Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə46/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Nаzorаt sаvollаri


  1. Hаmkorlik pedаgogikаsi

  2. Hаmkorlik pedаgogikаsining аsoslаri

  3. Muаlliflik teхnologiyalаri

  4. O‘quv jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etish vа boshqаrish

  5. O‘qitishni jаdаllаshtirish teхnoligiyasi

  6. O‘qitishni individuаllаshtirish;

  7. O‘qitishni tаbаqаlаshtirish

8.S.N.Lisenkovа teхnologiyasi

9. V.F. SHаtаlov teхnologiyasi


8-mavzu: O‟QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH VA SAMARALI BOSHQARISH ASOSIDAGI TEXNALOGIYALAR.

Reja


  1. Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi texnalogiya.

  2. Individual talim texnalogiyasi: talim har bir o‘quvchining qobiliyatlari bilan bog`lik holda olib borish.

Tayanch so„z va iboladar: Tаbаqаlаshtirilgаn o‘qitish, tа‘limni individuаllаshtirish
Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi texnalogiya. Individual talim texnalogiyasi: talim har bir o‘quvchining qobiliyatlari bilan bog`lik holda olib borish.

Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi texnalogiya.

O‗quvchi faoliyat sub'ekti. Shu bois bir jarayonning ikki sub'ekti birgalikda harakat qilishi, hamkorlik, partner bo‗lishlari, yoshi katta va tajribali kishi bilan tajribasi kam o‗rtasida ittifoq tuzishi; ularning hyech biri bir-biriga nisbatan ustunlik qilmasligi kerak.


  • o‗quvchi-o‗qituvchi munosabatlaridagi hamkorlik maktab jamoalarining umumiy hayotiy faoliyatida amalga oshadi. Bu hamkorlikning shakllari – hamjihatlik, sheriklik, birgalikdagi ijodiylik, birgalikda qayg‗urish, birgalikda boshqarish;

  • umummaktab jamoasi ko‗lamida hamkorlik munosabatlari o‗qituvchilar, ma'muriyat, o‗quvchilar va o‗qituvchilar tashkilotlari o‗rtasida o‗rnatiladi; hamkorlik prinsipi o‗quvchilar, o‗qituvchilar va rahbarlarning ijtimoiy muhit (ota- onalar, oilalar, ijtimoiy va mehnat tashkilotlari) bilan bo‗ladigan munosabatlarning barcha turlariga ham qo‗llaniladi.

O‗quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv.Shaxsga yangicha qarash.

    1. Shaxs bola erta yosh vaqtidayoq namoyon bo‗ladi.

    2. Shaxs pedagogik jarayonining ob'ekti emas, balki sub'ekti hisoblanadi.

    3. Shaxs ta'lim tizimining maqsadi. U biror bir tashqi maqsadlarga erishish uchun vosita bo‗lolmaydi.

    4. Har bir bola qobiliyat sohibi, ko‗pchilik bolalar esa tanlantlidirlar.

    5. Shaxsning ustuvor sifatlari oliy etnik qadriyatlar (ya'ni ezgulik (yaxshilik), mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vijdoniylik, qadr-qimmat, vatanga sodiqliq va b.q.)dir.

Ta'lim sohasida erkinlikka ijodiy faoliyatni erkin tanlash va buning uchun imkoniyat yaratish orqali erishiladi. Bunday sharoitda mustaqil ravishda bilim olish pedagogikani ishlab chiqish, xususan ta'lim jarayonida o‗quvchilar faoliyatning turli xilida o‗z iqtidorlarini namoyon qilishiga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarni joriy etish eng muhim pedagogik muammo va amaliy vazifasiga aylanadi. Bu yo‗nalishdagi izlanishlarning real yechimi – turli turli tadbirlardan, rasmiy pedagogikadan voz kechib, erkin o‗qish va erkin o‗qitishni uyg‗unlashtiradigan erkin pedagogika, o‗qituvchi va o‗quvchilarning hamkorligiga o‗tish yo‗lidir.

Yangilanayotgan jamiyat o‗z a'zolari o‗rtasida hamkorlik, hamjihatlik, o‗zaro yordamga asoslangan mutlaqo yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bunday qadriyatlari ta'lim jarayonida o‗z ifodasini topishi lozim. Avtoritar pedagogikada hamjihatlik tushunchasi pedagogning o‗quvchiga nisbatan pedagogik faol harakatlari natijasida shakllanishi shart ekanligi, shuningdek, bola kattalarning tarbiyaviy ta'sirini so‗zsiz qabul qilishga tayyor bo‗lishi sifatida talqin qilingan. Basharti, avvalgi pedagogika rasmiy (buyruqbozlik) va bir tomonlama ta'sir ko‗rsatish qoidasi asosiga qurilgan bo‗lsa, hozirgi pedagogika birgalikda faoliyat ko‗rsatish qoidasiga asoslangan bo‗lishi lozim. Bu nafaqat pedagoglarning yangi avlodini shakllantirishni, ularning pedagogik mahoratini oshirishni nazarda tutadi, balki rivojlanish uchun tegishli pedagogik muhitni yuzaga keltirishni ham taqozo qiladi. Hamjihatlik, hamkorlik doimo demokratiya ko‗rinishlaridan biri bo‗lib kelib, sherikning individual manfaatlarini qabul qilishga asoslanadi.

Oldinda turgan vazifa pedagog va o‗quvchi o‗rtasidagi hamkorlikni ta'minlaydigan, ishonch va manfaatlarga rioya etilishiga ko‗maklashadigan, o‗quvchining qobiliyati namoyon bo‗lishi uchun imkoniyat yaratiladigan o‗zaro munosabatlar tizimini yuzaga keltirishdan iboratdir.

O‗quv-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun uning barcha sub'ektlari, ya'ni o‗quvchilar, o‗quvchi va o‗qituvchi, o‗qituvchilar, o‗qutuvchi va ta'lim muassasasining ma'muriyati o‗rtasida o‗zaro tushunish muhiti o‗qituvchining nazorati va avtoritar xatti-harakatoariga qarshi birlashish usuli sifatida ham vujudga kelishi mumkin.

Buning asosiy sababi shundaki, avvalgi ta'lim qadriyatlari o‗quv materiallarini o‗zlashtirish sur'ati va hajmlari «o‗ratacha» bo‗lishi va barcha o‗quvchilar bir vaqtning o‗zida o‗zlashtirishlari lozim degan (ya'ni «o‗rtacha» o‗quvchiga qarata yo‗l tutilganligi va tegishlicha bitiruvchilar shunday saviyada bo‗lishi) qoidaga asoslanganligidadir; o‗qituvchi hamisha haq bo‗lgan, o‗quvchi esa doimo va albatta o‗qituvchi ko‗rsatmalari doirasida fikrlashi va amal qilishi shart bo‗lgan.

O‗qituvchilar bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan munosabatda bo‗lsalar, o‗quvchilar esa o‗z qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarish va manfaatlariga

erishishda erkin bo‗lsalargina, birgalikdagi faoliyatda o‗zaro tushunishga erishilishi mumkin. Qarama-qarshiliklar barham topganda, bolalar katta yoshdagilar bilan o‗zaro bir-birini tushungandagina to‗liq hamkorlikka erishiladi. O‗qituvchi o‗qishda yoki hayotdagi har qanday murakkab vazifalarni hal etilishida bolalarga yordam berishga shay bo‗lsagina, ularning yaqin do‗stiga aylanishi mumkin. Ana shunda ular «diktator» degan tamg‗adan qutiladi.

O‗quvchi va o‗qituvchi o‗rtasidagi munosabatni an'anaviy «ustoz-shogird» o‗zaro munosabatlariga xos chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – ta'limni insonparvarlashtirishning bosh yo‗nalishi bo‗lib, ta'lim jarayoni sub'ektlarini o‗zaro tushunishini va hamkorligini ta'minlaydi.

Bunday holatda har bir o‗quvchi faoliyatning muayyan turida o‗z qobiliyatini namoyon etib, boshqalarga ishtiyoq bilan ko‗maklashadi. O‗zaro tushunish muhitida bolalarni kuchli va bo‗sh o‗quvchiga ajratish bo‗lmaydi, ta'sirning bunday «omili» barham topadi. Xo‗jako‗rsin uchun emas, balki real o‗zaro ta'sir tushunish muhitiga o‗qituvchining o‗quvchi shaxsi qadriyatlarini va uning yutuqlarini anglab yetishi orqali erishiladi. Pedagog shaxsning rivojlanishini o‗rtacha normaga qiyoslamaydi, u o‗quvchining ijodiy yutug‗i ahamiyatini oshirish yoki har bir o‗quvchi o‗z imkoniyatidan umumiy ahamiyatga ega bo‗lgan maqsadga erishish yo‗lida imkon qadar unumli foydalanish orqali bolalarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.


Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə