T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133756
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009 (2)

Tayanch iboralar: 
“sen” shakli, “siz” shakli va neytral shakli; Yevropa mamlakatlari va 
Rossiya; O’zbekiston xizmat korxonalari; Islom dini; “sen” shaklidan “siz” 
shakliga o’tish.
 
 
 
 


50 
 
Nazorat savollari: 
1.
Bir–birlariga murojaat qilishning qaysi shakllarini bilasiz? 
2.
O’zbekiston 
kasbiy 
korxonalarida
shu 
jumladan 
biznes 
korxonalarida, bir–birlariga murojaat qilishning qaysi shakllaridan 
foydalanishadi? 
3.
Islom dini murojaat qilishning qaysi shaklidan foydalanishni taqozo 
qiladi? 
4.
Murojaat qilishning “siz” shaklidan “sen” shakliga o’tishni birinchi 
bo’lib kim taklif qilishi kerak? 
5.
Nima sababdan bironta xafachilik bo’lganda ham murojaat qilishning 
“siz” shaklidan “sen” shakliga o’tish tavsiya qilinmaydi? 
7.2.Salomlashish va tanishish etiketi qoidalari
 
Har bir jamiyat o’zining urf–odatlari, rasm–rusumlari va ramzlari 
dunyosida yashaydi. Ular salomlashishga ham tegishli bo’lib, qadimiy urf–
odatlardan biri hisblanadi. Agar siz bugungi kunda “Bugun siz 
ovqatlandingizmi?” yoki “Sizning mollaringiz omonmi?” degan so’zlarni 
etishsangiz, albatta hayron bo’lar edingiz!. Aynan qadimiy Xitoy, 
Mongoliya va Misrliklar bir–birlari bilan uchrashishganda xuddi shu 
so’zlar orqali salomlashishgan. Bugungi kunda ham ba’zi millat va elatlar 
salomlashishning 
biz 
uchun 
an’anaviy bo’lmagan shakllaridan 
foydanishadi. Masalan, Afrikada yashaydigan zuluslar bir–birlari bilan 
“Men seni ko’rayapman” so’zlarini ishlatib salomlashishsa, laplandlar 
faqat burunlari bilan ishqalashadi, samoanslar esa bir–birlarini hidlashadi. 
Salomlashish qoidalari ham jamiyatning o’zgarishi bilan shaklan va 
mazmunan o’zgarib va rivojlanib boradi. Ba’zi bir Yevropa mamlakatlari
xalqalariga mansub bosh kiyimini yechib yoki ozgina ko’tarib 
salomlashish shakli bundan oldin ta’kidlanganidek, qadimiy rimliklar urf–
odatlari bilan bog’liq.
Salomlashishda qo’l ushlab ko’rishish ham ajdodlarimizdan qolgan 
urf–odat meroslaridan biri hisoblanadi. Qadimda qo’l ushlashib 
salomlashish qo’lida quroli yo’qligini bildirgan. Musulmon dunyosida ham 
bir–birlari bilan uchrashganda qo’l berib kurishish tavsiya qilinadi. Hozirgi 
vaqtda salomlashishda qo’l berib ko’rishish barcha xalqlarda standart 
ritualga aylangan. 
Salomlashish 
boshqalarga 
nisbatan 
hurmat 
xayrihohlik, 
salomlashmaslik yoki pala–partish salomlashish esa ota–onaga, hamkor va 
hamkasblarga, tanish–bilishlariga, qarindosh va urug’larga, o’rtoqlariga va 


51 
jamiyatning atrofdagi boshqa a’zolariga nisbatan behurmatlik va o’ta 
madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi. Shu sababdan bo’lsa kerakki, islom 
dini ikki kishi uchrashganda ularning kayfiyati va munosabati qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar, salomlashishlarini va salomga tezlikda tushunarli 
hamda aniq eshitadigan darajada alik olishlarini taqozo qiladi. Shuning 
uchun ham odamlar ota–onalari, hamkasb va hamkorlari, qarindosh, 
urug’lari, o’rtoqlari va tanish–bilishlari bilan uchrashganlarida albatta 
salomlashishlari kerak. Yevropacha va sharqona etiket qoidalari bo’yicha 
ham qo’l berib ko’rishiladi. O’zbekistonda qishloq joylarda nafaqat 
tanishlar bilan, notanish kishilar bilan ham salomlashish etiketi qabul 
qilingan, chunki qishloq joylarda ko’chalarda uchraydigan odamlarning 
soni kam bo’ladi. Lekin notanish kishilar bilan salomlashishda qo’l berib 
ko’rishish odatga aylanmagan. Shaharlarda hamma bilan salomlashishning 
imkoniyati yo’q. Shuning uchun ham shaharlarda tanish–bilishlar, hamkor 
va hamkasblar bilan salomlashish qabul qilingan. 
Qo’l berib salomlashishda ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya 
qilinishi lozim. Ular quyidagilardan iborat: salomlashayotgan kishilar 
tabassum bilan bir–birlarining yuziga qarab, barmoqlar (qo’l uchi) bilan 
emas, kaftlarini ushlab salomlashishlari kerak. qo’l kaftlarini ushlab 
salomlashishda ham qo’lning uzatilish holatiga e’tibor berilishi shart, 
chunki yevropacha etik qoidalarga ko’ra qo’l kafti polga nisbatan vertikal 
holda uzatilsa, salomlashayotgan kishining siz bilan teng, agar 
salomlashishda qo’lning kafti yuqoriga qaratilgan bo’lsa, uning sohibi 
sizga bo’yso’nishga tayyor ekanligini bildiradi; agar siz bilan 
salomlashayotgan kishilardan biri salomlashish uchun qo’lining kaftini 
pastga qaratib uzatib, qo’lingizni qattiq qissa, salomlashayotgan kishining 
men sendan ustunman va sen menga bo’yso’nishing kerak degan niyatini 
bildiradi. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra ikki qo’l kaftlari ham yerga 
nisbatan vertikal holatda alik olayotgan kishiga uzatilishi kerak. 
Salomlashish va tanishish odamlar o’rtasidagi munosabatlarning 
boshlanishi hisoblanib, ularning bir–birlariga bo’lgan hurmatini bildiradi. 
Shuning uchun ham har bir holatda salomlashayotgan kishiga nisbatan 
xushmuomalada yoqimli so’zlar orqali o’zlarining yaxshi niyatlarini 
tilashadi. Masalan greklar “sog’ bo’ling”, arablar “senga tinchlik” ruslar 
“salomat bo’ling” yoki “sog’ bo’ling”, hindular “hammasi yaxshi”, 
o’zbeklar yoki tojiklar “assalomu–alaykum” kabi so’zlar orqali tilaklarini 
tilashadi. 


52 
Katta lavozimdagi va jamiyatda nufuzli obro’ga ega bo’lgan tanish 
kishilar bilan salomlashishda yevropacha etik qoidalari bo’yicha ularning 
ismi–shariflarini tilga olib salomlashish tavsiya etiladi. 
Bugungi kunda, ayniqsa yoshlar o’rtasida, salomlashishning “salyut”, 
“salom” va yelkasiga qo’l bilan qoqib qo’yish kabi shakllari ham 
ishlatiladi. Lekin ular etiket qoidalari statusiga ega emas va 
salomlashishning jargon (qo’pol) shakli hisoblanadi. Shu sababli ham 
o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmen ularni ishlatmaslikka 
harakat qilishi kerak. 
Bugungi kunda xizmat etiketi, shu jumladan biznes–etiket, doirasida 
salomlashadigan va tanishadigan kishilarning jinsini, yoshini va lavozimini 
hisobga oladigan qator etiket qoidalari shakllangan. Bu qoidalar, bundan 
oldin ta’kidlanganidek, odamlarning bir–birlariga bo’lgan munosabatiga 
va kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi. 
Qo’l berib ko’rishish salomlashishning odamlar o’rtasida eng keng 
tarqalgan usuli hisoblanadi. Salomlashishda qo’l berib ko’rishish nafaqat 
ayol kishilar o’rtasida, ayol va erkaklarning bir–birlari bilan 
uchrashuvlarida va hayrlashishlarida ham keng ko’llaniladi. Biznesmenlar 
xizmat korxonasida qabul qilingan, ishdan keyin esa umumfuqarolk etiket 
qoidalariga itoat qilishadi. Ushbu bandda biznesmenlarning salomlashish 
bo’yicha faqat xizmat davrida rioya qilishlari kerak bo’lgan etiket 
qoidalari ko’rib chiqiladi. 
Xizmat korxonalarida shunday vaziyatlar bo’ladiki, bir jinsli, teng 
yoshli va lavozimli ikki biznesmen uchrashganda birinchi bo’lib kim 
salomlashish kerak degan savol ayniqsa yoshlar o’rtasida tez–tez tug’ilib 
turadi. Amalda etiket qoidalariga ko’ra bunday vaziyatda kimning 
madaniyat va tarbiyalangan darajasi yuqoriroq bo’lsa, u birinchi bo’lib 
salomlashadi. 
Korxonada ayol bilan erkak kishi uchrashganda birinchi bo’lib 
salomni erkak kishi beradi. Lekin qo’l berib ko’rishish uchun birinchi 
bo’lib ayol kishi qo’lini uzatgandan keyingina erkak kishi qo’lini berishi 
kerak. Esingizda bo’lsinki, etiket qoidalariga ko’ra alik olgandan keyin 
ayol kishi qo’lini cho’zmasligi ham mumkin. Ayol kishi qo’lini cho’zishda 
qo’lqopini ham yechmasligi mumkin. Lekin erkak kishi ko’rishishda 
qo’lqopini yechib ko’rishishi shart. Ayol kishining o’zidan yoshi ancha 
katta yoki mansabi baland erkak kishilar bilan salomlashishida yoki 
xayrlashishida erkak kishilar ham birinchi bo’lib qo’llarini uzatishlari 
mumkin. 


53 
Agar xizmat korxonasida yoshi kichik xodim yoshi katta kishi bilan 
uchrashganda birinchi bo’lib yosh kishi salom berishi, lekin ko’rishish 
uchun esa birinchi bo’lib yoshi katta kishi qo’lini cho’zishi kerak. Erkak 
kishilar bir–birlari bilan faqat qo’lqoplarini yechgan holda ko’rishishlari 
shart. 
Xizmat korxonalarida, shuningdek biznes korxonalarda, lavozimdor 
ikki kishi uchrashib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi bo’lib 
kichik lavozimdagi kishi slom berishi lozim. Lekin ko’rishish uchun 
birinchi bo’lib katta lavozimdagi shaxs qo’lini o’zatishi kerak. 
Xizmat davrida shunday vaziyatlar bo’ladiki, masalan, bir necha 
hamkasb tanishlar korxona binosi koridorida yoki hovlisida biron narsa 
bilan mashg’ul bo’lib to’planib turgan bo’lishlari mumkin. Agar shu kuni 
siz ular bilan ko’rishmagan bo’lsangiz va ularning yonidan o’tishingiz 
lozim bo’lsa, birinchi bo’lib siz salom berishingiz kerak, qo’l berib 
ko’rishish uchun esa birinchi bo’lib alik olayotganlar qo’llarini 
cho’zishlari mumkin. Lekin to’planib turganlar qo’llarini uzatishda ham 
yoshi kattalik tamoyiliga amal qilishlari lozim.
Xizmat korxonalarida shunday vaziyatlar bo’ladiki, kimdir ishga 
oldinroq, kimdir keyinroq (lekin ish vaqti boshlanguncha) kelishi mumkin. 
Bunday vaziyatda oldin kelib o’tirganlarga keyin kirib kelayotgan xodim 
birinchi bo’lib salom berishi shart. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra 
birinchi bo’lib ko’rishish uchun ikki tomon ham birdaniga qo’lini 
cho’zishi mumkin. Albatta, hammadan oldin ma’naviy madaniyatli kishi 
qo’lini cho’zadi. 
Agar koridorda yoki korxona hovlisida shoshilib ketayotganingizda 
sekin ketayotgan tanishlardan oldin o’tib ketishingiz mumkin. Lekin siz 
birinchi bo’lib salom berishingiz lozim. 
Kasbiy korxonalar xodimlarining ishlab chiqarishga (xizmatga) 
nisbatan teng huquqli bo’lishi shuni taqozo qiladiki, xizmat korxonasida 
ishlaydigan xodimlar ham, ularning rahbarlari ham teng huquqga ega. Shu 
sababli ham etiket qoidalari ularning salomlashishda ham teng 
huquqliligini yana bir bor tasdiqlaydi. Demak, kasbiy korxonalarda ayol 
kishilar ham, rahbarlar ham xizmat korxonalarida birinchi bo’lib 
salomlashish va ko’rishish uchun qo’lini uzatish huquqiga ega. 
Madaniyatli va etiket qoidalarini yaxshi biladigan rahbar o’ziga 
bo’yso’nadigan xodimlarning birinchi bo’lib salomlashishini ko’tib 
turmasdan o’zi birinchi bo’lib salomlashishga harakat qilishi kerak. 
etiketning bu qoidasi rahbarning ishga kelish vaqtidagi va o’z kabinetida 
korxonada ishlaydiganlarni qabul qilishdagi salomlashishiga ham tegishli. 


54 
Rahbar kishi o’z kabinetida o’rnidan turib salom berishi yoki salomga alik 
olishi kerak. 
Xizmat korxonasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan 
yana biri shundan iboratki, korxona rahbari xizmat yuzasidan faoliyat bilan 
bog’liq masalalarni hal qilish uchun xodimlar majlisini tashkil qiladi. 
Ba’zi bir vaqtlarda majlisga boshqa korxona va yuqori tashkilot xodimlari 
taklif qilingan bo’lishlari ham mumkin. Ma’lumki, majlisni yoki bahsni 
korxona rahbari boshqarib boradi va odatga ko’ra u majlisning 
boshlanishidan oldin keladi. Rahbar xodim to’planib o’tirganlarning 
barchasi bilan, ular bilan bugun ko’rishgan bo’lishlaridan qat’iy nazar, 
majlisni boshlash uchun kelgandan keyin o’tirganlar bilan birinchi bo’lib 
salomlashishi kerak. Salomlashda ham uning nazari zalda o’tirganlarning 
faqat bittasiga yoki bir nechtasiga emas, hammaga qaratilgan bo’lishi 
kerak. Bundan tashqari rahbar ishga kelishda yoki majlisni boshlashda 
zalda o’tirgan xodimlarning o’rnidan turishini etiket qoidalari tavsiya 
qilmaydi. Sharqona etiket qoidalari ham mansabdor kishilarning birinchi 
bo’lib salomlashishini taqozo qiladi, lekin o’tirgan kishilar alik olishda 
(bundan yig’ilishda o’tirganlar istisno) o’rnidan turishlari lozim. 
Nufuzli biznes korxonalarida hamkorlar va bo’lajak hamkorlar 
delegasiyalarini kutish-kuzatish tez–tez sodir bo’lib turadi. Bunday 
hollarda korxona rahbari bir vaqtning o’zida birdaniga bir necha 
dellegasiya rahbarlarini qabul qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda xonaga 
oxirida kirgan delegasiya rahbari birinchi bo’lib salom berishi va salomga 
alik olishda xonada o’tirgan delegasiya rahbarlari o’rinlaridan turib 
o’zlarini tanishtirishlari kerak.
Biznesmenlar korxonada yoki uning hovlisida begona kishilarni 
uchratganda ham ular bilan birinchi bo’lib salomlashishga harakat 
qilishlari lozim. 
Kasbiy korxonalarda, shu jumladan biznes korxonalarda, o’z 
faoliyatini birinchi boshlayotganlarni va boshqa vaziyatlarda xodimlarni 
bir–birlari bilan tanishtirishda ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya 
qilinishi kerak. Korxonalarda shunday vaziyatlar bo’lishi mumkinki, erkak 
va ayol kishilarni bir–birlari bilan tanishtirish zarur bo’lib qoladi. Bunday 
hollarda birinchi bo’lib erkak kishi ayolga tanishtiriladi. Agar ayol kishi 
o’tirgan bo’lsa, erkakni tanishtirishda o’rnidan turmasligi mumkin. Lekin 
amaldagi etiket qoidalariga ko’ra o’tirgan ayol o’zidan yoshi katta ayol 
kishi yoki yoshi ulug’ erkaklar bilan tanishtirishda o’rnidan turishi shart. 
Amaldagi yevropacha etiket qoidalariga ko’ra hali 18 yoshga to’lmagan 


55 
qiz bolalar katta yoshdagi ayol yoki erkak kishilar bilan tanishtirishda 
o’rnilaridan turib tanishishlari kerak. 
Bir korxonada ishlaydigan har xil yoshdagi bir jinsli odamlar bir–
birlari bilan tanishishlarida birinchi bo’lib yoshi katta kishi o’zini 
tanishtirishi va ko’rishishi uchun qo’lini o’zatishi lozim. 
Ko’rsatilganlardan tashqari biznes va boshqa xizmat korxonalarida 
shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, xodim va rahbar bir–birlari 
bilan tanishtirilishlari lozim. Bunday hollarda avval xodim rahbarga, keyin 
rahbar xodimga tanishtiriladi. Tanishtirishda ko’rishish uchun birinchi 
bo’lib rahbar xodimga qo’lini uzatadi. 
Agar ikki mansabdor kishi bir–birlari bilan tanishmoqchi bo’lsalar, 
o’zini birinchi bo’lib katta, keyin esa kichik mansabdagi rahbar o’zini 
tanishtiradi. Ko’rishish uchun ham birinchi bo’lib katta mansabdagi rahbar 
qo’lini o’zatadi. Ikkita erkak kishini bir–birlari bilan tanishtirish kerak 
bo’lsa, tanishtirishda ikkalasi ham o’rnidan turishlari kerak. 
Ikkita ayol kishini bir–birlari bilan tanishtirishda ham avval yoshi 
kichik yoshi katta yoki lavozimdagi ayol kishiga tanishtiriladi, chunki bir 
xil jinsli kishilarni tanishtirishda ularning yoshi va martabasi hisobga 
olinadi. 
Agar bir yoshdagi va mansabdagi bir xil jinsli kishilarni bir–birlari 
bilan tanishtirishda tanishtiruvchi kishi avval birinchi navbatda o’ziga 
yaqin kishini tanishtiradi. Bu etik qoidadan ota–onalar bilan tanishtirish 
istisno hisoblanadi, chunki boshqalarni, ularning jinsi, yoshi va 
mansabidan qat’iy nazar, ota–ona bilan tanishtiradi. 
Xonaga kirgan kishining u yerda turgan kishi bilan salomlashishida 
birinchi bo’lib xonada turgan kishi o’zini tanishtiradi. Bundan oldin
ta’kidlanganidek, qabulxonaga kirgan delegasiya rahbarlarining u yerda 
turgan delegasiya(lar) rahbar (lar)i bilan salomlashish davrida avval 
xonada turganlar tanishtiriladi. 
Shunday qilib, salomlashish va tanishish etiket qoidalariga itoat 
qiladigan biznesmenlar imiji doimo yuqori bo’lsa, obro’si esa baland 
bo’ladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə