T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Geografik Axborot Tizimi
zarur boʻladi.
Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish 
va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni 
kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot 
tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish 
deb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil 
etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy 
usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, 
turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif 
berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi –
bu ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun 
yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik 
toʻliq emas, chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida 
koʻrsatilmagan, vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi 
va tahlilchi sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi 
GATda muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq 
va tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik 
axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil 
qilish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”. 
Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq koʻrinish beradigan boʻlsak, unda 
geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik 
ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompleks 
tizimdir, 
degan 
xulosa 
kelib 
chiqishi 
mumkin. 
Keltirilgan 
fikrlarni 
umumlashtirgan holda quyida eng aniq ta’rifni bersak boʻladi:


Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə