Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
260
Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish
dasturlari, ya’ni
ilmiy yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar
fikricha quyidagilarni qamrab olishi zarur:
ishbilarmonlik va boshqaruvchilik;
geografik bilimlar
tamoyillari;
geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish;
tashkiliy masalalarni bilish;
moliya, investitsiya
va tavakkalni boshqarish;
xodimlar bilan ishlash tamoyillari;
turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar;
turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari;
malaka oshirish va tahliliy malakalar.
Dunyodagi
koʻpgina
geoaxborot
mutaxassislari
oʻzlarini
texnik
yoʻnalishdaman deb hisoblashadi,
vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik
bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur.
Bunday bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim,
malaka va tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan
uch tamoyilga asoslanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: