T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009 (2)

Tayanch iboralar: 
yomon odat; kerakli so’z va gaplar; ko’cha va jargon so’zlari; miyig’idan 
kulish; tashqi ko’rinish; saqich chaynash; qo’lni cho’ntakda ushlash va 
teginish. 
Nazorat savollari
1. Biznesmen to’g’risida yomon taassurot qoldirishga olib keluvchi 
omillarni aytib bering? 
2. Nima uchun suhbat davrida ko’cha va jargon so’zlarni ishlatmaslik 
kerak? 
3. Kulishning qaysi shakli biznesmenlar to’g’risida yomon taassurot 
qoldiradi? 
4. Tashqi qiyofa elementlarining qaysi holati biznesmenlar imijiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi? 
5. Ish davrida va uchrashuvlarda saqich chaynash hamda qo’l bilan 
teginish biznesmenlar to’g’risida qanday taassurot qoldiradi? 


20 
4. Biznesmenlar kiyimlari va ularning imijini shakllantirishdagi 
ahamiyati 
4.1. Tashqi ko’rinish to’g’risida tushuncha 
 
Bundan oldin ta’kidlanganidek, biznesmen to’g’risidagi birinchi 
tasavvur tashqi ko’rinish elementlari holatining majmui bo’yicha 
shakllanadi. 
Tashqi 
ko’rinish deganda biznesmenlarga birinchi 
qarashdayoq ko’zga yaqqol tashlanadigan elementlar holatining majmui 
tushuniladi. 
Agar biznesmen tashqi ko’rinishi yaxshi bo’lsa, u to’g’risida faqat 
ijobiy taassurot shakllanadi, yomon bo’lsa salbiy fikr paydo bo’ladi. Nafis 
tashqi ko’rinishga ega bo’lgan biznesmenlar bilan birinchi martadanoq 
yaxshi munosabat qilishadi, yomon tashqi ko’rinishga ega bo’lgan 
biznesmenlarni esa yomon qabul qilishadi. “Kiyimiga qarab kutib oladi, 
aqliga qarab kuzatib qo’yadi” degan halq maqoli buni yaqqol
tasdiqlaydi. Tashqi ko’rinish bo’yicha 10 – 15 sek. davomida 
shakllangan taassurot madaniyatli biznesmenga butun umri bo’yicha 
xizmat qiladi. 
Tashqi ko’rinish qator elementlardan tashkil topadi. Ularni chehra
soch, soqol, mo’ylov, ustki ish kiyimi, oyoq kiyimi, galstuk, noski va turli 
taqinchoqlar tashkil qiladi. 
Insonning tashqi ko’rinishini tashkil qiluvchi elementlarni ikki 
guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga chehra, soch, soqol, mo’ylov 
va tirnoqlarni, ikkinchi guruhga esa ustki kiyimini (kostyum), ko’ylak, 
galstukni, oyoq kiyimi va paypoqni hamda taqinchoqlarni kiritish mumkin. 
Tashqi ko’rinishning birinchi guruh elementlari biznesmenning tashqi 
qiyofasini belgilaydi va ikkinchi guruh elementlari bilan bir qatorda 
biznesmenlar kasbiy imijini shakllantirishda katta rol o’ynaydi. 
Agar 
siz 
hamkorlaringizda, 
hamkasblaringizda 
va 
boshqa 
suhbatdosh-laringizda o’zingiz to’g’ringizda yaxshi tasavvur qoldirmoqchi 
bo’lsangiz, tashqi qiyofangiz, kiyimingiz va kiyinishingiz to’g’risida 
o’ylab ko’rishingiz shart. 
Soqol–mo’ylovlari olingan yoki nafis shaklga keltirilgan qiyofaga 
ega bo’lish, qaddi–qomatiga, yuz tuzilishiga to’g’ri keladigan, bichilishi, 
tikilishi va rangi bo’yicha bugungi kun modasi talablariga javob beradigan 
kiyimni kiyib ishlash, xushmuomalali muloqot qilish biznesmenlarning 
hamkasblariga, hamkorlariga va suhbatdoshlariga ko’rsatadigan hurmat 
belgilaridan biri hisoblanadi va biznesmen to’g’risida ishonch hosil 
qilishga yordam beradi. 


21 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, 
sifatli tashqi ko’rinishiga qarab baholanadigan biznesmenning o’zi tovar. 
Shunday ekan, madaniyatli biznesmen o’zining yasanib va bezanib 
yurishiga katta ahamiyat berishi lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə