Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
15
mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa,
tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT
(Database
management system –
DBMS
)
– ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va
foydalanishga moʻljallangan dasturiy vositalar toʻplami.
Bu tizimning asosiy
maqsadi – GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtirish va bosh-
qarishdir. Jumladan, ma’lumotlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin (jadval,
raqamli tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos
holda qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu
boshqa
turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle,
Sybase kabi tizimlardagi oʻzaro ma’lumotlar almashinuvini
amalga oshirishdan
iboratdir.
Skaner
(
scanner
) –qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik
tarzda kiritish uchun uni rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3-
rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 – 600 dpi) boʻladi.
Skanerlar planshetli (
flatbed scanner
), barabanli (
drum scanner
), gʻildirakli
(
sheetfeed scanner
) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (
handheld scanner
) kabi
turlarga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan.
Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga oʻrnatilib, Yerning ustki
qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: