T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   211
Geomatika – 
bu informatsion texnologiyalar, multimedia va tele-
kommunikatsiya vositalarini ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida
avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi hisoblanadi va mazkur 
atama geoinformatika yoki geoinformatsion kartografiyalash sifatida ham 
qoʻllaniladi. 
Raqamli yuza
(qatlam, mavzu) deb ma’lum bir hudud chegarasidagi va 
koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi 
obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasiga aytiladi. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
13 
Aerofototasvir
(
aerial photograph, aerial photo
) – uchish apparatlari 
yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar, hodisalar, jarayonlarni deshifrlash 
va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga 
tushirish balandligiga qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik 
masshtabli tasvirlar olinadi.
Agar rasmga tushirish vertikal oʻqiga nisbatan qiyalanish yoʻl qoʻyiladigan 
darajada boʻlsa, planli aerofototasvir (
vertical aerial photograph
), agar oʻqning 
yoʻl qoʻyilgan qiyaligidan chiqib ketsa, perspektiv aerofototasvir (
perspective 
aerial photograph
) olinadi. Fotoplyonka turiga qarab esa oq-qora yoki 
monoxrom tasvirlar, rangli tasvirlar (
colour aerial photograph
), spektrozonal 
tasvirlar (
false colour composite
) olinadi. Fotoplyonkadan bosmaga chiqarish 
turiga qarab kontaktli (
contact print
), kattalashtirilgan (
enlargement print

aerofototasvirlar olinadi. Umumiy holatda aerofototasvirlar 2 xil koʻrinishda: 
yakka turdagi (
single photograph, single lens photograph
) va stereoskopik 
(
stereoscopic photograph
) boʻladi. Stereoskopik tasvir maxsus stereoskopik 
asboblar yordamida va kompyuter ekranida uch oʻlchamli tasvirlash jarayonida 
joyning haqiqiy uch oʻlchamli tasvir koʻrinishini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə