Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

13-MAVZU.
 QAYNASH, 
BUG

LANISH VA KONDENSATSIYA 
Suvning qaynash jarayonini kuzatganmisiz?
Suv qizdirilganda, ma’lum bir vaqtdan so‘ng 
suyuqlik ichida pufakchalar hosil bo‘ladi. Agar 
idishdagi suvni qizdirish davom ettirilsa, suv
bug‘lanib yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Bu jaray
-
onga 
qaynash
deyiladi.
Nima uchun shifokorlar qaynatilgan suvni ichishni tavsiya etadi?
Chunki qaynatilmagan suvda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar ko‘p bo‘ladi. Suv 
qaynatilganda mikroblar nobud bo‘ladi va kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Suv 100°C 
qaynaydi. Qaynoq suvdan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki qaynoq suv tanani 
kuydiradi. 
Suyuqliklar bug‘lanadi va kondensatsiyalanadi. Suyuqliklar tashqaridan issiqlik olishi 
natijasida gaz holatiga o‘tadi. 
Bug‘lanish 
– suyuqlikning gazga aylanish jarayoni. 
Nima uchun deraza oynalari bug‘ bilan qoplanadi? 
Ovqat pishirish jarayonida qozon qopqog‘ini ochganda 
suv tomchilarini ko‘ramiz. 
Bu suv tomchilari qanday paydo bo‘ladi?
Kondensatsiya 

 
suv bug‘ining mayda suv tomchila riga aylanishi.
Yer yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘lari kondensatsiyalanishi natijasida yomg‘ir yog‘adi.
Tabiatda suvning aylanish jarayonida bug‘lanish muhim rol o‘ynaydi. Quyosh ta’sirida 
Yer yuzidagi dengiz, ko‘l, daryo va tuproqdagi suv bug‘lanadi hamda havoga ko‘tarila
-
di. Atmosferaning sovishi hisobiga suv bug‘lari mayda suv tomchilariga aylanadi. Bu suv 
tomchilari bulutlar va yog‘ingarchiliklarni hosil qiladi.


32
33
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Okean suvlarining bug‘lanishi chuchuk suv ishlab chiqarish uchun juda muhim. Yer 
yuzasining 70 foizdan ortig‘ini okeanlar egallaganligi sababli, ular atmosferadagi asosiy 
suv manbai hisoblanadi. Okeanlar yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘lari bulutlarga aylanadi. 
Bu bulutlardan hosil bo‘lgan yog‘inlar Yer yuzasida suv hosil qiladi. 
O‘simliklarda suv bug‘lanishini kuzatganmisiz? 
O‘simliklar suv bug‘latish orqali tanasini qizib ketishdan himoya qiladi. 
1. Cho‘milib chiqqandan so‘ng sovuq qotamiz. Nima uchun?
2. Nima uchun o‘rilgan o‘t shamol esib turganda tezroq quriydi?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə