T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
24 

fazoviy ma’lumotlarni boshqarish, qayta ishlash va tahlil qilish 
uchun axborot tizimi;

xulosa (yechim) chiqarish uchun axborotlar ketma -ketligi. 
GEOGRAPHIC: 

yerga oid ma’lumotlar (fazoviy boʻlmagan ma’lumotlar 
ishlatilmaydi); 

turlari: sun’iy, tabiiy va aralash. 
INFORMATION: 

ma’lumotlar; 

fazoviy ma’lumotlar; 

geofazoviy ma’lumotlar; 

axborotlar; 

tushunchalar; 

axborotlardan foydalanish; 

geoinformatika; 

geofazoviy ma’lumotlar tomonidan
 
yoritilgan axborotlar

Geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq 
boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi (kompleksi) tushuniladi. Bu 
majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, 
kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi 
bogʻliqlikdan kelib chiqadi.
Geoinformatika ma’lumotlarni tasvirlash, qayta ishlash, uzatish, yigʻish va 
yangi bilim hamda fazoviy-vaqtli koʻrinishi asosida axborotlarni qabul qilish 
texnika va texnologiyalarining tamoyillarini oʻrganadi. Bugungi kunda 
geoinformatika ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab olgan tizim sifatida 
namoyon boʻlmoqda.
Geoinformatika – kompyuter modellashtirish, ma’lumotlar va geografik 
bilimlar asosida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geotizimlarni oʻrganuvchi ilmiy 
fandir. Boshqa tomondan esa geotizimlarni boshqarish, inventarizatsiyalash va 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
25 
optimallashtirish uchun moʻljallangan fazoviy koordinatalashgan ma’lumotlarni 
yigʻish, saqlash, tasvirlash va tarqatish texnologiyasi (GAT texnologiyasi) dir.
Geoinformatikaning faoliyat chegarasi kartografiya va masofadan 
zondlash, fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bogʻliq. 
Geoinformatika matematik, kartografik, masofadan zondlash va boshqa usullar 
bilan bir qatorda yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, 
geografiya, iqtisodiyot, biologiya kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi.
Geoinformatika bilan kartografiyaning oʻzaro bogʻliqligi quyidagi 
sohalarda koʻrinadi: 

mavzuli va kartografik kartalar hamda fazoviy ma’lumotlarning asosiy 
manba ekanligi; 

geoaxborot tizimida toʻplanadigan va saqlanadigan hamma axborotlar 
koordinatalarining bogʻliqligi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan geografik 
va toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasi; 

kartalar: geografik, masofadan zondlash ma’lumotlari va boshqa GAT 
axborotlarini (statistik, ijtimoiy, ekologik) tahlil qilish vositasi;

kartografik tahlil: GAT ma’lumotlar bazasini kartografik bilimlar asosida 
formallashtirish;

matematik-kartografik va kompyuter-kartografik modellashtirish: axborot 
natijalaridan kelib chiqqan holda prognoz qilish, boshqarish, tekshirish va 
xulosa chiqarish jarayonida asosiy vositalardan biridir. 
Demak, yuqorida berilgan ta’riflardan koʻrinib turibdiki, geoaxborot 
tizimining ilmiy asoslari geografik axborot tizimida qoʻllaniladigan tushunchalar 
va tamoyillarni tushunishga yordam beruvchi ilmiy sohadir. Ushbu fan orqali 
geoaxborot tizimining kishilik jamiyatidagi oʻrni va oʻz navbatida, jamiyatning 
sohani rivojlantirishdagi ta’siri tadqiq etiladi. Bu fan an’anaviy fazoviy 
yoʻnaltirilgan fanlar hisoblangan geodeziya, kartografiya, geografiya kabi fanlarni 
mujassamlashtirib, 
axborot 
tizimining 
ushbu 
fanlar 
bilan 
oʻzaro 
integratsiyalashgan holda rivojlanishini tushuntirib beradi. Fanni oʻrganish 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə