T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
10 
 
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar 
Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib 
oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari 
va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz. 
Karta
(ingl. 
map, chart
; grek. 
chartes 
– varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi 
va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining 
qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki 
zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi. 
Nomenklatura 
deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu 
varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi. 
Raqamli karta
(
numerical, digital map
) – kartalarni proyeksiyalashda, 
koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik 
generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, 
boshqacha 
aytganda, 
raqamli 
kartografik 
ma’lumot. Raqamli karta 
kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha 
me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, 
kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik 
ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot 
ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT 
jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.
Kompyuter kartasi – 
bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari 
(grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastikda, 
fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə