif etgan formulasi yordamida 
aniqlash mumkin: 
V
o`r
=C√RJ, m/s 
C-Shezi koefftsiyenti m
0.5
/s. Uni N.N.Pavlovskiy quyidagi formula bilan 
hisoblashni tavsiya qilgan: 
C =(1/n)R
y
, m
0.5
/s. 
bu yerda, gidravlik radius R≈h
o`r
/ oʻrtacha oqim chuqurligiga teng deb qabul 
qilingan
2

4. Fizik usullar. Bu usul suv tezligi turbulentlik darajasi yuqori b`lgan tog` 
daryolarining suv sarfini aniqlashda qo`llaniladi. Bunda, suvning tezligini va 
ko`ndalang kesimini o`lchash katta aniqlikka ega bo`lmaydi. Fizik usulda 
elektromagnit, ultratovush, suvga kimyoviy moddalarni aralashtiriladi. 
2
B.K.Soliyev, S.A.Azimboyev Gidrologiya va gidroemtriya Toshkent “Yangi asr avlodi” 2006 



Yüklə 440,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə