T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
256 
orqali koʻrish uchun moʻljallangan boʻlsa, ikkinchi avlodi veb-sahifadan turib 
ba’zi amallarni bajarish imkoniyatini beradi. Bunday 
veb-sahifalarga 
www.expediamaps.com

www.mapquest.com

www.census.gov
va boshqa 
sahifalarni kiritishimiz mumkin.
Rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan GAT dasturlari bu ba’zi dastur 
ishlab chiqaruvchilarning zaruriy qismlaridan yigʻib, bir dastur shaklida ishlab 
chiqilgan dasturidir. Bu dasturlarning qulayligi shundan iboratki, bunda “dastur 
rivojlantiruvchi” kerakli buyruqlarni olib tashlashi va qoʻshib qoʻyishi hamda oʻzi 
xohlagan tarzda toʻgʻrilashi mumkin. Bunday dasturlar qatoriga ESRI ArcGIS 
Engine, ObjectFX, SpatialFX, Engenuity JLOOX kabilarni kiritishimiz mumkin. 
Bunday dasturlar narxi 1000 AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha boʻladi 
va har bir qoʻshimcha operatsiya qurilmasi uchun 100 AQSH dollaridan 500 
AQSH dollarigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Oxirgi yillarda kompyuter va boshqa elektron qurilmalarning dizayni va 
soddalashtirilishi boʻyicha koʻpgina ishlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda 
GATni ham mobil va choʻntak qurilmalariga oʻrnatish imkoniyati vujudga kela 
boshladi. Global pozitsion tizim va simsiz aloqaning vujudga kelishi bu jarayonni 
yanada tezlashtirib yubordi. Bunday qurilmalarga dasturning barcha imkoniyatlari 
kiritilmaydi, xotira miqdori kichik boʻlganligi uchun kichikroq dasturlar 
oʻrnatiladi. Lekin oxirgi yillarda smartfon (
smartphone
) deb nomlanuvchi 
kommunikator yoki aqlli telefonlar ishlab chiqilmoqda va ularning xotirasi 64 
Gbt gacha bormoqda. Bu esa koʻpgina ma’lumotlarni va mukammalroq 
dasturlarni kiritish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bunday dasturlar qatoriga 
Autodesk OnSite, ESRI ArcPAD va Intergraph Intelliwhere kabilar kiradi. Bu 
dasturlarning narxi 400 AQSH dollaridan 600 AQSH dollarigacha oʻzgaradi.
Geoaxborot tizimining istiqbollari mutaxassislar orasida keng muhokamaga 
sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda undagi texnika, texnologiyada internet tarmogʻi
bilan quyidagi muhim rivojlanishlar yuz beradi: 

Geofazoviy ma’lumotlarni yigʻishga moʻljallangan sensorlarning kundalik 
turmushimizdagi qurilmalarda koʻplab oʻrnatilishi sababli ma’lumotni 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə