Suyak shakllari



Yüklə 43,76 Kb.
səhifə7/7
tarix20.04.2023
ölçüsü43,76 Kb.
#106424
1   2   3   4   5   6   7
O\'rinova Mahliyo 19.10 guruh pederiatriya

Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi.
Yüklə 43,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə