T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211
Birinchi tamoyil.
Geoaxborot tizimi uning dasturlarini ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalar mahsuloti bilan hamohang tarzda boʻlishi, oʻtilayotgan darslar 
dasturlarda keltirilgan tamoyillarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.
Ikkinchi tamoyil
. Geoaxborot tizimi dunyoning yetakchi universitetlari 
tomonidan tajribadan oʻtgan oʻquv dasturlariga asoslangan boʻlishi zarur. 
Masalan, 1990-yili Kaliforniyadagi Santa Barbara Universiteti oʻqituvchilari 
tomonidan yaratilgan oʻquv reja dunyoning 1000 dan ortiq universitetlarida 
qoʻllanilgan. Shuning uchun ham yetakchi universitetlarning geoinformatika 
sohasidagi oʻquv dasturlarini taqqoslaydigan boʻlsak, juda katta oʻxshashlikni 
koʻrishimiz mumkin. 
Uchinchi tamoyil
. Geoaxborot sohasini turli davlatlarda yagona oʻqitish 
boʻyicha xalqaro konsorsium tashkil etish zarur. Bunda yaratilayotgan oʻquv 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
261 
materiallari konsorsium vakillari uchun yagona standart va mazmunda hamda 
onlayn koʻrinishda mavjud boʻlishi kerak. Hozirgi kunda shunday xalqaro 
konsorsium bu UNiGIS konsorsiumidir. Ushbu konsorsiumda masofadan ta’lim 
berish tamoyili asosida dars oʻtiladi va yagona oʻquv reja asosida kurslar olib 
boriladi. Farqi shundaki, konsorsiumdagi boshqa universitetlar shu oʻquv rejadagi 
fanlarni tanlab yoki oʻzaro birlashtirish orqali oʻqitishi mumkin boʻladi. Bunda 
universitet oʻz sharoitiga qarab talabalarni asosiy universitet hisoblangan 
Zalsburg Universitetiga malaka oshirish va imtihonga yuborish orqali ta’lim 
sifatini boshqarib turadi.
9.9. GAT dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 
Hozirgi GAT bozoridagi dastur ishlab chiqaruvchi asosiy kompaniyalar 
ESRI, Intergraph, Autodesk va GE Energy hisoblansa, keyingi oʻrinlarni Leica 
Geosystems, IBM va Mapinfo kompaniyalari egallab olgan. Quyida bu ishlab 
chiqaruvchilar haqida qisqacha ma’lumot berib oʻtamiz.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə