T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
258 

Texnologiya huquqiy va davlat tizimlaridan koʻra tezroq rivojlanadi. 

Arzon va ixcham sensorlar yanada koʻproq tarqaladi. 

Turli falokatlarning oldini olishda haqiqiy vaqt axborotlari koʻlami yanada 
oshadi. 

Metama’lumot va boshqa turdagi ma’lumot olish yoʻllari yanada 
rivojlanadi. 

Ochiq kodli va bepul geoaxborot dasturlari tahliliy va qayta ishlash uchun 
yanada rivojlanishda davom etadi. 

Yerni oʻrganish tizimlari yanada koʻpayib, sun’iy yoʻldoshlar tasvirlari 
barcha joy va vaqt uchun koʻproq mavjud boʻladi. 

Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi yanada rivojlanadi va keng omma 
uchun soddalashgan holda yetkaziladi. 

GNSS ma’lumotlari aniqligi hatto qoʻl telefonlari va planshetlarda ham 
ortib boradi va kishilar onlayn ma’lumotlarga yanada koʻproq ega 
boʻlishadi. 

Yaqin 10 yil ichida barcha telefonlar 360 gradus aylanish ostida uch 
oʻlchamli filmlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi va tiniqligi ortadi. Bunda 
foydalanuvchilar uni turli sohalarda qoʻllashlari mumkin boʻladi. 

Bepul va ochiq ma’lumotlar barcha uchun beriladi va rivojlanishda davom 
etadi. 

Ma’lumotlarni himoyalash va sir saqlash juda muhim boʻladi. 

Ma’lumotlarning birdan koʻpayishi uning egasi kimligi, huquqi va boshqa 
huquqlarini aniqlashni qiyinlashtiradi. 

Qonunlar raqamli imzolarni qonuniylashtiradi. 

Davlat geofazoviy ma’lumotlarni himoya qilish, monitoring qilish boʻyicha 
tashabbusni qoʻlga oladi. 

Milliy geofazoviy ma’lumotlar markazlarini tashkil etish zaruriyati paydo 
boʻladi. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
259 

Geoaxborot boʻyicha ta’lim va oʻqitish davlatlarning ehtiyoji va sharoitiga 
qarab ishlab chiqiladi. 

Milliy kartografiya tashkilotlari oʻz xodimlarini turli sohalarga 
moslashtirib, malakasini oshira boshlaydi. 

Milliy kartografiya markazlarining eng aniq va ishonarli ma’lumotlar bilan 
ta’minlovchi tashkilot sifatidagi oʻrni yanada oshib boradi. 

Milliy kartografiya markazlarining ishlari boshqa xususiy tashkilotlarga 
boʻlib beriladi va bunda ular faqatgina ishonchliligi va toʻgʻriligini 
tekshirib turuvchi tashkilot sifatida qoladi. 

Davlat tashkilotlari geoaxborot boʻyicha oʻz talablaridan kelib chiqib, 
qonunlar va me’yorlar ishlab chiqadi va tartibga solib turadi. 

Global geofazoviy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi yirik kompaniyalar 
soni 10 tadan oshmaydi. 

Ixtiyoriy kiritiladigan geoma’lumotlar soni koʻpayib boradi va bunda 
geoportalning ahamiyati katta boʻladi. 

Barcha uchun ochiq boʻlgan shaharlar kartalari yanada rivojlanadi va 
tekinligicha qoladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə