T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   211
9.8. Geoaxborot ta’limi istiqbollari 
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga 
geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda 
geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror 
qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham 
qaralmoqda. Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq 
dasturlarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda 
ishlashni oʻrganish boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga 
bakalavrlik, magistrlik hamda doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida 
sanalgan sohalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham 
zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi va aynan geoinformatika sohasidagi 
bilimlarni egallashi juda muhimdir.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
260 
Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish dasturlari, ya’ni 
ilmiy yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar 
fikricha quyidagilarni qamrab olishi zarur: 

ishbilarmonlik va boshqaruvchilik; 

geografik bilimlar tamoyillari

geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish; 

tashkiliy masalalarni bilish; 

moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish

xodimlar bilan ishlash tamoyillari; 

turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar; 

turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari; 

malaka oshirish va tahliliy malakalar. 
Dunyodagi 
koʻpgina 
geoaxborot 
mutaxassislari 
oʻzlarini 
texnik 
yoʻnalishdaman deb hisoblashadi, vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik 
bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur. 
Bunday bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, 
malaka va tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan 
uch tamoyilga asoslanishi zarur.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə