T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari  (Manba: Muallif)



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211
 
Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari 
(Manba: Muallif)
 
GATning funksional imkoniyatlari
– GAT va mos dasturiy vositalarning 
funksiyalari toʻplami boʻlib, ular quyidagilardir:

Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar toʻplami 
yoki raqamlashtirish yoʻli orqali kiritish. 

Ma’lumotlarni bir formatdan ikkinchi formatga aylantirish, kartografik 
proyeksiyalarni transformatsiyalash, koordinata sistemasini oʻzgartirish orqali 
ma’lumotlar turini oʻzgartirish. 

Ichki va tashqi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash, boshqarish. 

Kartometrik operatsiyalar. 

Foydalanuvchining shaxsiy sozlash (настройка) vositalari. 
Geoaxborot tizimi fanining ilmiy asosi 
GAT asosan quyidagi beshta savolga javob beradi:
1.
Joy. … da nima joylashgan?
Birinchi savol ayni paytda ma’lum bir joyda 
nima borligini aniqlashtiradi. Joylar esa har xil usullar bilan aniqlanishi 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
23 
mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi va albatta koordinatalari 
bilan. 
2.
Sharoit. Qayerda joylashgan? 
Ikkinchi savol ham birinchi savolga 
oʻxshash, lekin bunga javob berishda fazoviy tahlil talab etiladi. Birinchi 
savolda joy aniqlashtirilgan boʻlsa, ikkinchi savolda oʻsha joyda nima 
borligi va qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2 
oʻlchamli, qurilishga mos keladigan tuproqli va asosiy avtomobil yoʻlidan 
100 m masofada joylashgan maydonni topish).
3.
Tendensiya. 
…. 
dan boshlab nima oʻzgargan? 
Uchinchi savol birinchi va 
ikkinchi savolni birlashtirib va ularga qoʻshimcha tarzda aniq bir 
maydonda aniq vaqt ichida nimalar oʻzgarganligini aniqlaydi. 
4.
Strukturalar.
Qanday fazoviy strukturalar mavjud? 
Bu savol birmuncha 
murakkabroq. Masalan, atom elektr stansiyasiga yaqin aholi punktlarida 
saraton kasalligining asosiy sababi nima, degan savolni oydinlashtirishda 
saraton bilan ogʻrigan bemorlar sonini, qayerda joylashganini va ularga 
tegishli boshqa koʻplab sabablarni bilish juda muhim. 
5.
Modellashtirish.
Agar …. boʻlsa, nima boʻladi?
Bu savol biror-bir qurilish 
yoki masalan, yangi avtomobil yoʻli tarmogʻi oʻtkazilsa, atrof-muhitga 
qanday ta’sir etishini aniqlash uchun beriladi. Albatta, bu kabi savollarni 
oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi.
Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha 

geoinformatika” deb 
ham atashadi. “Geoinformatika” uch ildiz: geografiya, informatika va avtomatika 
tushunchalaridan tashkil topgan. Inglizcha adabiyotlarda 
“Informatics”, 
“Computer Science” 
degan tushunchalar bor va u elektron hisoblash texnikasini 
takomillashtirish, dasturlash, amaliy matematika, operatsion tizimlar, sun’iy 
intellekt masalalari va boshqa tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Geoinformatika 
atamasi 1980-yillar oxiriga kelib yanada ommaviylashdi va hozirda Geographic 
Information System yoki qisqacha GIS atamasi ingliz ilmiy adabiyotining deyarli 
barchasida keng qoʻllanilmoqda.
GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə