Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Ishni bajarish tartibi

grafin, 

voronka,

doka, 

paxta, 

faollashtiril-
gan ko‘mir, 

rezinka, 

daryo qumi.
1. Grafin olib, uning og‘ziga voronkani qo‘ying.
2. Dokadan bir qavat qirqib, voronkaning ichiga yoyib joylang.
3. Dokaning ustiga paxtani yupqa qilib yoyib qo‘ying.
4. Paxtaning ustidan yana bir qavat doka yozing.
5. Dokaning ustiga faollashtirilgan 10 dona ko‘mir tabletkalarini soling.
6. Faollashtirilgan ko‘mir tabletkalarining ustidan ikki qavat doka yozing.
7. Ota-onangiz yordamida qumni yuvib, uni tovada qizdiring va quriting.
8. Qumni doka ustiga zichroq qilib soling.
9. Qumning ustiga yana ikki qavat doka yozing.
10. Dokaning chetlarini rezina bilan mahkamlang va ustidan suv 
quying.
11. Filtrdan oqib tushgan suvning tozaligini kuzating.
Tajribani do‘stlaringiz bilan muhokama qiling.
1 kg
III tartib konsument
II tartib konsument
I tartib konsument
Produtsent
10 kg
100 kg
1000 kg
Quyosh
energiyasi
Avtotrof
(produtsent)
Geterotrof
(konsument)
Redutsent


78
79
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
Faollashtirilgan ko‘mirdan nima maqsadda foydalaniladi?
Tozalanmagan suvni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib keladi, deb o‘ylaysiz?
Bilamizki, suv hayot uchun zarurdir. Tozalanmagan suvni iste’mol qilishdan turli 
kasalliklar kelib chiqadi. Oshqozon-ichak kasalliklari, o‘t qopi va buyraklarda toshlarning 
paydo bo‘lishi va hokazolar. Bunday hollarda suvni tozalab iste’mol qilish salbiy oqibatlar-
ning oldini oladi.
Shuningdek, suvning ifloslanishi hayvonot dunyosiga ham ta’sir qiladi. Ifloslangan 
suvda yashovchi tirik organizmlar bilan oziqlanish orqali biz ular iste’mol qilgan tok
-
sinlarni ham yutamiz va to‘playmiz. Bu uzoq muddatli allergiya, saraton kabi kasalliklar 
paydo bo‘lishiga olib keladi.
1. Oila a’zolaringiz suvdan qanday foydalanishlarini kuzating va tahlil qiling. 
2. Suvni ifloslaydigan manbalar va tozalash usullari haqida ma’lumotlar to‘plang.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə