T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va  koordinata aniqlash tamoyili koʻrsatilgan.  Ayni paytda Yerda GPS



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211
 
qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va 
koordinata aniqlash tamoyili koʻrsatilgan. 
Ayni paytda Yerda GPS
 
qabul qilgichlar bilan doimiy aloqani ushlab 
turuvchi va monitoringini amalga oshiruvchi beshta katta nazorat stansiyalari 
ishlab turibdi. Boshqaruv punkti AQSHning Kolorado shtatida joylashgan boʻlib, 
qolgan punktlari dunyo boʻylab: Gavayi (Tinch okeani), Vozneseniya oroli 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
254 
(Atlantika okeani), Diego Garsiya oroli (Hind okeani) hamda Kvajalen oroli 
(Tinch okeani) da joylashgan. 
9.6-rasm.
Sun’iy yoʻldosh tizimi va GPS qabul qilgichning aloqasi 
(Manba: Internet) 
GPS
 
boshidan harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning 
yordamida joylarga otryadlarni bexato joylashtirish, obyektgacha boʻlgan eng 
qisqa masofani topish va shu kabi maqsadlar koʻzlangan edi. Oʻtgan asrning 80-
yillariga kelib GPS
 
fuqarolik maqsadlari uchun ham qoʻllanila boshlandi. Endi 
har bir fuqaro GPS
 
ning funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyatiga ega.
GPS
 
nafaqat yerda, balki dengiz va havo navigatsiyasida ham qoʻllaniladi. 
GPS
 
barcha joylarda qoʻllanilishi mumkin, lekin GPS
 
signallar olmaydigan joylar 
(yertoʻla, shaxta, gʻorlar)da qoʻllab boʻlmaydi. GPSning
 
qoʻllanilish sohalari 
kengdir. Bunday sohalar jumlasiga harakatlanuvchi transport boʻlmish xususiy 
avtomobil, harbiy va ichki ishlar mashinalari, kema va samolyotlar navigatsiyasi 
kiradi. Yer tuzish va kartografiya sohalarida qoʻllaniladigan GPSlar yer 
yuzasining koordinatalarini aniqlash uchun nafaqat qabul qilgichlardan, balki 
qoʻshimcha kompyuter qurilmalari va dasturlaridan ham tashkil topgan boʻladi, 
chunki bu sohaga yanada aniq ma’lumotlar va kartalar zarur.
GPSning qoʻllanilish sohalari kengayib borishi bilan bu tizimdan kelib 
tushadigan pul aylanmasi ham yildan yilga ortib bormoqda. Birgina 2003-yilda 
bu aylanma 16 milliard dollarga yetdi. 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə