Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


Bizga kerak Ishni bajarish tartibi



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi

ikki dona mandarin

ikki stakan, 

suv
1. Ikkita bo‘sh stakan oling.
2. Har bir stakanning 3/4 qismini suv bilan to‘ldiring.
3. Birinchi stakanga mandarinni ehtiyotkorlik bilan soling. 
4. Tajribani kuzating. Mandarin suzadimi yoki cho‘kadimi?
5. Ikkinchi mandarinning po‘stini olib tashlab, ehtiyotkorlik bilan 
ikkinchi stakanga soling. 
6. Tajribani kuzating. Po‘sti olib tashlangan mandarin suzadimi 
yoki cho‘kadimi?
Ikkala stakandagi hodisani taqqoslang.
Nima uchun og‘irroq mandarin cho‘kmadi?
Ushbu tajribaning siri zichlikdadir. Po‘sti olinmagan mandarinning suvda suzishiga sa
-
bab shuki uning po‘sti g‘ovakli va mayda havo bo‘shliqlari bilan to‘lgan. Havo bo‘shliqlari
mandarinning suzuvchanligini oshirishga yordam beradi. Bu suzuvchanlikning oshishi man
-
darinning suvga qaraganda zichroq bo‘lishiga yordam beradi, shuning uchun mandarin suv
-
da suzadi. Mandarinning po‘stini olib tashlaganingizda, u yengillashadi, lekin uning po‘stida 
qo‘shib mayda havo bo‘shliqlarini olib tashlagansiz. Shuning uchun po‘sti bo‘lmagan man
-
darin suvdan zichroq va u cho‘kadi.
1. Havo shari nima uchun yuqoriga ko‘tariladi? 
2. Deraza romlarini ishlab chiqarishda qaysi moddadan foydalaniladi? Nima uchun?
A M A L I Y M A S H G ‘ U L O T
12-MAVZU.
 TURLI SHAKLGA EGA BO

LGAN 
JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH 
Suvning zichligi 1 g/cm
3
, po‘kakning zichligi esa 0,24 g/cm
3
. Po‘kak suvda suzadimi 
yoki cho‘kadimi?
Jismlarning zichligi ularning suvda suza olishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar suyuqlik ichida 
bo‘lgan jismning zichligi suyuqlik zichligidan kichik bo‘lsa, jism suzadi.
Maqsad:
moddalarning massasi va hajmini o‘lchab, zichliklarini hisoblashni o‘rganish.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə