T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133756
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009 (2)

Tayanch iboralar: 
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat”, “Smokingli rasmiy qabul”, 
“Frakli jiddiy rasmiy qabul”
 
Nazorat savollari: 
1.
Agar biznesmen “Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat” 
qabuliga taklif qilingan bo’lsa, u qanday kiyinishi kerak? 
2.
“Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan erkak biznesmenlarning 
kiyinishiga qanday talablar qo’yiladi? 
3.
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” ga taklif qilingan erkak biznesmenlar 
qanday kiyimlarda kelishlari kerak? 
4.5.2. Ayol biznesmen kiyimi 
 
Ushbu bandda yuqorida ko’rsatib o’tilgan qabul turlarida ayol 
biznesmenlarning kiyinishiga qo’yiladigan talablar ko’rib chiqiladi. 
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat” qabulida ishtirok etishga 
rozilik bergan ayol biznesmenlar quyidagicha kiyinishlari lozim: kaltaroq 
qora ayollar ko’ylagi yoki kecha kostyumi. 


31 
Agar ayol biznesmen “Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan 
bo’lsa, u albatta uzun yoki kalta kech ko’ylakda va unga mos keladigan 
tuflida kelishi lozim. 
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” da ishtirok qiladigan ayol biznesmenlar 
balda kiyiladigan ko’ylakda va uzun oq qo’lqopda kelishi kerak. 
Tayanch iboralar: 
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat”, “Smokingli rasmiy qabul”, 
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” 
Nazorat savollari: 
1.
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat” qabuliga taklif qilingan 
ayol biznesmenlar qanday kiyinishlari kerak? 
2.
“Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan biznesmen ayollar 
kiyimini bilasizmi? 
3.
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” da ishtirok etish uchun biznesmen 
ayollar qanday kiyinishlari shart? 
5. Biznes korxona etikasi 
5.1. Korxona etikasi
Biznes – korxonaga ta’rif berishdan oldin korxona to’g’risida 
ma’lumot berish ushbu band materiallarini o’quvchilar tomonidan yaxshi 
tushunishga imkon beradi. “Turizm, mehmondo’stlik, servis” lug’at – 
ma’lumotnomasida berilgan tavsifga ko’ra korxona deganda odamlarning 
talabini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish, 
ma’lum bir ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko’rsatish uchun barpo 
etilgan va mamlakat qonunlari asosida tashkil qilingan va faoliyat 
qiladigan xo’jalik yuritishning mustaqil obyekti tushuniladi. 
Korxona o’ziga xos faoliyat turini mustaqil ravishda amalga oshiradi, 
ishlab chiqarish mahsulotiga va olgan foydasiga o’zi egalik qiladi. 
Keltirilgan tavsifdan xulosa qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, biznes – 
korxona deganda biznes xizmati bo’yicha iste’molchilar talabini qondirish, 
foyda olish maqsadida barpo etilgan va faoliyat qiladigan xo’jalik 
yurituvchi mustaqil obyekt tushuniladi. Biznes korxonalariga, biznes 
turiga qarab, biznesmenlar o’z kasbi bo’yicha birlashadi. 
Korxona ta’rifidan ko’rinib turibdiki, uning oxirgi maqsadi foyda 
(daromad) olish va unga egalik qilishdan iborat. 


32 
Halollik (poklik), ochiq–oydinlik, berilgan va’daga sodiqligi, 
korxona mahsuloti yoki xizmati iste’molchilarini hurmat qilish kabi hamda 
korxona va iste’molchi, biznes–korxonalar, biznes–korxona va davlat 
o’rtasidagi ahloqiy mezon va me’yorlar biznes–korxonalarning etikasini 
tashkil qiladi. Ulardan ko’rinib turibdiki, biznes–korxona iste’molchilarni, 
hamkorlarini va davlatni aldamasdan hamda har qanday nayrang yo’llarga 
o’tmasdan halollik bilan olingan foydaga egalik qilishi kerak. Bundan 
tashqari biznes korxonalardan jamiyat oldida turgan maqsadlarga 
erishishga ko’maklashish ham talab qilinadi. Shunday qilib, biznes–
korxonalar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat oldida javobgar bo’lib, 
olgan foydaning ma’lum bir qismi jamiyat ehtiyoji, manfaati va uning 
takomillashishi uchun sarf qilinishi lozim. 
Mamlakat iqtisodiy ahvolining holatiga qarab biznes–korxonaga etik 
talablar turli darajalarda qo’yilishi mumkin. Masalan, mamlakatning 
barqaror iqtisodiyotga erishish davrida biznes–korxonalarning ushbu 
sharoitlarga moslashish va omon qolish, ish joylarini va malakali 
xodimlarni saqlab qolish, foyda olish hamda raqobatbardosh bo’lish 
talablari qo’yiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashi bilan biznes–
korxonalar oldiga qo’yiladigan etik talablarining mohiyati yanada oshadi 
va kengayadi. Masalan, barqaror iqtisodiyot davrida biznes–korxonalar 
oldiga muhtojlarga (bolalar uyi, qariyalar uyi, pensionerlar, nogironlar va 
boshqalar) yordam berish, korxonaning sosial javobgarlik darajasini 
yanada oshirish va yangi ish joylarini tashkil etish talablari qo’yiladi. 
Sosial javobgarlik deganda biznes–korxonaning ixtiyoriy ravishda korxona 
xodimlarining, qishloq, shahar va o’z mamlakati aholisining sosial 
muammolarini hal qilishga yordam berishi tushuniladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə