T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
19 
Jadval
– ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy 
tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar 
jadvaliga bogʻlanganligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy 
ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. 
Har bir jadval ustuni esa aniq atributga ega boʻladi. 
Axborotlarning bunday koʻrinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun 
statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qoʻllashga, bu esa 
geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq koʻrsatishga imkon yaratadi. 
Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni 
tasvirlash uchun roʻyxat iborasi qoʻllaniladi.
Ishchi konfiguratsiya 
– ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam), 
murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat. 
Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna, 
yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida 
foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda
olishi 
mumkin. 
Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan soʻng barcha jadvallar va 
oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan 
boʻlib, barcha oynalar shu roʻyxat boʻyicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi, 
shundan soʻng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi. 
Legenda
– shartli belgilar roʻyxati boʻlib, karta yoki grafikada qoʻllaniladi.
Hisobot
– grafik ma’lumotlarning umumiyligi boʻlib, xulosani nashrga 
berish uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar, 
yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Geokodlash
– bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy 
ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini 
ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan, 
mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat. 
Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə