T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


səhifə10/188
tarix11.12.2023
ölçüsü
#144673
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188
Mutaxassislikka kirish

1.5. DAVLAT TA’LIM STANDARTI,
0 ‘QUV REJALARI VA DASTURLARI
0 ‘zbekiston Respulikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining
7-moddasida quyidagieha keltirilgan: Davlat taiim standatlari (DTS) 
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga 
hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim
21


standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta’lim 
muassasalari uchun majburiydir,
Oliy ta’limning Davlat ta'lim standartlari - ta’limning bakalavriat 
muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘yiladigan 
malaka 
talablari, 
ta’lim 
mazmuni, 
bakalavr 
yoki 
magistr 
tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash 
sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasidir. Oliy 
ta’limning DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini
kadrlar, darslik va o‘quv qo'llanmalari tayyorlash sifatini baholashni 
tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (bakalavriyat ta’lim 
yo'nalishlari va magistratura mutaxxasisliklari uchun Davlat ta’lim 
standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturi va boshqalar) 
yaratish uchun asos hisoblanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat 
ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va mehnat yutuqlari, kadrlar 
tayyorlash borasida jahon tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda 
tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Muayyan bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi 
davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
- zarvaraq (titul);
- mundarija;
-bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining 
umumiy tasnifi;
-b a k alav r yoki magistr tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan 
talablar:
- t a ’lim dasturi mazmuni va komponentlari;
- kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
0
‘qish jarayoni tashkiliy va uslubiy shakllardangina iborat bo'lib 
qolmasdan, u keng va ko'p qirralidir: o'quv rejalari, o'quv dasturlari, 
dars jadvallari, nazorat sinovlari, maslahatlar, turli xil tajriba va 
boshqa shu kabilarni ham qamrab oladi. Uning har bir boiagi o'z 
mazmuni va yo'nalishiga egadir.
->?


Hozirgi vaqtda oliy ta’lim oldida shakl va mazmunni birga 
qo‘shib borishning samarali yoilarini izlab topish va uni o‘qish 
jarayoniga joriy qilish vazifasi turibdi. Ana shunday imkoniyatlardan 
biri o‘qitish jarayonini ilmiy asosda tashkil etishdan iborat bo'lib, u 
g‘oyaviy jihatdan mustahkam fikr yurita oladigan yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlab yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
0
‘quv rejasi davlat hujjati bo‘lib, o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, 
shakllari (turlari)ni aniq belgilab berishda, shuningdek, talabalarning 
bilimini nazorat qilish hamda baholashda alohida ahamiyatga egadir. 
0
‘quv rejalari davlat ta’lim standartlari asosida tuziladi. 
0
‘quv 
rejasida nazariy va amaliy, ta’tillar, malakaviy amaliyotlar, BMI 
(bitiruv malakaviy ish)lar, davlat atestatsiyasi va ta’til jarayonlarni 
olib borish va o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi.
0
‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich kurslarda ko‘proq umumiy 
fanlar o‘qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo‘yicha 
ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 
0
‘quv rejalari 
asosida tegishli kafedralar tomonidan ishchi o‘quv rejalar ishlab 
chiqiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə