T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


 YOSHLARIMIZNING ODOB-AXLOQ MADANIYATI


səhifə8/188
tarix11.12.2023
ölçüsü
#144673
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
Mutaxassislikka kirish

1.3. YOSHLARIMIZNING ODOB-AXLOQ MADANIYATI
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqish 
mohiyati va rivojlanishi to‘g‘risida kishilik jamiyatining turli 
bosqichlarida yuzlab olimlar, mutafakkirlar o‘zlarining fikrlarini 
bildirganlar.
Haqiqatan ham axloq doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarga 
bogiiq 
ekan, 
axloq 
ham 
ustqurmaning boshqa elementlari kabi o‘z-o‘ziga yoki jamiyat 
moddiy sharoitining o‘zgarishi bilan bir vaqtda o‘zgarmaydi, balki 
birmuncha kechikib o‘zgaradi. Shuning uchun ham yangi ijtimoiy 
jamiyat barpo etilgani bilan uning ichida eski axloq tasavvurlari 
qoldiqlari saqlanib qoladi va ma’lum vaqtlargacha mavjud bo‘ladi.
Kishilarning, jumladan yoshlarning axloq mezonlari xulq- 
atvorida, ularning davlatga, xalqqa, ijtimoiy mulkka, mehnatga, 
buyumlarga, madaniyatga, do‘stlik, insonparvarlik, bir-biriga va 
o'ziga bo‘lgan munosabatida namoyon boiadi. Bizning har bir 
harakatimiz axloq mezonlarining u yoki bu turi bilan bevosita 
bogiiq boiadi va har birimiz ularni stixiya ravishda emas balki 
ongli va tushungan holda amalga oshiramiz. Bunday xususiyat va 
fazilatlar yoshlikdan shakllantirilib boriladi.
16


Afsuski, o'zini jamoat ishidan chetga tutuvchi, o‘zingni bil, 
o‘zgani qo‘y tarzida ish ko‘ruvchi, davlat mulkiga 
o'z
rnulki deb 
qaraydigan kishilar ham uchraydi. Masalan, ba’zilar kitoblarni, 
jumladan kutubxonalardan olingan kitoblarni toza tutmaydilar, 
ayrim sahifalarini yirtib oladigan, siyoh bilan so‘zlarning tagiga 
chizadilar, varaqlarini buklab qo‘yadilar. Bunday hoi stol, stullardan 
foydalanishda ham yuz beradi. Ularga siyohlar bilan turli yozuvlar 
yoziladi, ba’zan pichoq bilan o‘yib yozish, rasm chizish holatlari 
ham uchraydi. Bularning hammasiga talaba yoki o‘qituvchining 
ma’naviy qiyofasida eskilik sarqitlarining mavjudligidan dalolat 
beradi. Ba'zan tarbiyachi muallimlar ham bunday kishilarni to'g‘ri 
yo‘lga sololmaydilar, ularga tanbeh bermaydilar. Bunday nojo‘ya 
ishlarni qilganlar ham, ularni ko'rib, ko‘rmaslikka olgan kishilar 
ham aybdordirlar. Chunki har bir buyum inson mehnatining mevasi 
bo‘lib, ular uchun yaratilgandir. Ularni talabalar ko‘z qorachig‘idek 
saqlashlari, tarbiyachilari esa ularga ko‘z quloq bo‘lib turishlari 
lozim.
0 ‘zbek xalqi doimo ozodalikni yaxshi ко’radi. Chunki ozodalik 
salomatlik garovidir. Lekin bunga rioya qilmaslik hollari ham 
uchraydi. Bunga o‘quv xonalariga yoki bino koridoriga (yoiaklari, 
auditoriyalarga, ma’ruza zallariga) qog‘oz yirtib tashlash, loy oyoq 
kiyimi bilan kirib kelish, tamaki chiqindilari va turli qog‘ozlarni 
to'g'ri kelgan joyga tashlab ketaverishni misol tariqasida keltirish 
kifoyadir. Bunga tarbiyachilar va jamoat tashkilotlaridagi ayrim 
kishilarning murosa bilan munosabatda boiishlari ham salbiy holdir. 
Ayniqsa, kasaba qo‘mitasi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 
hamda gruppaga birikitirilgan rahbarlar bunday shaxslarni o‘z 
vaqtida ogohlantirishlari, tanbeh berishlari, zarur bo‘lganda tegishli 
chora ko‘rishlari lozim.
Kamtarlik o‘zi bajargan ishni bo‘rttirib ko'rsatmaslikka, gerdayib 
ketmaslikka, muvaffaqiyatlaridan esankiramaslikka, yutuqlar bilan 
ortiqcha mag'rurlanmaslikka intilishda ifodalanadi. Kamtar kishi 
o‘z-o‘zini tanqid asosida ish tutadi, u avvalo o'ziga talabchan bo‘Iadi, 
o‘z muvaffaqiyatlarini xolis baholay biladi.
17


Mehnatda erishgan yutuqlariga mahliyo bo‘lib qolmasdan, yangi- 
yangi mehnat zafarlariga otlanadi. Kamtar kishi omma, jamoa bilan 
doimo birgalikda ish olib boradi. U o‘z muvaffaqiyatlarini avvalo 
umumiy ish bilan bog‘laydi. Jamoaning yutug‘i umum xalq ishining 
boTagi deb hisoblaydi.
Kishilardagi xushmuomalalik, oddiy kiyinish, ortiqcha yasan- 
tusanga berilib ketmaslik, samimiy kulgu, yurish-turishlari, 
harakatlari ham ularning axloq madaniyatlari bilan bevosita 
bogiiqdir.
Halqimizning moddiy va ma’naviy tomondan yuksak darajaga 
ko'tarilishi, ularning odob-axloq madaniyati taraqqiyoti uchun 
davlatimiz doimo g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.
Hozirga qadar eski jamiyat sarqiti sifatida ayrim shaxslarda 
uchrab 
turuvchi 
ba’zi 
ko‘ngilsiz 
v o q e a la r-o ‘z 
manfaatini 
o‘ylash, xushmuomalalikni unutib qo‘yish, mehnatga sidqidildan 
munosabatda bo‘lmaslik, o‘z bilim saviyasini oshirib bormaslik, 
davlat va jamoat mulkini ko'z qorachig‘idek asramaslik, urug'chilik. 
qavm-qarindoshlikka moyil bo‘lish, o‘rtoqlariga nisbatan hamma 
vaqt samimiy bo‘lmaslik holatlari tobora barham topmoqda, 
yaqin kelajakda bunday yaramas xususiyatlar butunlay yo‘qolib 
ketishi shak-shubhasizdir. Buning uchun sohadagi ishlarni yanada 
kuchaytirish lozim.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə