Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
14
Vektorlashtiruvchi
(
vectorizer
) – fazoviy ma’lumotlarni
rastr formatdan
vektor formatga oʻtkazuvchi dasturiy vositadir.
Kartometriya
(
cartometry
) – karta boʻyicha oʻlchash. Kartometrik
koʻrsatkichlar bir necha xil boʻlishi mumkin, jumladan:
uzunlik va masofa
boʻyicha, maydon boʻyicha, hajm boʻyicha, burchak va burchak kattaliklari
boʻyicha. Mavzuli kartalar boʻyicha oʻlchash
va hisoblash ishlari maxsus
boʻlimlar – mavzuli kartometriya va morfometriyada olib boriladi.
Obyekt
– geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va matematikani
qamrab olgan fazoviy elementning belgisi. Har bir obyekt obyektlar sinfiga
tegishli boʻladi.
Raqamlashtirish
– bu qogʻoz kartadagi ma’lumotlarni kompyuter fayliga
aylantirish jarayonidir.
Dostları ilə paylaş: