T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211
ESRI Inc
.
 
ESRI
 
kompaniyasi xususiy boʻlib, u 1969-yili Jak va Laura 
Dangermound tomonidan tashkil etilgan. Bosh ofisi Kaliforniya shtatining 
Redland shahrida joylashgan. ESRI
 
400 dan ziyod ishchi kuchiga ega va yillik 
pul aylanmasi 500 million AQSH dollariga teng. Hozirgi kunda ushbu 
kompaniyaning xizmat va dasturlaridan 130 000 dan ortiq tashkilotlar va 
1
.
milliondan ortiq foydalanuvchilar foydalanib kelishmoqda. ESRI
 
asosiy 
e’tiborini GAT bozorini egallab olishga qaratgan va shu bilan birga yillik 
daromadining toʻrtdan bir qismini konsultativ xizmatlarga ajratadi. ESRI
 
tijorat 
maqsadlari uchun dasturlarni ishlab chiqishni 1970-yillarning oxirida boshlagan.
Bugunga kelib ESRI
 
kompaniyasining dasturlar ishlab chiqish strategiyasi 
yagona 
dasturiy 
oila 
hisoblangan 
ArcGISga 
qaratilgan. 
Bu 
dastur 
foydalanuvchilar va mutaxassislar uchun kompyuter va mukammal qurilmalarda 
ishlashga moʻljallangan. ESRI
 
kompaniyasi mahsulotlari asosiy texnik va sanoat 
bozorlarida oʻz oʻrniga ega va GAT bozoridagi eng katta kompaniyalardan 
hisoblanadi.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
262 
Intergraph Inc

ESRI kompaniyasi kabi Intergraph ham 1969-yili xususiy 
kompaniya shaklida tashkil topgan. Bu kompaniya faoliyatini Alabama shtatida 
kompyuter grafik tizimlarini ishlab chiqishdan boshlagan. 1981-yillardan boshlab
kompaniya oʻz faoliyatini CAD va kartalash dasturlarini konsalting xizmatlari va 
qurilmalarni rivojlantirish orqali yanada takomillashtirdi. Hozirgi kunda bir 
qancha qayta tashkiliy tuzilishlardan soʻng 4 ta asosiy boʻlimga boʻlingan va ular: 
Jarayon, Energiya va Dengiz; Jamiyat xavfsizligi; Yechimlar; Kartalash va 
Geofazoviy yechimlar (
Geospatial Solutions
)dan iborat.
Geofazoviy yechimlar boʻlimining oʻzi kompaniyaning 500 mln. dollarlik 
foydasining 200 millionini tashkil qiladi. Intergraph turli xil katta dasturlar 
majmuasini ishlab chiqishga moʻljallangan. GAT nuqtayi nazaridan Ishchi stoli 
(
Desktop
) va internet tarmogʻiga bogʻlangan Geomedia (
Geomedia
) dasturlarini 
misol qilib olishimiz mumkin. Hozirgi kunda Intergraph kompaniyasi GAT 
bozorida ikkinchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə